Mehnat migrantlari OIV infeksiyasini aniqlash bo‘yicha tibbiy tekshiruvdan o‘tkaziladi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishRespublikanskiy sentr po profilaktike i borbe so SPIDom
Respublikanskiy sentr po profilaktike i borbe so SPIDom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yil 1-oktabr holatiga respublikada 32,5 mingdan ortiq OIV infeksiyali bemorlar ro‘yxatga olingan

TOShKENT, 26 yanv — Sputnik. Xavfli guruhlar orasida olib borilayotgan OIV infeksiya profilaktik tadbirlar, shu jumladan 2018-yilda mehnat migrantlar orasida ham joriy etiladi. Ushbu masalada kuni kecha prezident qarori mahalliy OAVlarda e’lon qilindi.

Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda tez yordam haydovchilariga qo‘shimcha ustama haq to‘lanadi

"Bir oy muddatda OIV infeksiyasi yuqish xavfi yuqori bo‘lgan guruhlar, xususan, mehnat migrantlari va ularning oila a’zolari, shuningdek, maishiy xizmat ko‘rsatish muassasalari xodimlari orasida OIV infeksiyasining profilaktikasi bo‘yicha tushuntirish-targ‘ibot ishlarini hamkorlikda amalga oshirish shartligini nazarda tutuvchi tartibni ishlab chiqsin va tasdiqlasin", — deyilgan prezident qarorida.

Prezident OIV infeksiyasi va qo‘shimcha kasalliklarga tashxis qo‘yish va ularni davolash uchun zarur bo‘lgan diagnostikumlar va test-sistemalarni mahalliy sharoitda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar kirish haqida topshiriqlar berdi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2015-yil 1-oktabr holatiga respublikada 32,5 mingdan ortiq OIV infeksiyali bemorlar ro‘yxatga olingan.

Yangiliklar lentasi
0