Yarim koinotni birlashtirgan sakkiztalik: davlatlar nega ShHTga intiladi?

© Press-slujba Prezidenta RF / Mediabankka o‘tishGlavi gosudarstv - chlenov ShOS
Glavi gosudarstv - chlenov ShOS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahriga ShHTga a’zo mamlakatlar hamda kuzatuvchi maqomidagi davlatlar yetakchilari kelishmoqda. Delegatsiya harakatlanishi tufayli shu kunlarda Bishkekda yo‘llarda harakatlar cheklanadi.

TOShKENT, 13-iyun - Sputnik. Bishkekda Shanhay hamkorlik tashkiloti sammitiga start berildi. Oliy darajadagi mehmonlar allaqachon kelishni boshlashgan. Xususan, 13-iyun kuni Bishkekka kelgan birinchi oliy martabali mehmon - Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani bo‘ldi, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston.

Sergey Luzanin rasskazal, chto ojidat ot sammita ShOS - Sputnik O‘zbekiston
ShHT sammitida qanday masalalar ko‘riladi - ekspert

Shanxay hamkorlik tashkiloti 2001-yilda Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston tomonidan tashkil topgan. Oradan o‘n besh yil o‘tib unga Hindiston va Pokiston ham qo‘shildi. Afg‘oniston, Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston esa kuzatuvchi-davlatlar maqomiga ega.

Bugun sizlarga "ShHT oilasi" haqida to‘liq ma’lumot beramiz.

"ShHT oilasi" nima degani?

ShHTga a’zo mamlakatlar rahbarlari kengashi majlisi Bishkekda 13-14 iyun kunlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin ishtirokida bo‘lib o‘tmoqda, deb yozadi RIA Novosti.

BMTning sobiq rahbari Pan Gi Mun ShHTni yevroosiyo mintaqasidagi yetakchi tashkilot deb hisoblaydi. U integrallashuv, harbiy yoki o‘ta iqtisodlashgan ittifoq ham emas. YeI, misol uchun, ShHTni prezidentlar klubi, deya ataydi. Aslida esa bu juda jiddiy xalqaro tashkilot bo‘lib, xalqaro xavfsizlikning muhim omili hisoblanadi.

Prezident RF V. Putin na sammite ShOS v Kitae - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev ShHT va OHIChK sammitlarida ishtirok etadi

ShHT sakkizligidan - Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston va Hindiston hamda Pokiston o‘rin olgan. Ozarbayjon, Armaniston, Turkiya, Kambodja, Nepal, Shri-Lanka muloqot bo‘yicha sheriklar maqomida. Isroil, Suriya, Saudiya Arabistoni davlatlari ham o‘z arizalarini yo‘llaganlar. Mana shu 18 davlatning barchasi turli maqomda "ShHT oilasi"ni hosil qiladi.

Shunisi e’tiborliki, "oilada" shunday davlatlar ham borki, ularni bir-biriga nisbatan do‘stona munosabatda deya atash qiyin: Ozarbayjon va Armaniston, Hindiston va Pokiston shular jumlasidan. ShHTning rasmiy tillari — rus va xitoy tillaridir, ammo zarurat tug‘iladigan bo‘lsa, ingliz tilida ham muloqot qilinadi.

Sindaodagi sammit nega tarixiy deb ataladi?

O‘tgan yili Sindao (Xitoy)dagi sammitda dunyoning eng obro‘li ikki davlati - Hindiston va Pokiston - ShHTga qo‘shilish jarayonini yakunladi. Mana shundan so‘ng tashkilot dunyoning teng yarim aholisini qamrab oldi. ShHT davlatlari - bu Yevroosiyo davlatlarining kattagina qismini tashkil etadi.

Neboskrebi v gorode Sindao, Kitayskaya Narodnaya Respublika - Sputnik O‘zbekiston
ShHT sammiti: port-shahar Sindaoda nimalar bo‘lishi kutilmoqda?

ShHT uchun an’anaviy bo‘lgan mavzular - xavfsizlik va iqtisod sohasida hamkorlik, terrorizm va narkotik savdosiga qarshi kurashdir. Ammo XXR raisi Si Szinpin sammitda AQSh bilan bo‘layotgan savdoga oid kelishmovchiliklarni hamda terrorizmga qarshi kurash masalasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

"ShHTning tashkil topishi uchinchi davlatlarga qarshi qaratilmagan, ammo bunday darajadagi uchrashuvlarda mintaqaviy va xalqaro kun tartibida bo‘lgan eng muhim masalalarga muayan e’tibor qaratiladi", - deya eslatishadi Pekinda.

Sammit yakuniga ko‘ra, davlat rahbarlari deklaratsiya, qo‘shma kommunike hamda hamkorlik haqidagi bir nechta bitimlarni imzolaydilar.

Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi mojaro barham topganmidi?

Fevral oyida bo‘lib o‘tgan eskalatsiyadan so‘ng ShHT majlisi doirasida Hindiston va Pokiston yetakchilari ilk marotaba bitta stol atrofida yig‘iladi. Yigirma yettinchi fevral kuni Hindiston HHK Pokiston tomonidan nazorat qilinadigan Kashmir hududi bo‘ylab aviazarbalarni amalga oshirgan edilar. Marra sifatida "terrorchilarning yirik lageri" e’lon qilingan edi. Bunga javoban Pokiston Kashmirning Hindiston nazorat qiladigan qismiga aviahujumni amalga oshirdi.

Mesto krusheniya indiyskogo samoleta v Kashmire. 27-fevralya 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Pokiston Hindistonning ikkita harbiy samolyotini urib tushirdi

Moskvada aytishlaricha, ushbu mojaro ShHT ishiga unchalik ta’sir qilmagan, sababi, ikkiyoqlama kelishmovchiliklar hech qachon umumiy maydonga olib chiqilmaydi. Bu qat’iy prinsipial yondashuv. Bundan tashqari, Hindiston va Pokiston hatto ularning chuqur kelishmovchiligini hisobga olgan holatda ham, ShHTda terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilib kelmoqda, shu jumladan bu hamkorlik Mintaqaviy aksilterror tuzilmalar doirasida ham davom ettirilmoqda.

Hozircha, shu ma’lumki, Pokiston Hindiston Bosh vaziri Narendra Modining Bishkekdagi sammitga uchishi uchun o‘z osmonini ochib beradi. Taxminlarga ko‘ra, Pokistonning ushbu ijobiy harakatiga Hindiston ham pozitiv javob qaytaradi.

Aytgancha, Bishkekdagi sammitdan so‘ng Vladimir Putin va Si Szinpin Tojikiston poytaxti Dushanbega yo‘l oladilar, u yerda 14-15 iyun kunlari Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha davlat rahbarlarining beshinchi sammiti o‘tkaziladi.

Osiyoda tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan ushbu xalqaro forum 27 davlatni birlashtiradi, u Osiyo aholisining deyarli 90 %ini qamrab olgan. Yana sakkizta davlat va beshta xalqaro tashkilot, xususan, BMT ham kuzatuvchi maqomiga ega.

Ishtirokchilar bir narsani ta’kidlaydilar: Osiyo muammolari mintaqa davlatlari tomonidan, tashqi aralashuvsiz bartaraf etilishi lozim.

Prezidentlar uchun o‘tovlar

Mo‘g‘uliston va Hindiston yetakchilaridan tashqari barcha mehmonlar birinchi raqamli "Ala-Archa" davlat qarorgohida joylashadilar. Sammitning asosiy tadbirlari shu yerda o‘tkaziladi. Mo‘g‘uliston prezidenti shahardan tashqarida joylashishni ma’qul ko‘rdi. Xavfsizlik nuqtayi-nazaridan aniq joy nomi ochiqlanmayapti. "Ala-Archa" jami 15 nafargacha prezidentlarni qabul qilishga qodir. Qirg‘iziston prezidenti ish boshqaruvchisining so‘zlariga ko‘ra, qarorgohdagi uylarning barchasi bir xil, shu bois aniq bir uyni band qilish borasida maslahatlardan foyda yo‘q.

Neboskrebi v gorode Sindao, Kitayskaya Narodnaya Respublika - Sputnik O‘zbekiston
ShHT sammiti: port-shahar Sindaoda nimalar bo‘lishi kutilmoqda?

Sammit ishtirokchilarini an’anaga ko‘ra milliy taomlar - beshbarmoq, qazi-qarta, boorsok va chak-chaklar mehmon qilish rejalashtirilgan. Nonushta har bir mehmonning ta’biga ko‘ra, qarorgohning o‘zida tayyorlanadi. Ammo davlat rahbarlarining aksariyati shaxsiy oshpazi va sanitar vrachlari bilan kelishmoqda. Ular o‘zlari bilan oziq-ovqat mahsulotlarini ham olib kelishadi. Hindiston Bosh vaziri vegetarian bo‘lgani uchun unga alohida menyu taklif etiladi.

Sammit boshlanishiga sanoqli kunlar qolganida, qarorgohda o‘tov o‘rnatildi. Mehmonlar o‘z xohishlariga ko‘ra, u yerda tushlik qilishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0