Jamiyat

Xalqaro maydonda Oʻzbekiston imidjini qanday shakllantirish kerak

© IA «Jaxon» / Anvar Ilyasov / Uzbek v natsionalnoy odejde
Uzbek v natsionalnoy odejde - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Sputnik kolumnisti Dilshoda Rahmatova Oʻzbekiston xalqaro maydondagi oʻz imidjini mustahkamlash uchun nima ishlar qilishi kerakligi haqida.

Yaqinda, 26 iyul kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro imidjini mustahkamlash masalalariga bagʻishlangan davra suhbati oʻtkazildi. Tadbirda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri Dilshoda Rahmatova xorijiy OAV vakili sifatida ishtirok etdi. Sputnik muxbiri fikriga koʻra, Oʻzbekiston xalqaro maydondagi imidjini mustahkamlashda avvalo mamlakat ichidagi ayrim qusurlarni oʻzgartirishi lozim.

Eski stereotiplar

Sir emas, koʻp yillar Oʻzbekiston jahon hamjamiyatidan oʻzini tortib keldi. Natijada mamlakat haqidagi eski steriotiplar hozirgacha saqlanib kelmoqda.

Vstrecha pochetnыx gostey festivalya iskusstva baxshi - Sputnik Oʻzbekiston
"Afsonaviy anʼana": Xalqaro valyuta fondi rahbarini oʻzbeklar mehmondoʻstligi hayratlantirdi

Mamlakatda olib borilayotgan ochiqlik siyosati, turizmga eʼtibor, viza masalasidagi yengilliklar, investititsiyaviy jozibardorlikni oshirish, ekologiyaga eʼtibor davlat siyosati darajasiga koʻtarilgani jahon hamjamiyatida maʼlum ijobiy natijalarni bermoqda. Lekin hali bu borada qilinganidan koʻra amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar koʻproq.

Oʻzbek obrazi qanday boʻlmogʻi lozim?

Bilamizki, jahonga tanilgan har bir millatning boʻrttirilgan obrazi boʻladi. Ingliz konservatizmi, nemis punktualizmi, frantsuz romantizmi, yaponlarning donoligi, xitoylarning ustaligi, hindlarning tolerantliligi (jonzotlarga nisbatan). Xullas, jahonga har qanday davlat va millat oʻz imidji va obrazi bilan kirib keladi.

Oʻzbek millati shu paytgacha oʻzini bolajon va mehmondoʻst sifatida koʻrsatishga urinib keldi. Biroq bugun bu ikkala imidj ham oʻrnashib qolmadi.

Menga qolsa, oʻzbek obrazini mehnatkash va donishmand obrazida yaratgan, shuni targʻib etgan boʻlardim.

Turistik yoʻnalish: “bir kelib qolibsiz” uslubi

Mamlakat va xalqning chet ellardagi obrazi birinchi navbatda unga kelib-ketuvchilar, qaysidir maʼnoda, turistlarning munosabati bilan shakllanadi.

Turistlarga eʼtibor ancha yaxshilanib, ularning hurmat-izzatini joyiga qoʻyishga harakatlar boʻlayotganiga qaramay, haligacha bu sohani yogʻliq joy sifatida koʻruvchilar talaygina.

Turistы osmatrivayut mavzoley Gur Emira v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Shavkat Mirziyoyev “Turizm toʻgʻrisida”gi qonunni imzoladi

Bu, birinchi navbatda, nolegal “taksichilar”, muzeylar, qadimiy obidalar atrofida oʻralashib, “biznes” qiluvchilar, bozorlardagi “epchil” sotuvchilar.

Bundaylar turistlarning vaziyat va narx-navodan bexabarligi orqasidan foydalanib qolish ilinjida boʻladi. Va natijada Oʻzbekiston haqida notoʻgʻri munosabat shakllanishiga sabab boʻladi.

Bir paytlar “Toshkent-Samarqand” yoʻlining chekkasida “bir kelib qolibsiz”, degan kafelar boʻlgan. Shu yoʻldan qatnovchilar adashib kirib qolsa, oshirilgan narxlarda taom sotib, eʼtiroz bildirganlarga “bir kelib qolibsiz”, deb turaverarkan, chunki qaytib kelmasligini aniq bilishar ekan. Shundan bu kafelarning nomi shunaqa boʻlib ketgan.

Yoʻl bitta va serqatnov, kimdir albatta kiradi, shu bilan tirikchilik qilib oʻtiraveradi. Turizm sohasi da esa “Bir kelib qolibsiz” uslubi ketmaydi. Chunki u bir kunlik soha emas.

Mamlakat imidjini yaratish borasidagi saʼy-harakatlardan maqsad ham aslida shu.

Olqishlarga toʻla OAV – imidjni yaxshilamaydi

Hozirgacha oʻylaymizki, har qanday maʼlumotlarni beraverish, jahon hamjamiyati oʻrtasida mamlakat obroʻsini toʻkadi. Aslida teskarisi, oldin 70 yil, keyin 27 yil matbuot faqat olqishlar bilan toʻlgan edi. Biroq mamlakatning obroʻyi oshgani yoʻq. Olqishlarga toʻla matbuot tuzumning riyokorligini koʻrsatadi. Buni jahonda juda yaxshi bilishadi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Mirziyoyev: besh yil qarsak chalmaymiz, bir-birimizni maqtamaymiz

Ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakllantirishi, unga taʼsir koʻrsatish va boshqarish kuchiga ega. OAV siyosatchilar imidji va davlat imidjiga ham taʼsir koʻrsata oladi.

Bugun Oʻzbekistonda elektron nashrlar oʻz imkoniyatlarini kengaytirmoqda – bular yangi-yangi veb-saytlar, bloglar, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar – mamlakat bundan oʻz ijobiy imidjini shakllantirishda yangi mexanizmlar sifatida foydalanishi zarur.

Shuningdek, Oʻzbekistonning imidj salohiyati chet el matbuotida toʻlaqonli ochib berilgani yoʻq va bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar strategiyasini belgilab olish kerak boʻladi.

Kino sanʼati va oʻzbeklar obrazi...

Mamlakat kino sanoati oʻzbekistonliklar haqidagi yaratayotgan obraz esa maqtanadigan holda emas. Maishiy turmush darajasida oʻralashib qolgan, oilaviy ikir-chikirlardan boʻshamaydigan, butun dardi toʻy qilish, uylanish va dabdaba bilan maqtanish boʻlganlar obrazlari. Bu haqiqatdan yiroq qahramonlar.

Vыezdnoy kinoteatr dlya Uzbekkino - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Uzoq qishloqlarda kino koʻrsatish uchun koʻchma kinoteatr ishlab chiqildi

Bir paytlar zamon qahramonini yaratish masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan edi, biroq uddalab boʻlmadi, chamasi, bu ishga chek qoʻyildi. Bilamizki, zamona qahramoni ham aslida, millatning tipik obrazi, imidji sanaladi.

Asosiy eʼtibor sanʼatga qaratilsa samarali natijalar berishi mumkin. Sohaga davlat mablagʻ ajratyapti, lekin haligacha shuncha pul sarflab, bunchalar zerikarli asarlar yaratishdan maqsad nimaligini tushunib boʻlmaydi. Nazarimda, soha ustidan davlat nazoratini biroz yengillashtirish lozim. Ijodkorlarga erkinlik berish va ularga ishonish kerak. Sanʼat kelajak uchun ishlasin.

Mehnat migrantlari...

Albatta, bugun mamlakatdan chetga ishlashga chiqib ketayotgan mehnat migrantlari haqida har doim ham iliq gaplar aytolmaymiz. Sohaning tashkillashtirilmagani, fuqarolarning tartibsiz ravishda chetga chiqib, ishlayotgani, ular borayotgan mamlakatlarda har doim ham yaxshi gaplar olib kelmaydi. Mehnat migrantlarining asosiy qismini mamlakatning ishsizlik yuqori boʻlgan chekka qishloqlari ketayotganlar tashkil qiladi.

Migrantlar necha kishini boqadi? - Sputnik Oʻzbekiston
Infografika
Mehnat migrantlari necha kishini boqadi?

Bu sohada davlat nazorat va tashabbusni qoʻlga olishi, chetga ishlashga chiqishlarni uyushqoqlik bilan amalga oshirish kerak va bu borada ilk qadamlar qoʻyilmoqda.

Shu bilan birga chet elda mehnat migrantlarining manfaatlari himoya qilinayotganini aholi sezayotgani yoʻq, migrantlarning asosiy qismi ijtimoiy tarmoqlarda faolligini inobatga olib, mehnat migratsiyasi sohasida ish yuritayotgan tashkilotlar oʻz faoliyatini ushbu tarmoqlarda keng targʻib etishi kerak.

Shuni ham qayd etish lozim, birinchi navbatda, millatning qaddini tiklab olish kerak.

Bilamizki, Oʻzbekiston uzoq yillar davomida mustamlaka tarkibida boʻldi. Millatning oʻziga ishonchi bir qadar pasayib ketgan.

Bu borada ruslarning tajribasini oʻrganish foydadan xoli emas.

Ular avvalambor, millatning oʻziga ishonchini  oshirishga eʼtibor qaratgan edi.

Bunda shavkatli oʻtmish, ulugʻ ajdodlar, bugungi yutuqlar va porloq kelajak borasidagi holatlardan ustalik bilan foydalanish lozim boʻladi.

Xavfsizlik

Mamlakat imidjining yana bir uzviy boʻlagi sifatida xavfsizlik olinishi lozim. Oʻz vaqtida sohibqiron Amir Temur, “shunday davlat qurdimki, kishi bir savat oltin bilan uning sarhadlarini kesib oʻtsa ham hech kim teginmaydi”, degan fikr bildirgan edi. Bugungi Oʻzbekiston imidjida aynan shu holat oʻz ifodasini topishi lozim. Bu aynan turistlar va investitsiyalarni jalb etish uchun ham jozibali holat, asosiy sharti ham shu.

Dono darveshlar, nindzyalar va ritsarlar

Mamlakatlarning imidj yaratish tajribasini oʻrganar ekanmiz, bunda sportdan ham ustalik bilan foydalanilganini koʻramiz. Xitoy kung-fu, u-shu va boshqa jang sanʼatlari orqali oʻta qisqa davrda jahonga oʻzligini namoyon qildi.

V Buxare poyavilsya levitiruyuщiy dervish - Sputnik Oʻzbekiston
Turizm
Buxoroda "uchar" darvish paydo boʻldi

Yana bir holat, imidj yaratish uchun tayyor steriotiplar ham mavjud. Ulardan ustalik bilan foydalanish lozim, xolos.

Deylik, yaponlar nindzyalar, yevropa davlatlari ritsarlar haqidagi qarashlarni qoʻllagan.

Biz, oʻzbeklarda ham muqim oʻrnashib qolgan, lekin foydalanilmayotgan shunday obrazlar mavjud.

Deylik, dono darveshlar obrazi. Gʻarb davlatlarida sharq donoligini mujassamlashtiruvchi  darveshlar haqidagi qarashlar shakllangan. Millatning imidjida ushbu holatdan foydalanish mumkin. Faqat bunda, nasihatlar emas, aksincha, dunyo, narsa va hodisaga chuqur falsafiy, oʻziga xos, yangicha qarashlar ifodalangan fikrlar boʻlmogʻi lozim.

Oʻz tariximiz bilan maqtanishni bilmaymiz

Yana bir holat, millat imidjini yaratishda shaxslar muhim ahamiyatga ega boʻladi. Bular buyuk davlat arboblari, olimlar, yozuvchilar va sanʼat vakillari.

Shavkat Mirziyoyev posetil mesto stroitelstva Tsentra islamskoy tsivilizatsii - Sputnik Oʻzbekiston
Madaniyat
Mirziyoyev: mamlakatimizdagidek boy tarix, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qayerda yoʻq

Hindlarda Gandi va Tagor, ispanlarda Servantes, inglizlarda Nyuton, amerikaliklarda bir qator sanʼat vakillari, frantsuzlarda Napoleon, italyanlarning rassomlari millat yuzini ifodalab turadi. Shularning nomini tilga olish bilan, millat koʻz oldimizda namoyon boʻladi.

Bizda ham shunday shaxslar bor. Oʻrta asr allomalari (Beruniy, Xorazmiy), diniy ulamolar (Buxoriy, Termiziy, Margʻinoniy, Zamaxshariy), davlat arboblari (Temur, Bobur), ijodkorlar (Navoiy).

Biroq ular haqida oʻta ehtiyotkorlik va rasmiyatchilik bilan gapiriladi. Shunday tasavvur uygʻonadiki, oʻzimiz ham ular haqida toʻliq maʼlumotga ega emasmiz. Yoki hech kim ularni sodda, butun jahon tushunadigan qilib, aytmaydi. Deylik, gʻarb telekanallaridan biri Al Xorazmiy haqida film ishlab, “har bir qoʻl telefonida uning tafakkuri bor”, degandan keyingina bu haqda ayta boshladik. Albatta, olimlarga bu oʻta sodda gap boʻlib tuyulishi mumkin, lekin omma uchun kerak.

Eʼtiborga loyiq kichik lavhalar

Fukusimadagi fojiadan jabr koʻrgan yapon yigiti adyolga oʻranib, kitob oʻqib oʻtirganini barcha telekanallar koʻrsatdi. Hamma yaponlarning bilimga chanqoqligini shu lavhalardan koʻrdi. Millatning obrazi mana shunday, oddiy lavhalardan ham shakllanishi mumkin. Lekin bunda bu lavhaga ishonish uchun odamlarda shunga zamin, yaʼni dastlabki bilim va tushunchalar boʻlishi lozim.

Yangiliklar lentasi
0