Siyosat

Mirziyoyev: birgalikdagi saʼy-harakatlarimiz natijalarini xalqlarimiz sezishi kerak

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev vыstupil na forume “Odin poyas, odin put”
Shavkat Mirziyoyev vыstupil na forume “Odin poyas, odin put”  - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev "Yantsi" xalqaro konferentsiyalar markazida nutq soʻzladi.

TOSHKENT, 27 apr  — Sputnik. “Bir makon, bir yoʻl” ikkinchi xalqaro forumi 27 aprel kuni "Yantsi" xalqaro konferentsiyalar markazida delegatsiya rahbarlarining davra suhbati tarzida davom etdi.

Shavkat Mirziyoyev v Pekine provel vstrechu s Generalnыm sekretarem Organizatsii Obʼyedinennыx Natsiy Antoniu Guterrishem. - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Mirziyoyev Pekinda BMT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Unda Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq soʻzladi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

– Xalqaro va mintaqaviy oʻzaro bogʻliklik masalalari Markaziy Osiyo, jumladan, dengiz portlariga bevosita olib chiquvchi yoʻlga ega boʻlmagan mamlakatimiz uchun dolzarb boʻlib kelgan va hozir ham shunday. Oʻzbekiston mamlakatlarimizning barqaror taraqqiyotida muhim omil boʻladigan “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusini avvalboshdanoq qoʻllab-quvvatlagan, – dedi Shavkat Mirziyoyev. 

Davlat rahbari forum davra suhbatining Qoʻshma bayonoti qabul qilinishini maʼqullab, bu mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, umumiy maqsadlarga erishish, iqtisodiy oʻsishning yangi manbalarini kashf etish, natijada xalqlarimiz turmush darajasi oshishiga xizmat qilishini taʼkidladi.

Prezident Markaziy Osiyoning transport va logistika imkoniyatlarini oshirish, “yashil iqtisodiyot” orqali oziq-ovqat xavfsizligiga erishish, turizmni rivojlantirish, ekologik muammolarni birgalikda bartaraf etish va boshqa dolzarb masalalar boʻyicha qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev v Pekine vstretilsya s predsedatelem Postoyannogo komiteta Vsekitayskogo sobraniya narodnыx predstaviteley Li Chjanshu - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Li Chjanshu Shavkat Mirziyoyevni Xitoyning buyuk islohotchisi bilan taqqosladi

Markaziy Osiyo mintaqasining tranzit salohiyatini roʻyobga chiqarish hamda Xitoy - Markaziy Osiyo - Gʻarbiy Osiyo iqtisodiy yoʻlagini shakllantirish dolzarb ahamiyatga ega ekani taʼkidlandi. Toshkent - Andijon - Oʻsh - Irkishtom - Qoshgʻar avtomobil yoʻlagi, Oʻzbekiston - Qirgʻiziston - Xitoy va Mozori Sharif - Kobul - Peshovar temir yoʻllari loyihalari bu borada katta istiqbollar ochishi qayd etildi. Shuningdek, Sariq dengiz portlari - Markaziy Osiyo - Yevropa yoʻnalishi boʻylab temir yoʻlda yuk tashishga bir xil tarif oʻrnatish ham iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq.

Prezident “yashil iqtisodiyot”ni rivojlantirish, oziq-ovqat xavfsizligiga erishish uchun qishloq xoʻjaligiga zamonaviy texnologiyalar va ilgʻor yechimlarni joriy etish masalalariga eʼtiborni qaratdi. 

Orol dengizi qurishi oqibatida yuzaga kelgan ekologik vaziyatni bartaraf etish umumiy vazifa ekanini taʼkidlar ekan, Shavkat Mirziyoyev sheriklarni BMTning Orolboʻyi mintaqasi uchun Trast fondi hamda Orolboʻyi hududida ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi faoliyatida ishtirok etishga chaqirdi. 

Turizm sohasida almashinuvlarni rivojlantirish, buning uchun “Ipak yoʻli” brendi ostida qoʻshma dastur va mahsulotlarni ilgari surish boʻyicha dolzarb takliflar bildirildi. 

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Predsedatelem KNR - Sputnik Oʻzbekiston
Siyosat
Oʻzbekiston uchun Ipak yoʻli

Davlat rahbari Afgʻoniston masalasiga ham eʼtibor qaratib, ushbu mamlakatda tinchlik oʻrnatilishi Markaziy va Janubiy Osiyoda yangi taraqqiyot manbalari yaratishini taʼkidladi. Shavkat Mirziyoyev bu boradagi dolzarb masalalar joriy yilning kuzida Toshkentda boʻlib oʻtadigan Afgʻoniston boʻyicha Mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik konferentsiyasida (RECCA) muhokama qilinishini maʼlum qildi. 

- Tarixiy va madaniy merosimiz, oldimizda turgan maqsad va vazifalarning oʻxshashligi hamda intilishlarimiz mushtarakligi kelajakka katta ishonch bilan qarashga imkon beradi. Xalqlarimiz birgalikdagi saʼy-harakatlarimizning ijobiy natijalarini albatta sezishlari kerak, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbarining fikr va tashabbuslari qiziqish bilan kutib olindi, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0