TOShKENT, 31-may – Sputnik. Bosh prokuratura matbuot xizmati Namangan viloyatida umumiy qiymati 237,8 million so‘mlik qalbaki “REGAPEN” nomli dori vositalari aniqlangani haqida xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Pop tumani bo‘limi tomonidan DXX va tuman IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Namangan-Sherobod” YPX nazorat maskanida fuqaro A.I.ning boshqaruvida bo‘lgan “Kobalt” rusumli avtomashina to‘xtatilganida, uning yukxonasida fuqaro A.S.ga tegishli 1.200 kassetada 300 mg.lik umumiy qiymati 237,8 mln. so‘mlik qalbaki “REGAPEN” nomli dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan A.I., A.S. va boshqalarga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.