Kim Chen In "o‘tmishni kovlamasdan" Janub bilan aloqalarni yaxshilashni buyurdi

© REUTERS / KCNAShimoliy Koreya rahbari Kim Chen In
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kim Chen Inning fikricha, ikki mamlakat yarashuvi - bu koreys millatining ichki masalasi, shu bois, Pxenyan va Seul boshqa davlatlarga yordam so‘rab murojaat qilmasligi darkor

TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. KXDR yetakchisi Kim Chen In Janubiy Koreya bilan munosabatlarni yaxshilash uchun shart-sharoitlar yaratilishi zarurligi haqida bayonot qildi, deb xabar bermoqda Koreya markaziy telegraf agentligi.

Ballisticheskie raketi na parade v Pxenyane. Severnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Putin Shimoliy Koreya va AQSh "aytishuvi" haqida: bu spiralni to‘xtatish kerak
"Shimol va Janub o‘tmish bilan bog‘lanib qolishi kerak emas. O‘rtadagi munosabatlarni yaxshilash, Janub va Shimol qo‘shilishi masalasida ilg‘or qadamlarni qo‘yish shart", — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, bu yerda gap Pxenyan va Seul o‘rtasidagi munosabatlar normallashuvi haqidagina emas, balki millat yarashuvi va birikishi haqida ham bormoqda.

Ushbu yo‘nalishda ikkiyoqlama harakatlar orqaligina natijaga erishish mumkin, deb qayd qilingan bayonotda.

Shu bilan birga, Kim Chen Inning fikricha, ikki mamlakat yarashuvi — bu koreys millatining ichki masalasi, shu bois, Pxenyan va Seul boshqa davlatlarga yordam so‘rab murojaat qilmasligi darkor.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, KXDR Janubiy Koreya bilan oliy darajadagi muzokaralarni o‘tkazish uchun delegatsiya tarkibini tasdiqlagan.

Janubiy Koreya sal oldin ushbu uchrashuvga Milliy birlashuv masalalari bo‘yicha vazir Cho Mon Gun boshchiligidagi muzokarachilarni yuborishini ma’lum qilgan edi.

Vid na gorod Seul s gori Namsan - Sputnik O‘zbekiston
Janubiy Koreya KXDRga oliy darajada muzokaralar o‘tkazishni taklif etdi
Bunga javoban Pxenyan ham muzokalarga Vatanni tinch yo‘l bilan birlashtirish qo‘mitasi raisi Li Son Gvon boshchiligida besh kishidan iborat delegatsiyani yuborishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Yangi yil bayrami munosabati bilan qilgan chiqishida KXDR yetakchisi Kim Chen In shimoliy koreyalik sportchilar Janubiy Koreyaning Pxenchxan shahrida o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishi mumkinligi haqida gapirgan edi.

Bu Janubiy Koreya tomonidan olqishlandi. Ikki mamlakat ikkiyoqlama munosabatlar va shimoliy koreyalik sportchilarning Olimpiadada ishtiroki masalasini muhokama qilish uchun 9-yanvar kuni oliy darajadagi muzokaralarni o‘tkazishga kelishib oldi. Muzokaralar ikki mamlakat o‘rtasidagi delimitatsiya qilingan hudud — Pxanmunj zonasida o‘tkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0