Dunyoda

OAV: 8 yoshga toʻlgan Kim Chen Inga taʼzim qilgan generallar hozir ham uning yonida

© KRT via AP Video Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning xolasi Shimoliy Koreyadagi hayoti haqida ilk marotaba The Washington Post nashriga intervyu berdi.

TOSHKENT, 28 may — Sputnik. Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning 1998 yildan beri AQShda yashovchi xolasi va nihoyat uzoq yillardan soʻng jurnalistlarga intervyu berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti nashri.

Shimoliy Koreya ballistik raketani sinovdan oʻtkazdi - Sputnik Oʻzbekiston
Dunyoda
Shimoliy Koreya Manxetenni yer yuzidan yoʻq qilmoqchi
Ko Yen Suk — Shimoliy Koreya yetakchisining xolasi. Bugungi kunda 60 yoshni qarshi olgan Yen Suk 1998 yilda turmush oʻrtogʻi — Li Gan hamda uch nafar farzandi bilan Shimoliy Koreyani tark etgan va nashr xabariga koʻra, "TSRU"ning uzun qoʻllariga tushgan. Ko Yen Suk turmush oʻrtogʻi xususiy tadbirkorlikni yoʻlga qoʻygan, farzandlarning hammasi oliy maʼlumotli. Ammo Shimoliy Koreyani tark etganiga 18 yil boʻlgan boʻlsa-da, bu oila Amerika Markaziy razvedka boshqarmasi uchun "qimmatli maʼlumotlar manbai"ligicha qolmoqda.

Ko Yen Sukning tasdiqlashicha, Kim Chen In rostdan ham 1984 yilda tugʻilgan. Chunki uning oʻgʻli ham shu yil tugʻilgan boʻlib, ular bolalikda birga oʻynashgan.

"Biz yaxshi bir uyda yashardik, oilamiz binoyidek edi. Men Kim Chen In va uning akasi Kim Chen Chxolyuga xuddi onasidek edim. Kim Chen Inga doʻstlarini uyga boshlab kelishni va mehmon qilishni tavsiya etardim. Uni yaxshi hayotda yashashini istardim. Ular shirinliklar yer va “Lego” oʻynashardi», — deb iqtibos keltiradi Ko Yen Suk intervyusidan nashr.

Ayolning qoʻshimcha qilishicha, u bolalar bilan birga Parijdagi Disneylendga borgan. Bundan tashqari, Shimoliy Koreya yetakchisi Alplarda changʻi uchgan, Frantsiyaning Rivyerasida dam olgan, italyan restoranlarida ovqatlangan. Kim Chen In yoshligida texnikaga juda qiziqqan va hamisha "nima uchun kemalar suzadi, samolyotlar uchadi" degan savolga javob olishga uringan. Bundan tashqari maktabda tahsil olgan vaqtlarida basketbol oʻyiga koʻngil qoʻygan va keyinchalik afsonaviy Maykl Jordanga muxlislik qilgan. Yoz oylarini Kim Chen In ona shahrida oʻtkazgan, deb yoziladi maqolada.

© REUTERS / KCNAKNDR zapustila raketы maloy dalnosti
KNDR zapustila raketы maloy dalnosti - Sputnik Oʻzbekiston
KNDR zapustila raketы maloy dalnosti

"Kim Chen In bezori emasdi, ammo u juda qiziqqon edi, unga sabr yetishmasdi. Onasi uning oʻyinga haddan berilib, oʻqishga yetarli vaqt ajratmayotganini aytib, koyigan vaqtlarida, u gap qaytarmasdi, balki boshqacha usullar bilan oʻz noroziligini bildirar edi, misol uchun  ochlik eʼlon qilardi", — deya xotirlaydi Ko Yen Suk.

Ayolning taʼbiriga qaraganda, Kim Chen Inni "yoshligidan shunday tarbiyalashganki, u bir kun kelib hukmdorga aylanishini bilgan", deb taʼkidlanadi nashrda. Shimoliy Koreyaning boʻlgʻusi rahbari sakkiz yoshga toʻlganida, uning tugʻilgan kuniga oliy qoʻmondonlik boshqaruvi vakillari kelishgan. Kim Chen Inga "haqiqiy generallar unga general formasini sovgʻa qilishgan va taʼzim bajo keltirishgan, oʻsha vaqtlardan buyon oʻsha generallar Kim Chen Inga sodiq", deb yozadi nashr Ko Yen Sukning hikoyasiga asoslangan holda.

Yangiliklar lentasi
0