Buxoroda "uchar" darvish paydo bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Bu turistlar uchun qiziq attraksion bo‘lib, turistlarni yanada ko‘proq jalb etishga xizmat qiladi

TOShKENT, 16 fev – Sputnik. O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tashabbusi bilan Buxoroning eski shahar qismida havoda muallaq turuvchi darvish paydo bo‘ldi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, bu turistlar uchun qiziq attraksion bo‘lib, turistlarni yanada ko‘proq jalb etishga xizmat qiladi.

Kelgusida bunday shou-loyihalar boshqa turistik shaharlarda ham yo‘lga qo‘yiladi. Ular nafaqat darvishlar, balki milliy muhitni ifodalovchi masxarabozlar, sarbonlar, mashhur ertak qahramonlari, masalan Xo‘ja Nasriddin obrazi bo‘lishi mumkin.

Qo‘mitaning bildirishicha, ushbu g‘oya Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi tomonidan Yevropadagi turistik markazlardan birini kuzatish jarayonida tug‘ilgan bo‘lib, mahalliy muhitni hisobga olgan holda joriy etildi.

Yangiliklar lentasi
0