TOShKENT, 6 mar – Sputnik. O‘zbeklarda "devorning ham qulog‘i bor" gap bor. Bugungi kun holatiga esa ushbu maqolni "smartfonning ham ko‘zi ham qulog‘i bor" deb o‘zgartirish mumkin.
Jamoatchilik orasida turli "aqqlli gadjetlar" o‘z egalari ortidan zimdan kuzatuv olib borishi haqidagi gaplar goh gohida o‘z tasdig‘ini topib qoladi.
Ushbu ma’noda, ikki obyektivli old kamera bilan jihozlangan yangi Samsung smartfonlari, ko‘pchillik foydanauvchilarda ham kulgu ham shubha uyg‘otdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Kompaniya ushbu kamerani selfi suratlar chiroyliroq chiqishi uchun joylashtirgan, albatta.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida ushbu smartfon uchun turli hazilomuz gulqog‘ozlar (oboy) bir zumda ommalashib ketdi. Kimdir bo‘rtib chiqqan ikki obyektivli ushbu kamerani Kim Chen Inning durbiniga o‘xshatsa, boshqalar uni robot ko‘ziga o‘xshatgan.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram
E’tiboringizga ushbu “oboy”larning eng antiqlarini havola etamiz.
Posmotret etu publikatsiyu v Instagram