O‘zbekiston aholisi 2019-yilda qanchaga ko‘paydi?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovJiteli Tashkenta gulyayut okolo pamatnika semye Shamoxmudovim
Jiteli Tashkenta gulyayut okolo pamatnika semye Shamoxmudovim - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 159,5 mingta bola tirik tug‘ilganligi qayd etilgan.

TOShKENT, 22 apr - Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholisi soni 2019-yil 1-aprel holatiga 33 mln 375,8 ming kishini tashkil etib, 2019-yil boshidan 120,3 ming kishiga yoki 0,4 foizga o‘sdi. Bu raqamlar Davlat statistika qo‘mitasining hisobotida qayd etilgan.

© Gosudarstvenniy komitet respubliki Uzbekistan po statistikeSkolko je nas: rojdayemost, smertnost, chislennost naseleniya Uzbekistana
O‘zbekiston aholisi 2019-yilda qanchaga ko‘paydi? - Sputnik O‘zbekiston
Skolko je nas: rojdayemost, smertnost, chislennost naseleniya Uzbekistana

Jumladan, shahar aholisi soni 16 mln 865,1 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 50,5 %), qishloq aholisi soni 16 mln 510,7 ming kishini (49,5 %) tashkil etdi.

2019 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 159,5 mingta bola tirik tug‘ilganligi qayd etilgan.  Ulardan 82,3 ming nafari o‘g‘il bolalar, 77,2 ming nafari esa qiz bolalarni tashkil etadi. Shuningdek, mamlakatda 37,1 mingta vafot etganlar qayd etilgan.

Ta’kidlanishicha, FHDYo bo‘limlarida 53,7 mingta nikoh va 8 mingta ajralishlar ro‘yxatga olingan.

Avvalroq prokuratura organlari tergov tarmoqlari faoliyati ustidan nazorat boshqarmasi tomonidan prokuratura organlari tomonidan 2019 yilning dastlabki 3 oyidatergov qilingan jinoyat ishlari tahlil qilingani va respublika bo‘yicha 2019-yil 3 oyida 90 ta qotillik jinoyatlari sodir etilgani haqida xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0