"Markaz-2019" strategik qo‘mondonlik-shtab mashg‘ulotlari butun dunyoga Rossiya, uning ittifoqdoshlari va sheriklarining, Pentagon va NATO mutlaqo teng kelolmaydigan ko‘lamdagi, mislsiz mudofaa imkoniyatlarini namoyish etishga qaratilgan.
RF Mudofaa vazirligi sakkizta davlat - Rossiya, XXR, Pokiston, Qirg‘iziston, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistondan - 128 ming nafar harbiy xizmatchilar qatnashadigan manyovrlar haqida e’lon qildi. Bunda 20 mingdan ziyod qurol-aslahalar va harbiy texnika, 600ga yaqin uchish apparatlari va 15tagacha kemalar hamda flot kuchlari faoliyatini ta’minlovchi reyd kemalari ishtiroki kutilmoqda. Rossiya tomonidan Markaziy harbiy okrug va Kaspiy floti, Sharqiy harbiy okrug kuchlarining bir qismi, HDK va harbiy transport aviatsiyasi kuch va vositalari jalb qilinmoqda.
"Markaz-2019" o‘quvlari sentabr oyida ikkita bosqichda o‘tkaziladi. Avvaliga terrorizmga qarshi kurash masalalari, havodan hujumga qarshi mudofaa harakatlari tekshiruvi va razvedka ishlari mashq qilinadi. So‘ngra shartli dushman ustiga bostirib borish va uni tor-mor etish harakatlari amalga oshiriladi. Asosiy voqealar ko‘lami Rossiyaning Orenburg viloyatidagi "Toskiy" va "Donguz", Dog‘istondagi "Adanak", Astraxan viloyatidagi "Ashuluk", Chelyabinsk viloyatidagi Chebarkul va Kurgan viloyatidagi "Safakulevo", Altay o‘lkasidagi Aley va Kemerovo viloyatidagi Yurgin poligonlarida bo‘lib o‘tadi. O‘quv-mashg‘ulotlarning alohida epizodlari chet davlatlari poligonlarida ham o‘tkaziladi. Kaspiy dengizi akvatoriyasida Kaspiy flotiliyasi kuchlari guruhi dengiz kommunikatsiyalari hamda dengiz iqtisodiy faoliyatiga kiruvchi hududlar mudofaasi metodlari mashg‘ulotini namoyish etishadi.
Shunisi e’tiborga molikki, "markaz-2015" mashg‘ulotlari bilan taqqoslaganda bu yilgi o‘quv ishtirokchilar sonida, jangovar texnika miqdori jihatdan ham ancha o‘sish borligini ko‘rish mumkin. To‘rt yil muqaddam manyovrlarda 95 ming harbiy xizmatchilar, 7 ming dona qurol-aslaha, 170ta samolyot va 20ta HDF kemalari jalb etilgan. Aytgancha, o‘shanda faqatgina Rossiya va Qozog‘iston qo‘shinlari ishtirok etgan (ODKB tezkor kollektiv kuchlarni tuzish tarkibidan).
Tashqi tahdidlarga monand
Harbiy xizmatchilar va jangovar texnika soni, minglab kilometrlarga yoyilgan operatsiya maydoni ko‘lami bilan MDH davlatlarida hech kimni qoyil qoldirib bo‘lmaydi, chunki bundan-da keng ko‘lamli tadbirlar ham bo‘lgan. Xususan, "Sharq-2018" o‘quvlari davomida 300 mingga yaqin RF harbiy xizmatchilari bir vaqtning o‘zida masalalarga yechim topgan, shuningdek, 36 mingga yaqin tanklar, piyodalar jangovar mashinalari va bronetransporterlar, 1 000 dona uchar apparatlar jalb etilgan edi.
Bu tinchlik davrida kuch va vositalarni muvofiqlashtirish darajasi jihatdan misli ko‘rilmagan voqelikdir. Qo‘shinlar "Markaz-2019"da yanada globalroq ssenariyni jonlantirishi mumkin edi, biroq Rossiya 2011-yilda ishonch va xavfsizlikni mustahkamlash choralari to‘g‘risidagi Vena shartnomasida o‘z aksini topgan taqiqlarga qat’iy amal qiladi.
AQSh va NATO ancha yillardan buyon bunday darajadagi murakkab "harbiy o‘yinlarni" tashkillashtirishga urinib kelishmoqda. Polsha va Boltiqbo‘yi mamlakatlarida esa jangovar aviatsiyani aniq qo‘llash imkonini beruvchi "razvedka-zarba konturlari" haqida orzu qilishadi.
NATOning uzoq yillar davom etgan mashg‘ulotlaridan so‘ng eng yirik Trident Juncture 2015 o‘quvi Yevropa janubida 30ta davlatdan 36 ming harbiy xizmatchilar, 200 dona samolyot va 50 dona jangovar kemalarni jamlagan. Polsha hududida o‘tgan Anakonda-2016 o‘quvlari esa - 31 ming nafar harbiyni bir maydonga to‘plagan edi. Shu tarzda, NATO generallari MDH va ODKB armiyalari o‘quv tadbirlari jangovar tayyorgarligiga nisbatan nafaqat tajriba, balki qo‘shinlar soni jihatdan ham ancha ortda. Jang maydonida ko‘pmillatli kuchlarning o‘zaro aloqasi sifat darajasi haqida-ku, gapirmasa ham bo‘ladi.
Pentagon va alyans shtablarida ehtimoliy janglarning komyuterlashtirilgan modeli ustuvorlikka ega, ammo reallik va qo‘shinlarning jangovar amaliyoti har doim ularga murakkablik tug‘dirgan.
Qaynoq yo‘nalish
"Markaz-2019" strategik qo‘mondon-shtab o‘quvlari tarkibi va ishtirokchilar roli ham Rossiya, XXR, Pokiston, Qirg‘iziston, Hindiston, Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekistonning Afg‘onistondagi ishlar holatidan, terrorizm tahdidi ortishi va bu tahdidlarning Markaziy Osiyo davlatlari chegarasi tomon yo‘l olganidan jiddiy tashvishdaligidan dalolat beradi.
"Mo‘’tadil" "Tolibon" harbiy-diniy harakati terrorchilari va "mo‘’tadil bo‘lmagan" "ID" jangarilari o‘rtasida kurash avj olgan bir vaqtda Afg‘onistondagi AQSh kontingentining ojizligi, regionda xalqaro qurollangan mojaro tobora kuchayayotgan bir mahalda bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun mashg‘ulotlar o‘tkazilishi haqidagi afsonalar va nihoyat haqiqiy ahvolni ko‘rsatmoqda.
Agar shuning iloji bor ekan, bu kabi muammoni hamjihatlikda hal etgan ma’qul. Tahdidlar ko‘lamini ongli his eta olish harbiy bloklar tarkibida bo‘lmagan yoki ishonchga asoslangan sheriklik munosabatlarida bo‘lgan davlatlarni Rossiya va ODKBning "harbiy o‘yinlari"ga olib kelmoqda. Sal oldin O‘zbekiston Qozog‘iston va Rossiya bilan harbiy hamda harbiy-texnik hamkorligi faollashgani haqida Sputnik xabar bergan edi.
Neytral Turkmaniston hozircha o‘zini chetga olib turibdi, ammo Afg‘onistondagi qurollangan islomchilar faolligining ortib borayotgani o‘z-o‘zidan respublikani qo‘shnilar bilan harbiy integrallashuvga qo‘shilishga olib kelmoqda.
"Markaz-2019" strategik manevrlarida uch geosiyosiy raqib — Xitoy, Hindiston va Pokiston ishtiroki - bir qarashda mantiqqa mos kelmaydigandek tuyulgani bilan aslida unday emas. Real tajriba - bebaho, Rossiya esa o‘z ittifoqdoshlari va yaxshi qo‘shnilari bilan "Suriya tajribasi", terrorchilar uyushmasini yo‘q qilish bo‘yicha samarali taktikalar, mutaxassislarni tayyorlash metodikalari bilan o‘rtoqlashishga tayyor. Bu jarayon o‘zaro foydali, axir har bir davlatning mudofaa va xavfsizlik sohalarida - tashqi siyosiy, taktik va texnologik jihatdan - erishgan o‘ziga xos yutuqlari bor.
"Markaz-2019" strategik qo‘mondon-shtab o‘quvlari joriy yilda RF Qurolli kuchlarining tezkor va jangovar tayyorgarligi bosqichini yakunlab, markaziy-osiyo yo‘nalishida harbiy-siyosiy barqarorlikni mustahkamlaydi.