TOShKENT, 28 fev - Sputnik. Dori-Darmon” AK kuzatuv kengashining tegishli qarori bilan 2019-yilning 27-fevralidan kompaniya boshqaruvi raisi raisi Azimov Ravshan Rustamovich vakolati muddatidan oldin tugatilgan.
Kuzatuv kengashining mazkur qarori bilan, shuningdek, Salihboyeva Umida Saidovna "Dori-Darmon" AK boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlangan.
Shuningdek, ilgari yuborilgan bildirishnoma asosida Davlat aktivlarini boshqarish markazi tomonidan "Dori-Darmon" AK ustav kapitalidagi davlat ulushini ishonchli boshqaruvga berish to‘g‘risidagi bitim bekor qilingan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyida United Investment Healthcare Group (AQSh) kompaniyasi sho‘’ba tuzilmasi bilan ishonchli boshqaruv to‘g‘risidagi bitim imzolangan edi.