TOSHKENT, 2 sen – Sputnik. “Miss Moskva - 2015” tanlov gʻolibi Oksana Voyevodina Instagram’dagi sahifasida Malayziya sobiq qiroli Muhammad V bilan ajralishi haqida post yozdi.
Model oʻzini yengil his qilish uchun ajralish sabablari haqida soʻzlab berishni istayotganligini aytdi. Biroq model haqiqatni oshkor qilmaslikka qaror qildi.
"Bilaman, hamma biz bilan haqiqatda nima yuz berganini bilishni istayapti... Men ilgari oʻz voqeamni soʻzlab berishga tayyor emas edim. Ehtimol, rostini aytsam, oʻzimni yaxshi his etaman... Biroq hech kimga qandaydir ogʻriq yetkazishni xohlamayman”, - deb qoʻshimcha qildi.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
Ajralishi haqida Muhammad Vning shaxsiy advokati Ko Tiyen Xua maʼlum qildi. RIA Novosti murojaatiga koʻra, yurist agentlikka juftlik ajralishi haqida rasmiy maʼlumot yubordi.
Oʻtgan yil noyabr oyida Muhammad V va Oksan Voyevodina turmush qurishdi. Ungacha rossiyalik sohibjamol islom dinini qabul qildi va oʻziga Rixana ismini oldi. Toʻy marosimi Moskva viloyatidagi Luxury Village Barvixa kontsert zalida oʻtkazildi. Shu yilning yanvar oyida Muhammad V kutilmaganda taxtdan voz kechdi va Kelantan shatati hukmdori maqomini saqlab qoldi.
21 may kuni oilada oʻgʻil farzand tugʻildi, uning ismini Tenku Ismoil Leon Petr Bin Tenku Muhammad V Faris Petr deb qoʻyildi.