Taksichi migrant kar bitiruvchi qizni zo‘rlamoqchi bo‘ldi: gumonlanuvchi qidiruvda

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishAvtomobil slujbi "Yandeks-taksi".
Avtomobil slujbi Yandeks-taksi. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bitiruvchilar tantanasidan so‘ng taksichi mashina ichida kar qizga tegajonlik qiladi.

TOShKENT, 26-iyun – Sputnik. Leningrad viloyatida migrant taksichi bitiruvchilar bayramidan (“Alie parusa”) so‘ng kar maktab bitiruvchi qizni zo‘rlamoqchi bo‘ldi. Bu haqda Sputnik Tojikiston "Nevskie novosti" nashriga asosan xabar qildi.

Mer Moskvi S. Sobanin osmotrel xod stroitelstva JK ZILART - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosi baxtsiz hodisa tufayli vafot etdi

Bu holat 23-iyundan 24-iyunga o‘tar kechasi Kudrova shahrida sodir bo‘ldi.

Seshanba, 25-iyun kuni 48 yoshli erkak 17 yoshli qiziga nisbatan zo‘ravonlik harakatlari sodir etilgani haqida ariza bilan politsiyaga murojaat qildi.

Arizada yozilishicha, qiz maxsus maktabni tamomlagani va u bitiruvchilar tantanasidan so‘ng “Yandeks. Taksi”da uyga qaytayotgan bo‘lgan.  

Shaharning Quruvchilar shoh ko‘chasida joylashgan 20/2-sonli uy qarshisida taksi haydovchisi qizga tegajonlik qilishni boshlaydi. Ta’kidlanishicha, qiz uyga qochib ketishga muvaffaq bo‘ldi.

Politsiya xodimlari gumonlanuvchining shaxsini aniqlashdi. Oq rangli Hyundai Solaris mashinasi 24 yoshli Qirg‘iziston fuqarosi boshqaruvida bo‘lgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirgi vaqtda qirg‘izistonlik qidirilmoqda, jinoyi ishni qo‘zg‘atish masalasi hal qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0