Xalq muammosi va yechimlar: vazirlar uyma-uy yurib, aholi muammosini hal etishi belgilandi

© Facebook/Dialog s narodomMinistri budut xodit po domam grajdan i reshat ix problemi
Ministri budut xodit po domam grajdan i reshat ix problemi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qabullar jarayonida jami 552 ta murojaat kelib tushdi, ulardan 184 tasi (33%) joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.

TOShKENT, 30-iyul – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i asosida endilikda Xalq qabulxonalari va sektorlar rahbarlarining aholi muammolari bilan ishlashi yangi strategiya va tizim asosida tashkil etilmoqda.

Dastlab Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi “Madaniyat va istirohat bog‘i”da tashkil qilingan ommaviy qabulda Prezident Administratsiyasi, Oliy sud, Bosh prokuratura, Ichki ishlar, Adliya, Sog‘liqni saqlash vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi, Prezidentning Toshkent viloyatidagi Xalq qabulxonalari mas’ullari, viloyatdagi sektorlar rahbarlari murojaatchilarni qabul qilib, ularni qiynayotgan muammolarga yechim izladi.

Narodnaya priyemnaya - Sputnik O‘zbekiston
Xalq qabulxonalari o‘zbekistonliklar muammolarini uyma-uy yurib hal qiladi

Asli xorazmlik Qizlarbibi Aliyeva sog‘liqni saqlash vaziri qabulida ishga joylashish masalasida murojaat qildi. Bu ayol labaratoriya hamshirasi bo‘lib, bir necha yil Xorazm viloyatida ishlagan. Doimiy yashash uchun Ohangaron tumaniga ko‘chib kelganidan beri ish so‘rab kirmagan tibbiyot muassasasi qolmagan.

Ommaviy qabuldagi aholi salomatligi bilan bog‘liq murojaatlarning asosiy qismi tibbiyot muassasalarida davolanish yo‘llanmalarini olishdagi muammolar bilan bog‘liq.

O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini olish, pasport-viza, ichki ishlar organlari xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan shikoyatlar, sobiq ichki ishlar organlari xodimlarini ishga qayta tiklash va ichki ishlar organlariga ishga kirish, ijtimoiy-huquqiy hamda maishiy masalalariga oid murojaatlar Ichki ishlar vaziri qabulida muhokama etildi.

Qabul jarayonida aniqlangan muammolarni joyida yechish choralari ko‘rilib, hal etilishi vaqt talab etadigan holatlardagina aniq muddat va mas’ullar belgilanib, ijrosi nazoratga olinib, ushbu haqda aholi bilan zarur tushuntirish ishlari olib borildi.

Predsedeatel SGB Abdusalom Azizov - Sputnik O‘zbekiston
DXX raisi Abdusalom Azizov Yakkabog‘ga keldi

Ohangaron shahridagi “Madaniyat va istirohat bog‘i”da tashkil qilingan ommaviy qabuldan so‘ng aholi muammolarini o‘rganishda sektorlar rahbarlari Ohangaronning eng uzoq-olis, chekka hududlariga bo‘linib, bevosita joylarga chiqib, qabullar o‘tkazdi. “Telov” mahalla fuqarolar yig‘ini Ohangaron shahridan qariyb 30 km uzoqda joylashgan. Bosh prokuror va viloyat prokurori mazkur hududda aholi bilan yuzma yuz, ochiq muloqot o‘tkazdi.

Telov qishlog‘ining Qiziloy mahallasi raisi mas’ullarga uchta masalani hal qilish bo‘yicha murojaat qildi. Bular – ichimlik suvini yaxshilash, elektr ta’minotidagi uzilishlarga barham berish, xususan, 1960-yilda qurilgan transformatorni yangilash hamda qishloq vrachlik punktining o‘z o‘rniga qaytarilishiga oid masalalar. Mahalla raisining uch murojaati ham asosli ekani aytilib, ular birma-bir hal qilinadigan bo‘ldi.

Abdumajid Aliqulov o‘z murojaatida hududdagi 9 mahallaga mo‘ljallangan yagona masjid ta’mirtalab ekanini, yangi masjid qurish uchun joy muammo bo‘lib kelayotganini aytdi. Muammo o‘rganilgach, mazkur hududda yana bir masjid qurish uchun joy ajratiladigan bo‘ldi.

Sanam mahallasi ahlini  ko‘p yildan beri maktabgacha ta’lim muassasasi yo‘qligi qiynab keladi. Mahalla ahli mazkur hududda bog‘cha tashkil etishda amaliy yordam so‘radi. Vaholanki, birgina shu mahallaning o‘zida bog‘cha yoshidagi 300 nafardan ziyod bola bor. Bu masala ham ijobiy hal etiladigan bo‘ldi.

Telovga ish bilan kelgan bekobodlik No‘monjon Dehqonboyev ommaviy qabul xabarini eshitib, mutasaddilarga kredit masalasida murojaat qildi. Olti yildan beri tadbirkorlik qilib kelayotgan No‘monjon akaning aytishicha, u 2017-yilda Bekobod shahridagi Qishloq Qurilish Bank filiali bilan sutni qayta ishlash hamda tikuv sexi tashkil qilish bo‘yicha loyihasini  moliyalashtirish uchun 750 million so‘mlik kredit shartnomasini imzolagan.  Ammo bank kreditning faqat 100 millon so‘mini bergan, xolos. Qolgan 600 million so‘m bedarak ketgan. No‘monjon Dehqonboyevni shuncha vaqtdan beri qiynab kelgan muammoga Telov qishlog‘idagi ochiq muloqotda yechim topildi.

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Abdulla Aripov Urganch hokimiga hayfsan e’lon qildi

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri Ohangaron tumanining eng chekka qishloqlaridan biri – Gulobodda ommaviy qabul o‘tkazdi.

Aholi qishloqda maktabgacha ta’lim muassasasi yo‘qligidan qiynaladi. Ayni vaqtda bu hududda 187 nafar bog‘cha yoshidagi bolalar mavjud. Ular maktabgacha ta’limga qamrab olinsa, 150 dan ortiq ayollar o‘z mehnat faoliyatlarini davom ettirishlari mumkin.

Qabulda ijtimoiy infratuzilmalar bog‘liq muammoni tegishli vazirlik va idoralarga yetkazilishi va aniq yechim haqida tez kunlarda tuman mutasadilariga topshiriq berilishi haqida aytildi.

Shunigdek, nohaq ayblovlar bilan ichki ishlar tizimidan chetlashtirilgan sobiq xodimlarni ishga qaytash masalasidagi murojaatlar ham ko‘rib chiqildi va 5 nafar xodim qayta ishga tiklandi.

Ohangaron tumanining Shodmalik mahallasida Oliy sud raisining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Sud-huquq tizimiga oid 20dan ortiq murojaatlar yuzasidan nazorat o‘rnatilishi qayd etildi va 21 ta murojaat bo‘yicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirish berildi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev 27-maya provel soveshanie po voprosam zapuska deyatelnosti priyemnix po rassmotreniyu obrasheniy predprinimateley. - Sputnik O‘zbekiston
Bosh vazir qabulxonalari: tadbirkorlar muammolarini hal etish bo‘yicha yangi tizim ishga tushadi

Toshkent viloyatida o‘tkazilgan ommaviy qabullarda sud-huquq masalalarida ham qator murojaatlar bo‘lgan edi. Mazkur murojaatlarni o‘rganib chiqilishi natijasida Jinoyat ishlari bo‘yicha Ohangaron shahar sudi  12 nafar mahkumni sud zalidan ozod qilish bo‘yicha qaror qabul qildi. Prezident Xalq qabulxonalariga murojaatlari natijasida o‘z hayotini o‘nglab olishi uchun yana bir bor imkon berilgan bu insonlar va oila a’zolarining  hayotga, yashashga bo‘lgan ishonchlari yanada mustahkam bo‘ldi.

Ohangaron shahrida o‘tkazilgan ommaviy qabulda 427 ta murojaat kelib tushdi. Bundan Oliy sudga 152 murojaat, Bosh prokuraturaga - 105 ta, Ichki ishlar vazirligiga - 67 ta, Adliya vazirligiga - 26 ta, Sog‘liqni saqlash vazirligiga - 23 ta, Bandlikka ko‘maklashish markaziga - 16 ta, Davlat soliq qo‘mitasiga - 14 ta, Yer resurlari kadastr qo‘mitasiga - 13 ta, Markaziy bankka - 11 ta masala kelib tushdi.

Bundan tashqari, qishloqma-qishloq yurib o‘tkazilgan qabullar jarayonida Bosh prokuror Nig‘matilla Yo‘ldoshev, bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Kudbiyev Telov qishlog‘ida 32 fuqaroni qabul qilib, ular ko‘targan masalalardan 20 tasini joyida hal etdi.

Ichki ishlar vaziri, Oliy sud raisi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi Shodmalik qishog‘ida 35 nafar, “Gulobod” qishlog‘ida 29 nafar fuqarolarni qabul qilib, jami kelib tushgan 42 ta masalani joyida hal qildi.

Davlat soliq qo‘mitasi raisi va Sog‘liqni saqlash vaziri Markaziy qo‘rg‘on hududi “Uvak” qishlog‘ida 29 nafar fuqaroning murojaatini ko‘rib chiqib,  ularda ko‘tarilgan 30 dan ziyod masalaning 15 tasini joyida qanoatlantirdi.

Narodnaya priyemnaya prezidenta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Xalq qabulxonalari qay tarzda xonadonlarga kirib bormoqchi?

Sudlar tomonidan Ohangaron shahri mahallalari va qishloqlarida o‘tkazilgan ommaviy qabullar natijasida 95 nafar fuqaro sud zalidan ozod qilindi, 10 nafar jazo o‘tayotgan shaxsning jazosini yengilrog‘iga almashtirilib, jazoni o‘tash joylaridan ozod qilindi. 

Qabullar jarayonida fuqarolar tomonidan asosan ishga qayta tiklash, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning doimiy ro‘yxatga qo‘yish, buzib tashlangan uy-joyi uchun kompensatsiya to‘lash, jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarni avf etish, sud qarorlari ustidan norozilik, uy-joy ajratish va moddiy yordam ko‘rsatish kabi masalalar ko‘tarildi.

Qabullar jarayonida jami 552 ta murojaat kelib tushdi, ulardan 184 tasi (33%) joyida hal etildi. Qolgan murojaatlarning ijrosi nazoratga olindi.

Yangiliklar lentasi
0