Analitika

Vatan xoinining oʻgʻli. KXDRdan kim va nima sababdan boshpana soʻraydi

© AFP 2023 / Kim Won JinJiteli Pxenyana vo vremya minutы molchaniya u pamyatnika Kim Ir Senu i Kim Chen Iru v den otmechaniya 25-letiya so dnya smerti Kim IM Sena
Jiteli Pxenyana vo vremya minutы molchaniya u pamyatnika Kim Ir Senu i Kim Chen Iru v den otmechaniya 25-letiya so dnya smerti Kim IM Sena - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
KXDR Markaziy televideniyesi Janubiy Koreyadan oʻtgan qochoq haqidagi syujetni hafta davomida qayta-qayta translyatsiya qildi. Kadr ortidagi ovoz qoʻshni davlat fuqaroligiga ega boʻlgan Chxve In Guk Pxenyanga koʻchib oʻtishga qaror qilgani va Shimoliy Koreya fuqaroligini soʻragani haqida katta mamnuniyat bilan eʼlon qilar edi

TOSHKENT, 13 iyul — Sputnik, Galiya Ibragimova. Donald Tramp va Kim Chen Inning favqulodda uchrashuvidan soʻng KXDR hukumati yana bir axborot gʻalabasiga erishdi. Janubiy koreyalik sobiq vazirning oʻgʻli Shimoldan boshpana soʻradi. Pxenyan uni qabul qildi va navbatdagi bor chuchxe gʻoyalari janubiy qoʻshni hayot tarzidan ustunligi haqida barchaga maʼlum qildi. Chet elliklar nega Shimoliy Koreyaga koʻchib oʻtishlari haqida RIA Novosti materialida oʻqing.

Bir tomonga chipta

KXDR Markaziy televideniyesi hafta davomida Janubiy Koreyadan oʻtgan qochoq haqidagi syujetni translyatsiya qildi. Kadr ortidagi ovoz qoʻshni davlat fuqaroligiga ega boʻlgan Chxve In Guk Pxenyanga koʻchib oʻtishga qaror qilgani va Shimoliy Koreya fuqaroligini soʻragani haqida mamnuniyat bilan xabar qilar edi. Aeroportda qochoqni qoʻllarida gul koʻtarib oliy martabali amaldorlar kutib olishdi, ular Gukning qoʻlini siqib koʻrishar ekan, uning "mardonavor harakati"dan hayratdaligini tinmay takrorlashardi. Qahramonga aylangan qochoq bunday lutfga javoban lutf bilan javob qaytarar va yangi vatani ravnaqi uchun sadoqat va toʻgʻrilik bilan xizmat qilishga vaʼda berardi.

"Mening maqsadim - yashash va KXDR siyosatiga amal qilish. Ota-onam nasihatlarini roʻyobga chiqarish uchun menga yoʻl ochib bergan bu mamlakatdan minnatdorman. Endi Pxenyan - mening vatanim, men bu yerda doimiy yashayman va ishlayman, garchi bu qarorni kechikib qabul qilgan boʻlsam-da", - deb aytgan Chxve In Guk.

 Prezident SSHA Donald Tramp vstrechayetsya s severokoreyskim liderom Kim Chen Ыnom v demilitarizovannoy zone, razdelyayuщey dve Korei, v Panmunjome. Yujnaya Koreya, 30 iyunya 2019 goda - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
AQSH va KXDR jurnalistlari oʻrtasida mushtlashuv yuz berdi

Qochqin oʻz ota-onasini bejizga esga olgani yoʻq. Ular allaqachon tarki dunyo qilgan boʻlsalar-da, Pxenyan aeroportida boʻlib oʻtgan tantanali qabulda juda muhim rol oʻynaganlar. Gap shundaki, qochoq Chxve In Guk — xotini bilan KXDRga emigratsiya qilgan Janubiy Koreya sobiq TIV rahbari Chxve Tok Sinning oʻgʻlidir.

Oltmishinchi yillar boshida ushbu lavozimni egallagan janubiy koreyalik vazir tarixi shov-shuvlarga sabab boʻlishining boisi shundaki, "chuchxe mamlakati"ga u Seuldan emas, balki Vashingtondan koʻchib oʻtgan. Chxve Tok Sin hamda uning sobiq rahbari va mamlakat prezidenti Pak Chon Xi oʻrtasida kelishmovchilik yuz bergach, uning boshpana haqidagi iltimosiga birinchi boʻlib AQSH hukumati javob qaytargan. Janubiy Koreyaning avtoritar rahbari qoʻl ostidagi sobiq xodimini hatto korruptsiyada ayblagan, ammo Chxve Tok Sin mamlakatni oʻz vaqtida tark etishga ulgurgan edi.

Lekin sobiq amaldorning amerikancha orzusi koʻpga choʻzilmadi. Siyosiy qochqin maqomini olgach, amaldor Janubiy Koreyadagi tartibni tanqid qilishga va Shimoliy Koreyani esa ulugʻlashga kirishdi.

KXDRga muhabbatini u oʻtgan asrning yigirmanchi yillarida otasi chuchxe mafkurasiga asos solgan inson - Kim Ir Senga ustozlik qilgani bilan izohlar edi. Jahon xaritasida Shimoliy Koreya davlatining paydo boʻlishiga daxldorlik hissi uni koʻchib oʻtishga undagan koʻrinadi. Vaʼda -vaʼda. 1986 yilda Chxve Tok Sin va uning rafiqasi KXDR fuqarolariga aylandilar.

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
OAV: 8 yoshga toʻlgan Kim Chen Inga taʼzim qilgan generallar hozir ham uning yonida

Janubiy Koreyada ularning toʻrt nafar voyaga yetgan farzandlari qolgan edi. Iyul oyi boshida KXDRga koʻchib oʻtgan Chxve In Guk — sobiq vazirning toʻngʻich farzandi, uning hikoya qilishicha, Seuldagi hayoti oson kechmagan. Uni "vatan xoinining oʻgʻli" deb chaqirishgan. Bu tamgʻa uning hayotini zaharlagan, oʻqish va ishlashiga halal bergan.

Ota-onasi hayotligi chogʻida Chxve In Guk bir necha marotaba ularnikiga mehmonga kelgan. Buning uchun u avval Janubiy Koreya, soʻngra Shimoliy Koreya hukumatidan rozilik soʻrar edi. Ushbu byurokratik ovoragarchiliklar "chuchxe vatanida" uning ota-onasi salkam milliy qahramon hisoblanishi evaziga unitilar va hatto xuddi shunday ehtiromni u oʻziga nisbatan ham his etardi. Ota-onasi vafotidan keyin Chxve In Gukning Shimoliy Koreyaga borishga sabablari qolmadi. Shunda u Pxenyanga doimiy yashash uchun koʻchib oʻtishga qaror qildi.

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka oʻtishVoyennoslujaщiye na tseremonii otkrыtiya Muzeya Pobedы v Otechestvennoy osvoboditelnoy voyne (Koreyskoy voyne) v Pxenyane.
Vatan xoinining oʻgʻli. KXDRdan kim va nima sababdan boshpana soʻraydi - Sputnik Oʻzbekiston
Voyennoslujaщiye na tseremonii otkrыtiya Muzeya Pobedы v Otechestvennoy osvoboditelnoy voyne (Koreyskoy voyne) v Pxenyane.

KXDRga chet el fuqarolaridan tashviqot maqsadlarida foydalangan Pxenyan ushbu qarorga javob berishni ortga surib oʻtirmadi. Tez orada Chxve In Guk Shimoliy Koreyada doimiy yashash ruxsatini oldi. Mamlakatdagi barcha OAVlar esa Janubiy Koreya fuqarosining qochib oʻtishi — chuchxe gʻoyasi dunyoviy ustunligining yana bir isbotidir degan maʼnoda raport tarqatdilar.

Prazdnichnыe meropriyatiya, posvyaщennыe 105-y godovщine so dnya rojdeniya Kim Ir Sena, v KNDR - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
OAV: Kim Chen In AQSH boʻyicha maxsus vakilni qatl ettirdi

Yetmish uch yoshli qochqin KXDRda siyosat bilan shugʻullanishni rejalashtirmoqda. U Janubiy va Shimoliy Koreyalarning yaqinlashishiga koʻmaklashmoqchi. Ammo Seulni bunday yordamchi xursand qilmagan koʻrinadi: u yerda Chxve In Guk chet elga ruxsatsiz chiqib ketgani haqida ommaga eʼlon qilindi. Agar u qaytishni xohlasa, uni hibs, chegarani noqonuniy kesib oʻtish toʻgʻrisida ayblovlar va qamoq jazosi kutmoqda. Ammo qochqinni hali bu holat qoʻrqitgani yoʻq. U aniq ishonadiki, bir tomonga olingan chipta, uning barcha umidlarini oqlaydi.

Dezertirdan kinoaktyorlik sari

Shimolda faqatgina Janubiy Koreya fuqarolari oʻz baxtini izlashmaydi. Qochoqlar orasida AQSH fuqarolari ham koʻp boʻlgan. KXDRda yashash tarzi ularni hamisha xursand qilmagan boʻlsa-da, ular karyerasi kutilmaganda osmonga koʻtarilgan. Misol uchun ular Pxenyanda kinematograf yulduzlariga aylanishlari mumkin edi.

KXDRga qochgan amerikaliklar asosan harbiy xizmatchilar boʻlganlar. 1953 yilda Koreya yarimorolidagi 38-parallelda, yaʼni Shimol va Janub oʻrtasida oʻtgan chegarada amerika harbiylari dislokatsiya qilingan edi. Elliginchi yillar oxiri - oltmishinchi yillar boshida Vyetnamdagi urush avjiga chiqqan bir paytda ayrim askarlar jang kechayotgan hududga yuborilishdan xavfsirab qoʻshni davlatga qochib oʻtgan.

25 aprelya 2019. Koreyskiy mech, podarennыy predsedatelem Gossoveta Koreyskoy Narodno-Demokraticheskoy Respubliki Kim Chen Ыnom prezidentu RF Vladimiru Putinu vo vremya obmena podarkami na ofitsialnom priyeme posle peregovorov v kampuse DVFU vo Vladivostoke. - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Kim Chen In va Putin bir-biriga nima sovgʻa qildi - video

Xususan, toʻrt nafar amerikalik oʻzaro til biriktirmagan holda KXDRga koʻchib oʻtgan. Birinchi qochoq 1962 yilda qochib oʻtgan harbiy xizmatchi Jeyms Jozef Dresnok boʻlgan. Ammo u Pxenyanda darhol asir olingan. Xuddi shu yili "qizil" Koreyaga yana bir amerikalik askar — Jerri Ueyn Perrish qochib oʻtadi. Oradan uch yil oʻtgach, asir olingan amerikaliklar safiga yana bir vatandosh — Charlz Robert Jenkins kelib qoʻshiladi. Oltmishinchi yillar oʻrtasida AQSH armiyasidagi qochqin askarlar soni toʻrt nafarga yetadi. Larri Allen Ebshir ham "chuchxe mamlakati"ga xuddi oʻsha sabablar — Vyetnamga yuborilishning oldini olish maqsadida qochib oʻtgan edi.

"Shimoliy koreyalik toʻnkalar bizdan nafratlanar edi. Ular bizni odam hisoblamasdi va hayotimizni jahannamga aylantirardi", - deb eslaydi Jenkins asirlikda oʻtgan yillarini.

© REUTERS / Korea Summit Press PoolLiderы Severnoy i Yujnoy Korey Kim Chen Ыn i Mun Chje In pojimayut drug drugu ruki vo vremya vstrechi v derevne Pxanmundjom v demilitarizovannoy zone, razdelyayuщey dve Korei
Vatan xoinining oʻgʻli. KXDRdan kim va nima sababdan boshpana soʻraydi - Sputnik Oʻzbekiston
Liderы Severnoy i Yujnoy Korey Kim Chen Ыn i Mun Chje In pojimayut drug drugu ruki vo vremya vstrechi v derevne Pxanmundjom v demilitarizovannoy zone, razdelyayuщey dve Korei

Amerikalik qochqinlarni avval urishardi, ularga ruhiy bosim oʻtkazishardi. Qiynoqlarga va oʻsha toʻrtlik xotiralariga qaramay, harbiylarning ovqatlanish tartibi aʼlo darajada edi. Pxenyan Gʻarbga semiz asirlar qochqinlikdan hech ham afsuslanishmayotganini koʻrsatishni istardi. KXDR propagandasi esa amerikaliklarning qamoqdagi hayoti ularning vatani AQShdagi hayotdan koʻra yaxshiligiga ishontirardi.

Samsung s neobыchnoy selfi-kameroy - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Ortingizdan shaxsan Kim Chen In "kuzatadi"

Yetmishinchi yillar boshida KXDRdagi amerika askarlari hayoti keskin oʻzgardi. Mamlakatda kinematograf rivojlana boshladi va qochoqlarga aktyor boʻlish taklif etildi. Kim Ir Sen bu borada shaxsan qiziqish bilan ishtirok etardi. Bosh rolda yevropaliklar yuzlarini koʻrish shimoliy koreya millati asoschisi fikriga koʻra, propaganda taʼsirini kuchaytirardi. Oʻsha yillarning deyarli barcha film va seriallarida bosh rollarni amerikaliklar ijro etishgan.

"Birinchi filmdanoq, men koʻchaga chiqishim bilan kimdir hayratdan: "Kelton Pak-Sa (film qahramoni nomi)!", deb baqirardi va hatto oddiy koreyaliklar mendan dastxat soʻrashardi", — deya hikoya qiladi Jenkins unga yopirilgan mashhurlik haqida xotiralari bilan boʻlishar ekan.

Toʻqsoninchi yillar boshida amerikaliklar mamlakatni tark etish huquqini qoʻlga kiritdilar. Ammo AQShga ularning hech biri qaytmadi. Kimdir Shimoliy Koreyada qoldi va hatto fuqarolikni qoʻlga kiritdi, kimdir Yaponiyaga ketdi. Lekin ularning toʻrt nafari ham Pxenyanni ular majburan vatan qilganini tan oldilar.

Qamoq va kapitalizm oʻrtasida

KXDRga keladigan barcha chet elliklar ham u yerda koʻp qolishni rejalashtirmaydi. Koʻplar u yerga tahsil olgani yoki sayohat qilib boradilar va oxir-oqibat panjara ortiga tushadilar. Koʻpincha hukumat tomonidan oʻylab topilgan bahonalar bilan. Shu tariqa, Shimoliy Koreya qamoqxonasida 29 yoshli avstraliyalik talaba Alek Sigli bir oycha hayot kechirgan.

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In - Sputnik Oʻzbekiston
Kim Chen In "oʻtmishni kovlamasdan" Janub bilan aloqalarni yaxshilashni buyurdi

Chuchxe mamlakatiga u oʻtgan yili turist sifatida kelgan ammo keyin Pxenyandagi Kim Ir Sen nomidagi universitetda tahsil olishga qaror qilgan. U Shimoliy Koreya hayoti haqida yozgan va mashhur blogerga aylangan.

KXDR hukumati iyun oyida uni xorij OAVlariga maxfiy axborotni uzatishda ayblab, hibsga olgan. Talabaning ozod etilishi haqidagi muzokaralarga Gʻarbning koʻplab mamlakatlari qoʻshilgan va Pxenyan ortga chekingan. Iyul oyi boshida talaba qoʻyib yuborilgan.

Amerikalik talaba Otto Uormbirga bu borada omad kamroq kulib boqqan. KXDR qamogʻida u deyarli bir yarim yilni oʻtkazishiga toʻgʻri kelgan. U Sigli singari Pxenyanga turist sifatida kelgan. 23 yashar AQSH fuqarosi KXDRni tark etishi kerak boʻlgan kun, hibsga olingan va tashviqot plakatni oʻgʻirlaganlikda ayblangan. Ameri hukumati Shimoliy Koreya hukumati bilan uzoq muddatli muzokaralarni olib borgan. Otto ozod etilib vatanga qaytgach, kutilmaganda, komaga tushgan va tez orada vafot etgan. Shimoliy Koreya hukumatining amerikalik yaxshi sharoitlarda saqlangani haqidagi oʻzini oqlashlariga hech kim ishonmagan. Pxenyan qamoqda vaqti jiddiy kasal boʻlgan talabaga vaqtida zarur tibbiy yordam koʻrsatilmaganlikda ayblandi.

Bugungi kunda asosan soliqlardan yoki vatanda sodir etilgan boshqa jinoyatlardan qochib yurgan fuqarolar KXDRga boshpana soʻrab murojaat qiladilar. Shimol hammani ham qabul qilmaydi. Besh yil oldin janubiy koreyalik qochoq Pxenyan hukumatini kapitalizmdan koʻra kommunizmni koʻproq maʼqul koʻrishiga inontirmoqchi boʻlgan. Ammo u darhol fosh qilingan: qochoqning Seulda kredit boʻyicha ulkan qarzi borligi aniqlanib, erkakka nisbatan sud ishi ochilgan. KXDRda bir necha hafta boʻlgan qochoq vatanga qaytishga majbur boʻladi. Shimol va Janubdagi ikkita qamoqdan, u, negadir janubdagi qamoqni tanlaydi.

Yangiliklar lentasi
0