Birinchi yadro urushi suv sababli boshlanishi mumkin

© Sputnik / Yuriy Kaver / Mediabankka o‘tishDaryo
Daryo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016 yil sentabrida Hindiston hukumati kelishuvni qayta ko‘rib chiqish yoki butunlay undan chiqish haqida bayonot bergach, Pokiston bu bayonotni "urush e’lon qilish" deb baholadi

TOShKENT, 29 okt – Sputnik. Birinchi yadro urushi Rossiya va AQSh o‘rtasida emas, Hindiston va Pokiston o‘rtasida boshlanishi mumkin, deb xabar berdi RIA Novosti BMT universiteti olimlariga tayanib. Bunga Hindiston yarim orolida ichimlik suvi borasida kuchayib borayotgan muammolar va Hind darosi havzasi atrofidagi nizolar sabab bo‘lishi mumkin.

"Hind darosi havzasi suv "soat bombasi" bo‘lib, istalgan vaqtda portlashi va hududdagi suv zaxiralari tanqisligini oshirib yuborishi hamda iqlim o‘zgarishlarini keltirib chiqarishi mumkin. Shu bilan birga suv ta’minoti bo‘yicha boshqa nizolar ham mavjud va biz suv zaxiralaridan tinch yo‘l bilan va samarali foydalanilishi uchun bu muammolarni tahlil qilmoqdamiz", — dedi BMTning suv zaxiralari, atrof-muhit va salomatlik instituti direktori Vladimir Smaxtin.

Olimning aytishicha, Hindiston yarim orolida suv zaxiralari borasidagi nizo keyingi yillarda kuchaydi – bir oycha ilgari Hindiston 1960-yildan buyon amalda bo‘lgan Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi suv munosabatlarini tartibga soluvchi Hind darosi bo‘yicha ikki tomonlama komissiya ishini to‘xtatishini ma’lum qildi.

Maxsus qismlar o‘quv-mashg‘ulotlari, Isroil - Sputnik O‘zbekiston
Pokiston chegarisiga yaqin joylashgan Hindiston aviabazasiga hujum uyushtirildi

Ushbu kelishuv doirasida Hindiston Hind darosining uchta sharqiy irmog‘idan, Pokiston esa ikki g‘arbiy irmog‘i va daroning o‘zidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgandi. Ikki davlat o‘rtasida nizo kelib chiqqan taqdirda Hindiston bu irmoqlarni to‘sib qo‘yishidan cho‘chigani uchun Pokiston shunday kelishuvni amalga oshirgandi.

2016 yil sentabrida Hindiston hukumati bu kelishuvni qayta ko‘rib chiqish yoki butunlay undan chiqish haqida bayonot bergach, Pokiston bu bayonotni "urush e’lon qilish" deb baholadi.

BMT universiteti olimlari vaziyatni tahlil qilib chiqishdi va yarim orolda suv ta’minoti juda juda jiddiy muammo hamda Hindiston va Pokiston bu borada hamkorlik qilishmasa yaqin kelajakda ular o‘rtasida urush kelib chiqishi mumkin degan xulosaga kelishdi.

BMT instituti ma’ruzasi mualliflaridan biri Robert Virsingning aytishicha, mintaqadagi uch yadroviy davlat – Pokiston, Hindiston va Xitoy o‘rtasidagi uzoq yillik nizolar tarixi yaqin kelajakda yadroviy urush keltirib chiqarishi mumkin degan taxminni beradi. 1960-yilgi kelishuvni bekor qilish esa bu ehtimolni yanada oshiradi.

Yangiliklar lentasi
0