Uzoq vaqt xorijda bo‘lib qaytgan o‘zbekistonliklar OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tadi

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishPribitie poyezda Tashkent-Moskva
Pribitie poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
OIV infeksiyasi aniqlangan mehnat migrantlarining 94,1 foiziga kasallik jinsiy yo‘l bilan yuqqanligi aniqlandi. Oqibatda kasallik ularning turmush o‘rtog‘iga va oila-a’zolariga yuqishiga sabab bo‘lmoqda.

TOShKENT, 3-iyul – Sputnik. Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Odamning immunitet tanqisligi virusiga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” hukumat qarori loyihasini tayyorlab, umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Avtomobil slujbi Yandeks-taksi. - Sputnik O‘zbekiston
Taksichi migrant kar bitiruvchi qizni zo‘rlamoqchi bo‘ldi: gumonlanuvchi qidiruvda

Qaror loyihasiga Odamning immunitet tanqisligi virusiga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish qoidalari ilova qilingan.

“tibbiyot muassasasi fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tibbiyot muassasasiga yo‘naltirilgan, uch oydan ortiq muddatda xorijiy davlatlarda bo‘lib qaytgan shaxslarni OIVga ekspress usulida tibbiy tekshiruvdan o‘tishlarini ta’minlasin”, - deyilgan hujjatda.

Loyihada uch oydan ortiq muddatda xorijiy davlatlarda bo‘lib qaytgan shaxslarni OIVga tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish uchun ekspress test-sistemalar va boshqa sarflanuvchi materiallarni xarid qilish uchun Sog‘liqni saqlash vazirligi taqdim etgan hisob-kitoblar asosida har yili yetarlicha mablag‘ ajratilishi haqida Moliya vazirligiga vazifa yozilgan.

Sog‘liqni saqlash vazirligi tushuntish xatida yozilishicha, OIV infeksiyasi epidemiyasining rivojlanishida aholining migratsiya jarayonlari muhim o‘rin egallaydi.

Respublikanskiy sentr po profilaktike i borbe so SPIDom - Sputnik O‘zbekiston
Mehnat migrantlari OIV infeksiyasini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi

Uch oydan ortiq muddatda xorijiy davlatlarda bo‘lgan fuqarolar ko‘p hollarda noodatiy sharoitga tushadilar hamda hulq-atvorga ta’sir etuvchi bir qator omillar natijasida ularga OIV infeksiyasi yuqishi havfi ortadi. Uch oydan ortiq muddatda xorijiy davlatlarda bo‘lib qaytgan shaxslarni OIVga tekshiruv uchun qamrab olishdan maqsad OIV infeksiyasining yuqtirilgandan keyin yashirish davri (tegishli laboratoriya tekshiruvlarida xam aniqlmasdan qolish davri) uch oy bo‘lganligi uchun ushbu muddatda ichida xorijda bo‘lgan shaxslarni majburiy tekshiruv bilan qamrab olish rejalashtirilgan.

“Mehnat migrantlari kasallikni yuqtirib olgandan so‘ng, o‘z yurtiga qaytganida uni oila-a’zolariga yuqtirishi ehtimoli mavjud. O‘z yurtiga deportatsiya qilingan OIV infeksiyasini yuqtirib olgan shaxslar o‘zining OIV bo‘yicha maqomini sir tutadi, bu bilan o‘z turmush o‘rtoqlarini havf ostiga qo‘yadi. Natijada OIV infeksiyali farzandlarning tug‘ilishi va kasallik aholining umumiy qatlamiga o‘tishiga sabab bo‘ladi”, - deyilgan Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida.

Uch oydan ortiq muddatda xorijiy davlatlarda bo‘lgan shaxslar xavfli xulq-atvorni o‘zida sinab ko‘rishga ko‘proq moyil bo‘lgan aholi qatlamiga munsub bo‘lib, ularning jinsiy yo‘l bilan OIV infeksiyasini o‘ziga yuqtirib olish ehtimoli muqim(turg‘un) aholiga nisbatan yuqoriroqdir. Boshqa davlatda bo‘lish davrida orttirilgan xavfli xulq–atvor va yangi odatlar ular o‘z yashash joylariga qaytib kelganlaridan keyin migrantlarni yanada xavfli guruhga aylantirishi mumkin. Mehnat migrantlarining OIV infeksiyasi bo‘yicha bilim saviyasining pastligi esa OIVni yuqtirishiga va infeksiyani doimiy yashash manziliga olib kirishiga imkon yaratadi.

O‘tgan 2018-yilni 11 oyi davomida 422471 nafar shaxs xorijiy davlatlarga chiqib faoliyat yuritganligini aytib OIV infeksiyasiga tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Respublikada mehnat migrantlari orasida OIV bilan kasallanish ko‘rsatkichi yildan-yilga ortib bormoqda. Agar 2018-yilni 11 oyida 571 nafar mehnat migrantida OIV infeksiyasi aniqlangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2017-yilni 11 oyida 525 nafarni tashkil nafarni tashkil etgan bo‘lib kasallanish ko‘rsatkichi  8,0 foizga ortgan.

Dobrovolnoe testirovanie na VICh na trex krupnix rinkax stolisi — Oshskom, Orto-Sayskom i Alamedinskom - Sputnik O‘zbekiston
“Men shokda”: Bishkek bozorlarida 4 soat ichida 5 ta OIV virusini yuqtirganlar aniqlandi

Tahlillarga ko‘ra, OIV infeksiyasi aniqlangan mehnat migrantlarining 94,1 foiziga kasallik jinsiy yo‘l bilan yuqqanligi aniqlandi. Oqibatda kasallik ularning turmush o‘rtog‘iga va oila-a’zolariga yuqishiga sabab bo‘lmoqda.

2017 yilda o‘tkazilgan maxsus epidemiologik tadqiqotlar ko‘rsatdiki, OIV infeksiyasining migrantlar orasida tarqalganlik darajasi Respublikada  1,3% foizni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich Andijon va Urganch shaharlarida 2,3% ni, Buxoro shahrida 1,3%ni, Kitob va Samarqand shaharlarida 1,0% ni tashkil etgan.

Vazirlik ma’lumotida qayd etilishicha, 20,0% migrantlarning migratsiya davrida doimiy jinsiy sherigi bo‘lmagan, 17,0% migrantlar rag‘batlantirish evaziga jinsiy aloqaga kirishgan, 2,8%-migrantlar bir marta bo‘lsa ham giyohvand moddalarni qabul qilgan (giyohvand modda qabul qilganlarning 79,0% –ushbu moddani tomir ichiga qabul qilgan).

Yangiliklar lentasi
0