Rossiya yadro qurollarini xorijda joylashtirmaydi

© Fotolia / Romolo TavaniYadroviy portlash
Yadroviy portlash - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya o‘zining yadroviy qurollarini xorijiy davlatlar hududlaridan 1989-1990 yillardayoq olib chiqib ketgan,-dedi Ulyanov.

TOShKENT, 23 sen — Sputnik. Moskva yadro qurollarini o‘z chegaralaridan tashqarida joylashtirmaydi, deb xabar beradi RIA Novosti RF IIV qurollanishni nazorat qilish va uni tarqatmaslik masalalari bo‘yicha boshqarma boshlig‘i Mixail Ulyanovga asosan.

U AQShning universal yadroviy bombalari 2020-yilda qurolli kuchlarga yetkazib berilishini bildirdi. Qurolning bu yangi turi mamlakat tashqarisida, jumladan Yevropadagi harbiy obyektlarda ham joylashtiriladi.

"Bu Yevropadagi xavfsizlikni mustahkamlamaydi. E’tibor bering, Rossiya o‘zining yadroviy qurollarini xorijiy davlatlar hududlaridan 1989-1990 yillardayoq olib chiqib ketgan. Barcha yadroviy va taktik qurollar faqatgina o‘zimizning hududimizda joylashgan. AQSh bilan bog‘liq holatda esa vaziyat umuman boshqacha", — dedi Ulyanov.

Amerika bronetexnikasi - Sputnik O‘zbekiston
OAV: AQSh Islandiyada maxfiy tarzda yadro qurolini joylashtirmoqchi bo‘lgan

U shuningdek BMT Bosh Assambleyasining so‘nggi kengashida yangragan yadro qurolini butkul taqiqlash to‘g‘risida xalqaro konvensiya bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun 2017-yilda konferensiya o‘tkazish borasidagi taklifga o‘z munosabatini bildirdi.

"Biz bu tashabbusni voqelikdan yiroq va qaysidir darajada zararli deb hisoblaymiz. Biz yadrosiz dunyo qurish fikrini ma’qullaymiz, faqat gap bunga qay tariqa erishishda… Biz Yadro qurolini tarqatmaslik haqidagi shartnomaga amal qilamiz, unda yadrosiz dunyo qurish borasida bosqichma-bosqich harakatlanish ko‘zda tutilgan",- dedi Ulyanov.

Yangiliklar lentasi
0