Ledi bo‘lish osonmi? Ingliz lordiga turmushga chiqqan Guli Muradova bilan intervyu

© Foto iz lichnogo arxiva ledi Guli MuradovoyGuli Muradova s mujem
Guli Muradova s mujem - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik Guli Muradova hayoti zamonaviy Zolushka haqidagi filmga asos bo‘la oladi. Ledi Guli va lord Muhammad Iltaf o‘rtasidagi yosh sezilarli bo‘lsa-da, ammo bu ularning baxtiyor hayotiga zarracha ta’sir qilmagan. Ular o‘z turmushidan mamnun.

TOShKENT, 5 sen - Sputnik, Dilshoda Rahmatova. Ledi Guli bilan suhbatimiz uning Toshkentdagi ofisida kechdi. Ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonga Mustaqillik ayyomi arafasida uchib kelgan lord Muhammad Iltaf janoblari Londonga qaytib ketgan. Guli xonim esa ayrim ishlar bilan bandligi tufayli Toshkentda vaqtincha yashab turibdi.

Britanskiy lord Muxammad Iltaf - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik qizga uylangan lord Muhammad Iltafni "Sharq taronalari" festivalida ko‘rishdi

- Guli xonim, O‘zbekistonga xush kelibsiz.

- Xushvaqt bo‘ling.

- Mamlakatda o‘tkazilayotgan yirik tadbirlardan biri – Sharq taronalari festivalida yuqori darajali mehmonlar safida lord janoblari - Muhammad Iltaf ham bor edilar. Keyin Mustaqillik tantanalariga bag‘ishlangan yig‘inda turmush o‘rtog‘ingiz bilan ko‘rinish berdingiz. O‘zbekistonga biror ish bilan keldilaringizmi yoki shunchaki mehmon bo‘lib?

- Turmush qurganimizdan buyon O‘zbekistonga ikki-uch bor kelib ketdik. Toshkentda uyim bor, shu bois Vatanimdan uzoqlashganim yo‘q. Bu galgi safarimizdan ham albatta ko‘zlagan maqsadlarimiz bor edi.

- Qanday maqsadlar ekan, sir bo‘lmasa?

- Hammaga ma’lum-ki, O‘zbekiston prezidenti 2019-yilni faol investitsiyalar yili deb e’lon qilgan edilar. Turmush o‘rtog‘im - Lord janoblari - yirik biznesmen. Har kelganimizda u kishi banklar va boshqa kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazadilar. Hozirda sug‘urta sohasiga qiziqib qoldilar, ko‘chmas mulk ham e’tiborlarini tortapti. Lord janoblari o‘zlari bilan tarjimon olib yurishlari kerak, biroq har gal ingliz tilida mukammal gapiradigan xodimlarni topish katta qiyinchilik tug‘diradi.  Biznesmenlar,  investitsiyalar kelishini kutsak-da, ingliz tilini mukammal biladigan xodimlar kam bo‘lsa, u qanaqa biznes bo‘ladi? Shu bois, turmush o‘rtog‘im barobarida men ham O‘zbekistonda o‘z biznesimni boshlashim lozimligi haqida o‘ylab, hozirda til o‘rgatishga ixtisoslashgan London College Of English o‘quv markazini ochish tadorigi bilan yuribman.

© Foto iz lichnogo arxiva ledi Guli MuradovoyGuli Muradova
Ledi bo‘lish osonmi? Ingliz lordiga  turmushga chiqqan Guli Muradova bilan intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Guli Muradova

Har gal O‘zbekistonga kelganimizda, ota-onalardan "Farzandlarimizni Angliyaga o‘qishga yuborishga yordam bering", degan mazmunda taklif tushadi. Angliyaga borib o‘qish oson emasligini o‘zim misolimda bilaman. Shu bois, Toshkentga Angliyaning o‘zini olib kelishga qaror qildim (jilmayadi). Jiddiy aytadigan bo‘lsam, til markazida dars berishlari uchun Angliyadan domlalarni olib kelyapmiz. Bu markaz xalqimga kerak, deb o‘ylayman. Yurtdoshlarim ingliz tilini o‘rganishlarini istayman. Shu bois, bunday ishga qo‘l urish menga iftixor bag‘ishlaydi.

- Kollejni ochishda lord janoblaridan yordam olyapsizmi?

- Yo‘q, faqat o‘zimni jamg‘armamdan foydalanyapman. Chunki odamlar hozir aytganingizdek, uning umr yo‘ldoshi lord, shunga bunday ishlarni amalga oshirapti, deb gapirishlarini istamayman. Men 15-yildan beri Angliyada yashayman, o‘ziga yarasha mablag‘ jamg‘arishga ulgurganman. Aytishim joizki, turmush o‘rtog‘im o‘zi ilm odam bo‘lgani uchun, bu rejam bilan bo‘lishganimda, juda xursand bo‘ldilar va ma’qulladilar.

Uzbek v natsionalnoy odejde - Sputnik O‘zbekiston
Xalqaro maydonda O‘zbekiston imidjini qanday shakllantirish kerak

Bir gapni qo‘shimcha qilmoqchi edim, O‘zbekiston yangi prezident rahbarligida kundan-kunga shu darajada o‘zgarib boraptiki, hatto lord Muhammad Iltaf janoblari ham "tanimay qolyapman", deya ko‘p ta’kidlayaptilar. U kishi O‘zbekistonni Dubayga o‘xshab o‘zgarib borayotganini takror-takror aytishdan charchamaydilar.

Bularning barchasi yaxshi, albatta. Chunki bu islohotlar O‘zbekistonni imidjini o‘zgartirayapti. Misol uchun o‘n yil oldin lord janoblarini yoki mening O‘zbekistonga investitsiya qilish masalasi hech qachon o‘ylantirmagan yoki qiziqtirmagan. Hozirgi o‘zgarishlarni ko‘rib, fikrimiz o‘zgardi, investitsiya kiritishga biz ham qiziqib qoldik.

- Lordga turmushga chiqqach, o‘zingizga Ledi (Xonim) titulini oldingiz. Ya’ni avvalgi Guli Murodova bilan Ledi Guli o‘rtasida qanday farq bor?

- Avvalgi Guli bilan hozirgi Guli bir xil. Hech narsa o‘zgargani yo‘q. Men o‘sha-o‘sha Guliman.

© Foto iz lichnogo arxiva ledi Guli MuradovoyGuli Muradova s mujem
Ledi bo‘lish osonmi? Ingliz lordiga  turmushga chiqqan Guli Muradova bilan intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Guli Muradova s mujem

- Hayotingizda nima o‘zgardi?

- To‘g‘risini aytsam, ledini Angliyada juda hurmat qilishadi, boshqacha qarashadi. Ledi bo‘lganingizdan keyin juda ko‘p bazmlarga borishingizga to‘g‘ri keladi. Chunki lord va ledi bazmlarning aziz mehmoni bo‘ladi Angliyada. Masalan, Qirolicha bizni choyga taklif qilgan, elchixonalardagi bazmlarga ko‘p boramiz. Umuman, lordlarni biror bazmga taklif qiladigan bo‘lishsa, turmush o‘rtoqlariniyam birgalikda taklif qilishadi. Bu lord hamda uning turmush o‘rtog‘iga ko‘rsatiladigan hurmat belgisi sanaladi. Angliyada ayol kishiga hurmat birinchi o‘rinda turadi.

Bivshiy korol Malayzii Muxammad V i Oksana Voyevodina - Sputnik O‘zbekiston
Moskva go‘zali Malayziya sobiq qiroli bilan ajralishi haqida so‘zlab berdi

Ledi bo‘lishning ham o‘ziga yarasha qiyinchiliklari, katta mas’uliyati bor. Masalan, bazmlarga borganingizda o‘zingizni haqiqiy Lediga o‘xshab tutishingiz shart. Bu madaniyatga kiradi.

Lekin lediman, deb o‘zimni katta tutmayman. Musulmon ayolining odobi – ledi ega bo‘lishi kerak xulq-atvordan ham ustun ekan, shu bois, ledi bo‘lganimdan keyin nimanidir o‘rganishga yoki dars olishga to‘g‘ri kelmagan. Men uchun ledi – bu shunchaki titul. U mas’uliyatni talab etadi, men albatta, qoidalarga amal qilishga harakat qilaman va o‘zimni har doimgidek o‘zbek mas’uma ayolidek tutaman. Ehtimol, turmush o‘rtog‘im meni mana shunday oddiy ayolligim uchun sevib qolgandir.

© Foto iz lichnogo arxiva ledi Guli MuradovoyGuli Muradova
Ledi bo‘lish osonmi? Ingliz lordiga  turmushga chiqqan Guli Muradova bilan intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Guli Muradova

- Lordga turmushga chiqqaningizdan keyin hayotingizga mikroskop ostida qaray boshladilar. Shu tufayli siqilib qolmadingizmi?

- Odamlarni orqasidan gapirish – bu qadim-qadimdan bo‘lgan va hozir bor. Hamma gapiradi. Angliyada yaxshi bir gap bor: bugun chiqqan maqola ertaga unutiladi, degan. Ya’ni britaniyaliklarga gapni orqasidan quvish yoki bo‘lmasa so‘kinish yot. Meni birgina istagim, meni hayotimni gapiradigan odamlar o‘zlariga oldin bir qarashsin...

Hech kimni hayoti yuz foiz bekamu-ko‘st emas. Har bitta insonni o‘ziga yarasha kamchiligi bor.

Masalan, hech kim taqdiridan qochib qutulolmaydi. Men harakat qilganman taqdirimdan qochib qutulishga, lekin bo‘lmagan. Buni taqdir deyishadi. Agar shu inson (lord demoqchi, tahr.) mening taqdirimga yozilmagan bo‘lganlarida, Alloh menga Hajga borishga yo‘l ko‘rsatarmidi? Shu inson bilan taqdir bizni birlashtirgani tufayli, ikki bor Hajga borib keldim va bu uchun shukronalar aytaman.

© Foto iz lichnogo arxiva ledi Guli MuradovoyGuli Muradova s mujem
Ledi bo‘lish osonmi? Ingliz lordiga  turmushga chiqqan Guli Muradova bilan intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Guli Muradova s mujem

(O‘ylanib) Bilasizmi, meni fikrimcha internet O‘zbekiston uchun nisbatan yangi narsa. Shu bois, internet olamida yozish odamlarga qiziq. Vaqt o‘tishi bilan, albatta, odamlarimiz ongida ham o‘zgarish ro‘y beradi va ular ham asta-asta xuddi britaniyaliklar kabi – odamlarni orqasidan gapirmaydigan bo‘lib qolishadi. Lekin gapirsa gapiraverishsin, men o‘z yurtimni, meni yaxshi ko‘radigan va yaxshi ko‘rmaydiganlarni hamisha hurmat qilib qolaveraman. Chunki men shunaqa tarbiya olganman.

- O‘zbekistonga ancha vaqtga keldingizmi?

- Hozircha hech narsa deyolmayman. Shuni aytishim mumkin-ki, bordi-keldimiz davom etaveradi. Lord janoblari shu kunlarda sohibqiron Amir Temur haqida kitob yozishni boshlamoqchilar, boshlasalar bu yerga yana ko‘p keladilar. Menga esa hozircha ingliz tili o‘quv kusrlarini viloyatlarda, Qoraqalpog‘iston Respublikasida oching, degan taklif tushayapti. Shu masala bilan shug‘ullanyapman.

© Foto iz lichnogo arxiva ledi Guli MuradovoyGuli Muradova s mujem
Ledi bo‘lish osonmi? Ingliz lordiga  turmushga chiqqan Guli Muradova bilan intervyu - Sputnik O‘zbekiston
Guli Muradova s mujem

 

- O‘zingizni baxtliman deb ayta olasizmi?

-  Albatta, baxtiyorman! Umr yo‘ldoshim madaniyatli, ko‘ngli toza va mehribon insonlar. Ayol uchun bundan ortiq baxt bo‘ladimi?

- Lord janoblari bilan farzandli bo‘lishni rejalashtirganmisizlar?

- Inshaalloh, Xudo xohlasa.

Yangiliklar lentasi
0