O‘zbekistonda o‘tgan to‘rt oy mobaynida eksport ham, import ham oshgan

© Sputnik / Stanislav Savin / Mediabankka o‘tishTransportno-logisticheskiy kompleks
Transportno-logisticheskiy kompleks  - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017-yilning 5 oyiga solishtirilganda, eksport hajmi qariyb 21 foizga o‘sishi kutilmoqda.

TOShKENT, 30-may — Sputnik. 29-may kuni O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida eksport-import, mahalliy budjetga qo‘shimcha tushumlarni ta’minlash, qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq dolzarb masalalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, respublikada eksport hajmi oshmoqda. Joriy yilning 25-mayiga qadar 4 milliard 576 million dollar hajmida eksport amalga oshirilgan. Shu oyning oxirigacha belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari bajariladi. 2017-yilning 5 oyiga solishtirilganda, eksport hajmi qariyb 21 foizga o‘sishi kutilmoqda.

"Birinchi yarim yillikda 5 milliard 886 million dollarlik eksport amalga oshirilib, prognoz ko‘rsatkichlari 100,9 foizga bajarilishi va 2017-yilning birinchi yarim yilligiga nisbatan 25 foiz o‘sishga erishish mo‘ljallanmoqda", - deyiladi xabarda.

Saxarniy zavod  - Sputnik O‘zbekiston
Ukraina aprelda xorijga eksport qilgan shakarning yarmidan ko‘pini O‘zbekiston oldi

Shu bilan birga, selektor yig‘ilishida importni optimallashtirish ishlari mutlaqo qoniqarsiz ahvolda ekani qayd etildi. Joriy yilning 4 oyi mobaynida respublika bo‘yicha tovarlar importi 4 milliard 858 million dollarni tashkil etib, 2017-yilning shu davriga nisbatan 1 milliard 111 million dollarga yoki 30 foizga oshgan. Bunday holatga import tarkibini o‘rganish va importni optimallashtirish bo‘yicha ishlar yetarli darajada tashkil etilmagani, yanvar-aprel oylarida komplekslar tarkibiga kiradigan korxonalar tomonidan mamlakatda ishlab chiqarish o‘zlashtirilgan tovarlarni xarid qilish o‘rniga, chetdan shu turdagi 89 million dollarlik mahsulot import qilingani sabab bo‘lgan.

Ana shunday kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va oldini olish yuzasidan mas’ul shaxslarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda Oliy Majlis palatalari rahbarlari, bosh vazir va uning o‘rinbosarlari, tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari, videoselektor orqali Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari ishtirok etdi.

Yangiliklar lentasi
0