ShHT sammitida qanday masalalar ko‘riladi - ekspert

© Sputnik / Yekaterina Chesnokova / Mediabankka o‘tishSergey Luzanin rasskazal, chto ojidat ot sammita ShOS
Sergey Luzanin rasskazal, chto ojidat ot sammita ShOS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
RFA Uzoq Sharq instituti rahbari Sergey Luzanin bo‘lajak ShHT sammiti haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

13-14 iyun kunlari Bishkekda Shanhay hamkorlik tashkiloti sammiti bo‘lib o‘tadi.

RFA Uzoq Sharq instituti rahbari Sergey Luzaninga ko‘ra, ShHT kun tartibidan o‘rin olgan iqtisodiy masalalarga AQSh va Xitoy o‘rtasida avj olgan savdo urushi o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmagan. Bo‘lajan ShHT sammiti kun tartibidan yigirmaga yaqin masalalar o‘rin olgan. Kutilishicha, tomonlar ShHT Bankini tashkil etish hamda zamonaviy tahdid va chaqiriqlarga qarshi birgalikda kurash olib borish masalalarini muhokama qiladilar.

Prezident RF V. Putin na sammite ShOS v Kitae - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev ShHT va OHIChK sammitlarida ishtirok etadi

ShHT tarkibiga kiruvchi davlatlar - bu Rossiya, Hindiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Xitoy, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston.

"Albatta, XXR raisi Si Szinpin forum doirasida qator ikkiyoqlama uchrashuvlarni o‘tkazishni rejalashtirayotgani bejiz emas. Iqtisodiy masalalar kun tartibiga ortda qolayotgan bo‘g‘inlarni chuqurlashtirish zarurati yuzasidan bo‘lgan masalalar, xususan, banklararo hamkorlik va investitsiyaviy hamkorlik yo‘nalishidagi masalalar ham ta’sir ko‘rsatadi. Bu sohada ko‘plab foydalanilmagan resurslar mavjud", - deydi Luzanin.

Ekspertga ko‘ra, bugun xavfsizlik sohasida ham yangi chaqiriqlar turibdi.

"Bu eng avvalo Afg‘oniston hududida ID jangarilari mavjudligi. Tashkilotga a’zo barcha davlatlar buni yaxshi tushunadi. Rossiya uchun esa joriy sammit Bishkek raisligida o‘tkazilayotgani ham juda muhim. Qirg‘iziston Markaziy Osiyoda muhim o‘yinchilardan biri bo‘lib, bugungi kunda uning infratuzilma, logistika, investitsiya sohalarida hamkorlik qilishga ehtiyoji borligi bizga ma’lum. Shu jumladan, temir yo‘l qurilishi ham sammit xo‘jayinlariga qiziq va ko‘pdan beri muhokama qilib kelinadi", - dedi ekspert.

Luzanin ShHT sammiti juda sermahsul, shu bilan birga murakkab bo‘lishini aytadi.

"Har holda kengaytirilgan tarkib - sakkizta davlat ishtiroki va qolaversa, kuzatuvchi davlatlar rahbarlari bilan jami o‘n bir yetakchi ishtiroki ShHT sammiti haqiqatan ham juda muhim siyosiy va iqtisodiy voqelik bo‘lishini anglatadi", - deb ta’kidlaydi ekspert.

Yangiliklar lentasi
0