https://oz.sputniknews.uz/20190409/Uzo-ishlolarda-kino-krsatish-uchun-kchma-kinoteatr-ishlab-chiildi-11176374.html
Uzoq qishloqlarda kino ko‘rsatish uchun ko‘chma kinoteatr ishlab chiqildi
Uzoq qishloqlarda kino ko‘rsatish uchun ko‘chma kinoteatr ishlab chiqildi
Sputnik O‘zbekiston
Ko‘chma kinoteatr kinoproyektor, audio kolonkalar, akkumulyator batareyalari, noutbuk, DVD bilan jihozlangan. 09.04.2019, Sputnik O‘zbekiston
2019-04-09T11:05+0500
2019-04-09T11:05+0500
2019-04-09T11:05+0500
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1117/63/11176337_0:0:1275:720_1920x0_80_0_0_68851b0ae32a1821283fa32eebea938c.jpg
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2019
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1117/63/11176337_0:0:1147:720_1920x0_80_0_0_2b64021572dbf9ce9da4b029c3fdade2.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Uzoq qishloqlarda kino ko‘rsatish uchun ko‘chma kinoteatr ishlab chiqildi
Ko‘chma kinoteatr kinoproyektor, audio kolonkalar, akkumulyator batareyalari, noutbuk, DVD bilan jihozlangan.
TOShKENT, 9 apr – Sputnik. "Turin Invest Engineering" kompaniyasi "O‘zbekkino" uchun maxsus ko‘chma kinoteatr avtomobillari ishlab chiqdi.
Damas asosida ishlab chiqilgan ushbu avtomobillar mamlakatning kinoteatrlar mavjud bo‘lmagan olis tumanlarida kino ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
Ko‘chma kinoteatr kinoproyektor, audio kolonkalar, akkumulyator batareyalari, noutbuk, DVD-proigrivatel va boshqa videomateriallarni avtonom ravishda translyatsiya qilish uchun zarur jihozlar bilan ta’minlangan.
Ushbu ixtisoslashtirilgan avtomobillar Turin Politexnika universiteti qoshidagi "Turin Invest Engineering" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Turin Invest turli muhandislik g‘oyalarini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.
Bundan oldin ular Spark avtomobilini to‘liq elektromobilga aylantirish, avtomobilda joylashtirilgan magazin va ofis kabi loyihalarni ishlab chiqishgan edi.