Dorilarni tayyorlash va sotish tartibini nazorat qilishga doir hujjat loyihasi tayyorlandi

© Sputnik / Igor ZaremboJenshina pokupayet lekarstva v apteke
Jenshina pokupayet lekarstva v apteke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, ulgurji va chakana realizatsiyasini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

TOShKENT, 5-iyun – Sputnik. “Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, ulgurji va chakana realizatsiyasini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” hukumat qarori loyihasi tayyorlandi.

Tabletki - Sputnik O‘zbekiston
Namangan viloyatida kontrafakt dorilar aniqlandi

Hujjat loyihasiga Farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, ulgurji va chakana realizatsiyasini nazorat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilova qilingan.

Nazorat qonun hujjatlari bilan ushbu vakolatlar yuklatilgan  nazorat qiluvchi organlar va ularning hududiy bo‘linmalari tomonidan, tadbirkorlik subyektlarining farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash, ulgurji va chakana realizatsiya qilishga qo‘yilgan talablarga rioya etishlarini,ushbu nizom hamda boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

Tekshiruv nazorat qiluvchi organlar tomonidan quyidagi asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi:

Vitrina s lekarstvennimi preparatami - Sputnik O‘zbekiston
Amerika kompaniyasi "Dori-Darmon" aptekalar tarmog‘ini boshqarish huquqidan mahrum etildi

- jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi murojaatlari;

- xavfni tahlil etish tizimi natijalari, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan ma’lumotlar. Bunda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarining anonim emasligi hamda tekshiruv o‘tkazilishi rejalashtirilayotgan tadbirkorlik subyektning amalda faoliyat ko‘rsatayotganligi nazorat qiluvchi organ tomonidan dastlab o‘rganib chiqilishi lozim;

- qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni, muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan farmatsevtika maxsulotlarini ishlab chiqarilayotganligi, tayyorlanayotganligi, saqlanayotganligi va realizatsiya qilinayotganligi haqidagi aniq asoslangan ma’lumotlar.

Farmatsevticheskaya fabrika  - Sputnik O‘zbekiston
Samarqandda bepushtlikni davolash uchun mo‘ljallangan qalbaki dori aniqlandi

“qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni, muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan farmatsevtika maxsulotlarini ishlab chiqarish, tayyorlash, saqlash va realizatsiya qilishni oldini olish maqsadida, shunday mahsulotlar ishlab chiqarilayotganligi, tayyorlanayotganligi, saqlanayotganligi va realizatsiya qilinayotganligi haqidagi aniq asoslangan ma’lumotlar asosidagi tekshiruvlar qonun xujjatlarida belgilangan tartibda  vakolatli organni xabardor etish tartibida amalga oshiriladi”, - deyilgan hujjat loyihasida.

Nazorat qiluvchi organ tekshiruvni o‘tkazish kelishilgan kundan boshlab uch ish kuni ichida tekshiruv o‘tkazish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.

Buyruqda tekshiruv o‘tkazish uchun asos bo‘lgan hujjat nomi, raqami va sanasi, nazorat qiluvchi organning tekshiruvda ishtirok etadigan mas’ul xodimlari tarkibi, tekshiriladigan tadbirkorlik subyektining nomi (filiali yoki shoxobchasi), soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, manzili, tekshiruv maqsadi, muddati va tekshiriladigan faoliyat davri ko‘rsatiladi hamda tekshiruv dasturi ilova qilinadi.

Medikamenti i preparati dlya zdorovya v meditsinskom punkte - Sputnik O‘zbekiston
Onkologik kasalliklarni davolash uchun dori vositalarini ishlab chiqish tashkil etiladi

Tekshiruv dasturi jismoniy va yuridik shaxslarning qonun hujjatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risidagi murojaatlarida ko‘rsatilgan holatlar, “xavfni taxlil etish” tizimi orqali aniqlangan qonunbuzilishlar, shu jumladan ommaviy axborot vositalaridan yoki boshqa tashqi manbalardan (ijtimoiy tarmoqlar, veb-saytlar) olingan ma’lumotlar yoki qalbakilashtirilgan, dori vositalari va tibbiy buyumlar, muvofiqlik sertifikatiga ega bo‘lmagan, O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan farmatsevtika maxsulotlarini ishlab chiqarilayotganligi, tayyorlanayotganligi, saqlanayotganligi va realizatsiya qilinayotganligi haqidagi aniq asoslangan ma’lumotlar doirasida tuzilishi va nazorat qiluvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlanishi shart.

Yangiliklar lentasi
0