TOShKENT, 14 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Unga asosan respublikaga olib kiriladigan shakar bojxona to‘lovlaridan ozod etildi.
"15 sentabrdan boshlab shakarqamish yoki qandlavlagi shakari va qattiq holatdagi kimoviy jihatdan toza saxaroza uchun import bojxona bojining nol darajasi belgilansin", — deyilgan prezident qarorida.
O‘zbekiston prezidenti Davlat bojxona qo‘mitasiga import qilinayotgan ijtimoiy ahamiyatga molik tovarlarni o‘z vaqtida va to‘siqsiz bojxona rasmiylashtiruvini ta’minlash vazifasini topshirdi.
Bugungi kunda O‘zbekistonga shakarni eng ko‘p yetkazib beruvchi mamlakat Rossiyadir. O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, uning xom ashyosi Braziliyadan valyutaga sotib olinadi. Shuning uchun shakarning narxi sezilarli qimmat bo‘lmoqda.