Shavkat Mirziyoyev ShHT va OHIChK sammitlarida ishtirok etadi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin na sammite ShOS v Kitae
Prezident RF V. Putin na sammite ShOS v Kitae - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish

TOShKENT, 11-iyun – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13-14 iyun kunlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Shanxay hamkorligi tashkiloti hamda 15-iyun kuni Dushanbeda bo‘lib o‘tadigan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning sammitlarida ishtirok etadi, deb xabar qilmoqda przeident matbuot xizmati.

Flagi stran-uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston
ShHTning navbatdagi sammitida xavfsizlik va rivojlanish – asosiy mavzu bo‘ladi

Bishkekda ShHT davlatlari rahbarlari kengashida tashkilot doirasidagi siyosat, iqtisodiyot, xavfsizlik, ko‘p qirrali sheriklikni, hududlararo aloqalarni, raqamlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ekologiya, turizm, sport sohalarida hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalarini muhokama qilishadi. Sammit yakunida Bishkek deklaratsiyasi qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning beshinchi sammiti "Xavfsiz va yanada ravnaq topgan mintaqa sari yagona nazar bilan" mavzusi ostida o‘tadi. Uning ishida kengashga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlardan, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlardan 30 dan ziyod delegatsiya ishtirok etishi kutilmoqda.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev Bishkek va Dushanbeda xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazishni ham rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, Bishkekdagi ShHT sammitida Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Armaniston, Tojikiston, O‘zbekiston, Pokiston va Hindiston rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. 

Yangiliklar lentasi
0