MDH aholisining 15 % boshqa mamlakatda yashashni orzu qiladi

© AFP 2023 / ORLANDO ESTRADAKaravan migrantov iz Gondurasa v SShA na doroge v gorode Chikimula v Gvatemale. 17-oktabrya 2018
Karavan migrantov iz Gondurasa v SShA na doroge v gorode Chikimula v Gvatemale. 17-oktabrya 2018 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy so‘rovda aniqlanishiga ko‘ra, MDH fuqarolari orasida har 7 kishidan bir kishi boshqa mamlakatda yashashni orzu qilar ekan.

TOShKENT, 13 dek - Sputnik. MDH mamlakatlarida 15 % aholi boshqa mamlakatga ko‘chib o‘tishni orzu qilar ekan. Bu AQShning  Gallup kompaniyasi o‘tkazgan so‘rovda ma’lum bo‘ldi.

Qochqinlar shlyupkada Misrning Lesbos oroliga suzib borishmoqda - Sputnik O‘zbekiston
O‘rta yer dengizida 2015-yilda 4 mingga yaqin migrant halok bo‘ldi

MDH mamlakatlari aholisi eng norozi bo‘lgan davlat – Armaniston ekan. Ushbu mamlakatning 47 % odamlari boshqa davlatga ko‘chib o‘tishni orzu qilishar ekan. Ushbu ko‘rsatgich bo‘yicha Armaniston Suriya va Kosovodan ham o‘zib ketgan.

Manbaa xabariga ko‘ra, bugungi kunda butun dunyoda 750 million kishi boshqa mamlkatga ko‘chib o‘tishga tayyor ekanini bildirgan.

MDH miqyosida migrantlar uchun eng jozibali mamlakat Rossiya deb tan olingan. Butun dunyodan 8 million kishi Rossiyaga ko‘chib o‘tish istagi boriligini bildirgan.

Dunyoning eng jozibali mamlakatlari reytingida AQSh birinchi o‘rinni egallagan. Potensial migrantlarning 21 %(158 mln)  AQShga ko‘chib o‘tishni istagini bildirgan. Ikkinchi o‘rinda Kanada – 6%, Germaniya - 6 %, Fransiya – 5% va boshqa mamlakatlar.

Yangiliklar lentasi
0