Import tovarlarni nazorat qilishga doir yangi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi

© Sputnik / Ramil Sitdikov / Mediabankka o‘tishPogruzka tovara v avtomobil na produktovoy baze
Pogruzka tovara v avtomobil na produktovoy baze - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi qaror bilan O‘zbekistonga tovarlarni import qiluvchi barcha yuridik shaxslar hisob varaq - fakturalarni to‘liq elektron shaklda yuritishga o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.

TOShKENT, 25 fev – Sputnik. “Import qilinadigan tovarlarni nazorat qilish hamda soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha huquqbuzarliklarni oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.

Kupuri nomiralom patdesat tisach sum - Sputnik O‘zbekiston
Ish haqi, pensiya miqdorini aniqlash tartibiga doir prezident farmoni loyihasi tayyorlandi

Qaror loyihasiga ko‘ra, Bosh prokuratura, Davlat soliq va bojxona qo‘mitalarining import operatsiyalari bo‘yicha soliq va bojxona sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilinishini monitoring qilish yuzasidan doimiy faoliyat yurituvchi Idoralararo ishchi guruhi tashkil etish bo‘yicha takliflarini maqullash nazarda tutilgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasiga tovarlarni import qiluvchi barcha yuridik shaxslar hisob varaq - fakturalarni to‘liq elektron shaklda yuritishga o‘tkazish ko‘zda tutilmoqda.

Qaror loyihasiga “Import qilinadigan tovarlarni nazorat qilish hamda soliq va bojxona to‘lovlari bo‘yicha huquqbuzarliklarni oldini olish mexanizmi to‘g‘risida nizom” ilova qilingan.

“Davlat bojxona qo‘mitasi, tovarlar importi to‘g‘risida va bojxona hujjatlari rasmiylashtirilgandan so‘ng uch kun muddatda quyidagi holatlarda soddalashtirilgan tartibda olib kirilgan tovarlar importi to‘g‘risida idoralararo axborot almashinuvi vositasi orqali Davlat soliq qo‘mitasiga va “O‘zstandart” agentligiga ma’lumot taqdim etadi:

Xalqaro laboratoriyalarni akkreditatsiya qilish tashkiloti (ILAC) va Xalqaro akkreditatsiya qilish forumi (IAF) to‘laqonli a’zolari hisoblangan davlatlarning sertifikatlashtirish organlari tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatlari yoki sinov bayonnomalari taqdim etilganda ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ko‘p miqdorda bo‘lmagan tadbirkorlik subyektlari (erkin iqtisodiy zonalar ishtirokchilari bundan mustasno) o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiradigan O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan ixtisoslashgan va qishloq xo‘jaligi texnikasi, texnologik uskunalar va ularning butlovchi va ehtiyot qismlari, shuningdek, majburiy sertifikatlanishi lozim bo‘lgan mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladigan nooziq-ovqat xomashyo, materiallar va buyumlar majburiy sertifikatlashtirishdan ozod qilinganda;

tadbirkorlik subyektlari tomonidan o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun olib kiriladigan o‘lchash vositalariga muvofiqlik sertifikatini taqdim etmagan holda uni bojxona hujjatlari rasmiylashtirilgan kundan boshlab ikki oy davomida o‘rnatilgan tartibda olish sharti bilan bojxona hujjatlarini rasmiylashtirishga yo‘l qo‘yilganda”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Yangiliklar lentasi
0