TOShKENT, 24-may – Sputnik. Bishkek bozorlarida 4 soat ichida 5 ta OIV virusini yuqtirgan fuqarolar aniqlandi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.
24 may kuni Qirg‘iziston poytaxtining uchta yirik – O‘sh, O‘rta-Say va Alamedin bozorlarida OIVga ixtiyoriy test tekshiruv o‘tkazilmoqda. Bu respublika OITS markazi tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda.
“Test ishonchligi – 99,5 foiz. Soat 11-00 da ko‘ngillilar suxbatdan o‘tish haqida tushuntirish ishlariga ketishdi. 4 soat ichida 300 yaqin kishi testdan o‘tdi. O‘rta-Say va Alamedin bozorlarida 2 nafardan, O‘sh bozorida – 1 nafar fuqaro OIV virusini yuqtirgani haqida xabarlar keldi”, - deb ta’kidladi Sog‘liqni saqlash vazirligi vakili Aubar Sultangaziyev.
Ikki nafar fuqaro suhbatdan o‘tib, shahar OITS markaziga yo‘l oldi.
“Men shok holatidaman. Agar 300 ni 5 ga bo‘lsa, ikki foizdan kam chiqadi. Agar aholining ikki foizida OIV bo‘lsa, to‘laqonli epidemiya, deyarli pandemiya desa ham bo‘ladi”, - deb ta’kidladi ekspert.
Sultangaziyevning so‘zlariga ko‘ra, “OITS” markazi test natijalari qayta tekshirib chiqadi. Agar ular tasdiqlansa, hukumat sog‘liqni saqlash sohasida ko‘plab dasturlarni qayta ko‘rib chiqishi kerak bo‘ladi.