Xalq qabulxonalari qay tarzda xonadonlarga kirib bormoqchi?

© Ministerstvo yustitsii Uzbekistana Narodnaya priyemnaya prezidenta Uzbekistana
Narodnaya priyemnaya prezidenta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil birinchi fevraldan Xalq qabulxonalari muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlaydi va hal qiladi. “Hudud” axborot tizimi yanada takomillashtirilib, unga barcha Xalq qabulxonalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar integratsiya qilinadi.

TOShKENT, 21 yanv - Sputnik. Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident farmoni bajarish maqsadida bundan buyon davlat organlari va boshqa tashkilotlarning mazkur yo‘nalishdagi ishlari Xalq qabulxonalari tomonidan muvofiqlashtirib boriladi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Xalq qabulxonalarining aholi muammolari bilan ishlash samaradorligi indeksini aniqlashda uyma-uy yurish orqali o‘rganib chiqilgan uy xo‘jaliklari, ijtimoiy va boshqa obyektlar, muammolarni hudud darajasida hal etilishi holati, respublika darajasida hal etilishi belgilangan muammolarni hal etish uchun zarur choralar ko‘rish darajasi, muammoni hal etishning o‘rtacha muddati kabi mezonlarga tayanilishi rejalashtirilgan.

Narodnaya priyemnaya - Sputnik O‘zbekiston
Xalq qabulxonalari o‘zbekistonliklar muammolarini uyma-uy yurib hal qiladi

Prezident farmonidan kelib chiqadigan vazifalarni ijro etish asnosida endi mahallalar hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy holati konkret mahalladagi ijtimoiy infratuzilmalar, iqtisodiy vaziyat, ijtimoiy muhit, ijtimoiy soha obyektlarining holatidan kelib chiqib, “namunali”, “yaxshi” va “qoniqarsiz” toifalarga ajratilgan holda baholanadi.

“Hudud” axborot tizimi yanada takomillashtirilib, unga barcha Xalq qabulxonalari, davlat organlari va boshqa tashkilotlar integratsiya qilinadi. Natijada Xalq qabulxonalari xodimlari, sektorlar shtablari a’zolari qog‘oz ko‘rinishida turli hujjatlarni to‘ldirish, yuritish, rasmiylashtirish, saqlash kabi ishlardan xalos bo‘lib, asosiy vaqtini fuqarolar bilan ko‘proq bevosita muloqot qilish, muammolarni joyida o‘rganish uchun uzoq hududlarga chiqish ishlariga safarbar etadi.

Inspektor po delam jenshin OVD Yunusobadskogo rayona Tashkenta Maksuda Xudjanazarova - Sputnik O‘zbekiston
U fohishalar va yolg‘iz ayollarni qutqaradi: toshkentlik ayol-militsioner bilan uchrashuv

Shuningdek, davlat organlari va boshqa tashkilotlarning hududiy bo‘limlari faoliyati hamda ular ko‘rsatadigan xizmatlarga oid tartib-qoidalar zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, mobil ilovalar, veb-saytlar, elektron to‘lov vositalari orqali aholiga to‘liq va tezkor yetkazilishini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqariladi.

2019 yilning 1-iyuliga qadar barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning viloyat bo‘linmalari veb-saytlarini, 2020-yilning 1-yanvariga qadar tuman va shahar bo‘linmalari veb-saytlarini tashkil qilish vazifasi qo‘yilgan.

Bu esa o‘z o‘rnida fuqarolarning davlat organlarining hududiy bo‘linmalariga bevosita elektron tarzda murojaat qilish imkoniyatini yaratadi.

Yangiliklar lentasi
0