Xalq qabulxonalari o‘zbekistonliklar muammolarini uyma-uy yurib hal qiladi

© uz24.uzNarodnaya priyemnaya
Narodnaya priyemnaya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yil birinchi fevraldan Xalq qabulxonalari muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlaydi va hal qiladi, davlat organlarining aholi bilan bevosita ishlashini nazarda tutuvchi tizim yaratiladi

TOShKENT, 18 yanv - Sputnik. Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident Farmoni qabul qilindi, deb xabar qilindi Adliya vazirligining telegrammdagi sahifasida.

Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Bekabad - Sputnik O‘zbekiston
Xalq qabulxonalari negizida Tezkor davlat xizmatlari agentliklari tashkil etiladi

2019 yil 1-fevraldan Xalq qabulxonalari muammolarni uyma-uy yurish orqali aniqlaydi va hal qiladi, davlat organlarining aholi bilan bevosita ishlashini nazarda tutuvchi tizim yaratiladi.

Hududlar mahallalar va xonadonlar kesimida tahlil qilinadi, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan qisqa (1 yillik) va o‘rta muddatli tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi.

Ushbu rejalarni ijrosi Prezident Administratsiyasi tomonidan bevosita nazorat qilinadi.

"Obod qishloq" va "Obod mahalla" dasturlari doirasida obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladigan aholi punktlari ro‘yxati Xalq qabulxonalari bilan kelishib shakllantiriladi. 

Farmon bilan Xalq qabulxonalariga qo‘shimcha huquq va vazifalar yuklandi, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0