O‘zbekistonda qancha odam yashashini hech kim bilmaydi

Obuna bo‘lish
Tez orada barcha MDH davlatlarida aholini ro‘yxatga olish ishlari boshlanadi. Ammo O‘zbekiston bundan istisno. Sputnik nega respublikada statistik ma’lumotlarni yangilashga shoshilishmayotganini ochiqlashga harakat qildi

TOShKENT, 27-iyul — Sputnik. Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi ishtirokchi-mamlakatlarida tez orada boshlanadigan keng ko‘lamdagi aholini ro‘yxatga olish ishlari surprizlarni olib kelishi mumkin, deb hisoblashadi MDH davlatlararo statistik qo‘mitasi vakillari.

Prazdnik Sabantuy v sentralnom parke Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston aholisi qanchaga ko‘paygani ma’lum qilindi

"MDH davlatlarida aholini ro‘yxatga olish ishlari joriy va kelgusi yillarning oktabr oylarida o‘tkaziladi. O‘zbekiston bundan istisno. U yerda ro‘yxatga olish ishlari 2022-yilda o‘tkaziladi. Shuningdek, Ukrainada aholini ro‘yxatga olish ishlari o‘tkaziladigan aniq sanani aytolmayman. 2016-yilda mamlakat biz imzolagan umumiy bitimga qo‘l qo‘ymagan, lekin qiziq bayonot e’lon qilgan: "Biz buni imzolamaymiz, lekin hammaga alam uchun aholimizni ro‘yxatdan o‘tkazamiz", degan. Va bu bizni juda quvontiradi", - deb hikoya qildi Sputnik agentligiga MDH davlatlararo statistika qo‘mitasi raisi Vladimir Sokolin.

Ukraina bitta ro‘yxatga olishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsa, MDH statistika qo‘mitasini ko‘proq O‘zbekiston tashvishga solmoqda. Bu o‘lkada oxirgi marta aholi 1989-yilda ro‘yxatdan o‘tkazilgan va respublika o‘sha vaqtda SSSR tarkibida bo‘lgan.

"O‘zbekiston eng katta bosh og‘rig‘imiz. Oxirgi 30-yil ichida u yerda jiddiy migratsiya jarayonlari kechgan. Hozirda u yerda qancha inson yashashini hech kim ayta olmaydi. Lekin ro‘yxatga olish ishlarini o‘tkazayotgan boshqa mamlakatlar materiallarida ularda o‘zbeklar soni birdaniga ko‘paygani ko‘rinib turibdi. Demak, bu davlatlarga ular qayoidandir kelishgan", - deya tushuntiradi Sokolin.

Jiteli Tashkenta gulyayut okolo pamatnika semye Shamoxmudovim - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston aholisi 2019-yilda qanchaga ko‘paydi?

Sokolinning aytishicha, O‘zbekistonda xubbi bir vaqtlar Moldovadagi kabi - mamlakatdan aholi oqimi yuz bergan bo‘lishi mumkin. U yerda 3,5 million kishi istiqomat qiladi, deb hisoblab kelingan, ammo 2014-yilda o‘tkazilgan ro‘yxatga olish ishlaridan so‘ng "bir million kishi qayoqqadir g‘oyib bo‘lgani" aniqlangan.

Moldovadan farqli o‘larov O‘zbekistonda kadrlar muammosi mavjud - 30-yil ichida keksa yoshdagi statistika xodimlari ishdan ketishgan, yoshlari hali ish o‘rganmoqda va nimani qanday bajarish kerakligini yaxshi tasavvur eta olishmaydi. Vladimir Sokolinning aytishicha, statistikani mashinalar emas, tirik odamlar to‘playdi, ularni esa hali ko‘p narsaga o‘rgatish lozim.

"Men bahorda Toshkentda bo‘ldim. Sovet ittifoqi davrida o‘zbek statistikasi eng yaxshilardan biri edi va ular hozir bor harakatni o‘sha darajani tiklashga yo‘naltirishgan. Mamlakatning yopiqligi tufayli hamkasblar bilan muloqotning uzilib qolganligi sohaga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. Shunga qaramay, ro‘yxatga olish qarori qabul qilingan, O‘zbekiston hukumati barcha xalqaro forumlarda faol qatnashmoqda. Ular banday tadbirlarda ko‘rgan va o‘rganganlarini o‘zlarida joriy etishga harakat qilishmoqda", - deydi MDH bosh statisti.

Jiteli goroda Denau  (Surxandarinskaya oblast) - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbeklar boshqa davlatlar aholisiga qaraganda erta qariyapti – tadqiqot

U shuningdek O‘zbekiston aholini ro‘yxatga olish muammosi bilan yakkama-yakka qolmasligini aytib, tinchlantiradi. Mamlakatga birinchi galda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi statistika qo‘mitasi, MDH davlatlari milliy statistika xizmatlari, xalqaro tashkilotlar va Rossiya yordam berishini aytadi.

"Aytgancha, BMT aholishunoslik jamg‘armasi hozirda RF TIV bilan ishlamoqda, bundan ko‘zlangan maqsad, Rossiya ma’lum miqdordagi mablag‘larni o‘zbek statistikasiga yordam uchun ajratib berishi kerak. Rossiya ulkan salohiyatga ega, Rossiya o‘z hamkasblariga hamisha yordamga keladi", - deya ta’kidlaydi Vladimir Sokolin.

U shuningdek, aholini ro‘yxatga olish ishlari amalga oshirilgach, surprizlar bo‘lishi mumkinligini istisno etmaydi. "O‘zbekiston - musulmon davlat ekanligini, u sovet davridagi sharoitlar emas, yangi sharoitlarda yashayotganini unutmaslik lozim. Ehtimol, bir oilada nechtadan rafiqa va farzandlar borligini bilgach, hayratga tusharmiz. Ushbu demografik xarakteristikalar aholi o‘sishini belgilash, sog‘liqni soqlash sohasi hamda ta’lim sohalarida ma’lum rejalarni amalga oshirish uchun juda muhim. Statistika shunchaki katta qiziqish uchun emas, balki holatni to‘g‘ri tushunish va oldinga harakat qilish uchun amalga oshiriladi", - deb ishontiradi statist.

Karavan migrantov iz Gondurasa v SShA na doroge v gorode Chikimula v Gvatemale. 17-oktabrya 2018 - Sputnik O‘zbekiston
MDH aholisining 15 % boshqa mamlakatda yashashni orzu qiladi

Aytishicha, ro‘yxatga olish materiallari demografik kelajakka nazar tashlash imkonini beradi, shu bilan birga bunda har bir mamlakat aholisining nafaqat jinsi va yosh tarkibi haqida bilish mumkin, balki noldan 16 yoshgacha bo‘lgan qizlarni hisoblashda o‘n yilliklar oldinga aholi sonini prognozlashtirishga imkoni ham vujudga keladi.

"Amaliyotda bu raqamlar 99,9% to‘g‘ri bo‘lib chiqqan, albatta, agar urush, ochlik va epidemiya ro‘y bermasa", - deydi Vladimir Sokolin.

Yangiliklar lentasi
0