Pokiston Hindistonning ikkita harbiy samolyotini urib tushirdi

© AP Photo / Mukhtar Khan Mesto krusheniya indiyskogo samoleta v Kashmire. 27-fevralya 2019
Mesto krusheniya indiyskogo samoleta v Kashmire. 27-fevralya 2019 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Samolyotlardan biri Ozod Kashmir hududiga, boshqasi esa nazorat chizig‘iga quladi.

TOShKENT, 27 fev – Sputnik. Pokiston armiyasi chorshanba kuni ertalab mamlakatning bahsli mintaqasi Kashmirda Hindistonning ikkita harbiy samolyotini urib tushirdi, deya xabar qildi RIA Novosti.

“Samolyotlardan biri Ozod Kashmir hududiga, boshqasi esa nazorat chizig‘iga quladi”, - deb yozdi o‘zining Twitter sahifasida Pokiston qurolli kuchlari matbuot kotibi general-mayor Asif G‘ofur.

Urib tushirilgan samolyotlar uchuvchilardan biri hibsga olingan.

Pokiston TIV Islomobod o‘z-o‘zini mudofaa qilishga qodirligini namoyish etganini ma’lum qildi.

​Nyu-Dehli va Islomobod munosabatlari keskinlashgan. Tomonlar o‘rtasida siyosiy, tarixiy va hududiy, xususan, Kashmir viloyatining maqomi yuzasidan kelishmovchiliklar mavjud.

Kashmir – bahsli hudud. U yerda mustaqillikka erishish yoki Pokistonga qo‘shilish tarafdori bo‘lganlar faol harakat qilishmoqda.

Nyu-Dehli Pokiston hukumatini qurolli tarafdorlarni qo‘llab-quvvatlashda ayblamoqda, Islomobod esa aybdovni rad etmoqda.

​Mamlakatlar o‘rtasidagi nizo 14-fevraldan so‘ng yanada keskinlashdi. Xudkush terrorchi Hindiston harbiy politsiyasi kolonnasi yonida o‘zini portlatib yubordi. Oqibatda 45 kishi halok bo‘ldi. “Jaysh-a-Muhammad” islom guruhi ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmisiga oldi. 26-fevral kuni Hindiston harbiy-havo kuchlari Kashmirning Pokiston qismidagi “Jaysh-a-Muhammad” guruhining yirik mashg‘ulot lageriga zarbalar berdi. Havo hujumi oqibatida ko‘plab jangarilar, ularga tegishli transport, qurol va o‘q-dori yo‘q qilingan. Hindiston tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Vijay Gokhale bu zarba mutlaqo zarur bo‘lgani, chunki guruh Hindistonning turli hududlariga xudkushlar ishtirokida hujumlar tayyorlayotganini ma’lum qildi.

Yangiliklar lentasi
0