Eksportni oshirish uchun aqlli import qilish kerak - ekspert

© Sputnik / Mediabankka o‘tishSaxarniy pesok
Saxarniy pesok - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston import va eksportni boshqarishda SSSRda qo‘llanilgan "Orjonikidze ro‘yxatini" tuzib olishi kerak - Sputnik kolumnisti Dmitriy Verxoturov.

Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis senatining 20 majlisida shunday gap aytgan edi: “Import – bu xorijiy mamlakat ishchilariga maosh to‘lash” degani. Shunday yo‘l bilan prezident O‘zbekiston import siyosatini qayta ko‘rib chiqish vaqti kelganini aytgan edi.   

Menga ushbu iboraning aniq mazmuni juda ma’qul keldi. U har qanday importning iqtisodiy mohiyatini aks ettiradi. Mirziyoyev ushbu iborani qo‘llashidan, uning iqtisodni chuqur tushunishini anglashimiz mumkin. O‘zbekistonda aholi soni va ishsizlik darajasini hisobga olganda - ushbu masala qanchalik dolzarb ekanini tushunsa bo‘ladi. 

Import – bu juda ko‘p qirrali jiddiy masala

O‘zbekistonda import muammosi bor va juda jiddiy. So‘nggi 2-yil davomida O‘zbekiston importi ildam qadamlar bilan oshib bormoqda. 2018-yil yakunida O‘zbekiston importi miqdori  $ 19,5 milliard dollarni, eksporti miqdori esa  $ 14,25 milliardni tashkil qilgan edi.

Pogruzka tovara v avtomobil na produktovoy baze - Sputnik O‘zbekiston
Import tovarlarni nazorat qilishga doir yangi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi

Ko‘rinib turibdiki, import hajmi eksportga qaraganda 5,5 milliard dollarga ko‘p. Xo‘sh, ushbu farq qayerdan nimaning evaziga qoplanmoqda? Birinchidan, bu migrantlar yuborayotgan valyuta evaziga bo‘lsa (4,8 mlrd $), ikkinchidan – tashqi qarz oshishi hisobidan. Ayni damda O‘zbekiston tashqi qarzi  $ 19,5  mlrdga yaqinlashib qolgan.

Ushbu faktlarni hisobga olgan holda, O‘zbekiston import-eksportning aniq va ravshan siyosatini ishlab chiqish vaqti kelganini anglash mumkin.  

Lekin import siyosati juda nozik ishdir. Chunki u respublika hayotining bir necha jabhalarini qamrab oladi. Bu sohada ehtiyotkor bo‘lish kerak.  

Masalan, O‘zbekistonga juda kerak bo‘lgan mahsulotlar: ishlab chiqarish uskunalari, po‘lat prokati, elektronika mahsulotlari importini cheklash mumkin emas, chunki unda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar oqsab qoladi. 2018-yilda O‘zbekistonga olib kelingan sanoat uskunalari narxi 7,2 mlrd dollarni, eksportning 42 %ini tashkil qildi. Undan tashqari O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan mahsulotlar bor, masalan - yog‘och.

Shuningdek, importning siyosiy tomonlarini ham hisobga olish kerak. O‘zbekiston tashqi savdosining 70% YeOII davlatlariga to‘g‘ri keladi. Ular orasida birinchi navbatda Rossiya va Qozog‘iston. Hamkorlar bilan ham munosabatlarni buzish yaxshi natijalarga olibk kelmaydi.

O‘zimiz shakar ishlab chiqaramiz

Shakar bu oddiy mahsulot bo‘lib ko‘rinsada importga uning ta’siri katta. O‘zbekistonda juda ko‘p meva cheva yetishtiriladi. Ularni ho‘lligicha eksport qilish mushkul. Shuning uchun ularni konserva shaklida eksport qilish O‘zbekiston uchun qulay va daromadli bo‘lar edi. Lekin buning uchun juda ko‘p shakar kerak.

Saxarniy pesok - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonga olib kiriladigan shakar import boji va aksiz solig‘idan ozod qilindi

O‘zbekistonda esa shakar zavodlari qurilgan bo‘lsada, shakar ishlab chiqarish uchun tabiiy resurslar yo‘q. Xususan, shakar qamish va qand lavlagi o‘smaydi. Undan tashqari shakar sanoati ulkan miqdorda suv talab qiladi. O‘zbekistonga esa yiliga 800 ming tonna shakar kerak bo‘ladi. Ustiga ustak shakar miqdori iste’moli yildan yilga oshib bormoqda.

O‘z shakarini yetishtirish uchun O‘zbekiston shakar sorgosi o‘simligidan foydalanishi mumkin. Lekin bu yangi o‘simlik bo‘lgani uchun uni yetishtirishni yo‘lga qo‘yish uchun bir necha yillar kerak bo‘lishi mumkin.

Undan tashqari umuman O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish masalasi mutaxasisslar tomonidan yaxshilab hisoblab, ko‘rib ishlab chiqilishi kerak. Chunki faqatgina ushbu bir mahsulotni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish O‘zbekiston iqtisodi tarkibini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin.

Importni boshqarish bo‘yicha SSSR tajribasi

Importni cheklash muammosi bilan ko‘plab mamlakatlar duch kelgan. Masalan, SSSR davrida ham har bir import qilinayotgan mahsulotni mamlakat ichida ishlab chiqarish masalasi qayta-qayta o‘rganib chiqilgan.  

Transportno-logisticheskiy kompleks  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda o‘tgan to‘rt oy mobaynida eksport ham, import ham oshgan

Aytishlaricha, SSSR og‘ir sanoati komissari Sergo Orjonikidze qo‘lida import qilinadigan mahsulotlarning maxsus ro‘yxati bo‘lgan. Har bir mahsulotning yonida esa – ushbu mahsulotning mamlakat ichida ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan hajmi yozilgan. Biror mahsulot mamlakat ichida ishlab chiqarish boshlanganidan so‘ng uni import qilish ta’qiqlangan. Menimcha, O‘zbekiston import siyosati ham qandaydir ma’noda Orjonikidze uslubini qo‘llasa bo‘ladi.

Qaysi mahsulot importini saqlab qolish, qaysi birini to‘liq ichki mahsulot bilan almashtirish va qanday mahsulot importini cheklash – bu murakkab hisob-kitob va savdo diplomatiyasi yo‘lidir.

Lekin bunday ro‘yxatni tuzish, respublika bo‘yicha mahsulot hajmini aniqlash va ayniqsa uning O‘zbekistonda ishlab chiqarilishi kerak bo‘lgan ulushini belgilan – bu jiddiy intellektual kuch talab qiladigan masaladir.

Yangiliklar lentasi
0