Abdulla Aripov Urganch hokimiga hayfsan e’lon qildi

© Pravitelstvo respubliki KirgizstanPremyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov
Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xorazmda bosh vazir tashrifidan so‘ng aholiga tovon pullarini to‘lash boshlandi.

TOShKENT, 28-iyul – Sputnik. Kecha 27-iyul kuni bosh vazir Abdulla Aripov uylari buzilgan aholi va shahar hokimligi o‘rtasidagi muammoni o‘rganish uchun Xorazm viloyatiga keldi, deb xabar qilmoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Xorazmda bosh vazir aholi vakllari bilan suhbatlashdi va viloyat rahbariyati bilan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.

“Yig‘ilishda Urganch shahar hokimi Sh.Abdullayev va shahar prokurori J.Davlatovga yo‘l qo‘ygan xatolari uchun hayfsan e’lon qilindi. Ko‘chirilgan aholiga va’da qilingan tovon pullarini to‘lash boshlandi”, - deyilgan xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Urganch shahridagi “Ashxobod” mahallasida yashovchi 400ga yaqin xonadaon, ushbu hududda sanoat zonasi tashkil etilishi munosabati bilan, Chondirqiyot qishlog‘iga ko‘chirilgan edi. O‘sha yerda aholi vaqtinchalik chodirlarda yashab kelayotgan edi.

Va’da berilgan pullar bi necha oy davomida to‘lanmaganligi munosabati bilan, 26-iyul kuni ko‘chirilgan aholi norozilik namoyi sifatida “Urganch – Xonqa” yo‘lining qatnov qismini to‘sib qo‘yishgan. Viloyat hokimi Farxod Ermanov voqea joyiga yetib borib norozi aholi bilan muloqotga kirishdi. Aholiga tekinga qum va boshqa qurilish materiallarini 10 % chegirma bilan yetkazib berish va’da qilingan.

Ma’lumot uchun - ko‘chirilgan 400 xonadonga jami 70 milliard so‘m tovon puli to‘lash va’da qilingan. Har bir xonadon uchun bu o‘rtacha 175 million so‘mdan to‘g‘ri keladi.  

Yangiliklar lentasi
0