O‘zbekiston uchun Ipak yo‘li

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Predsedatelem KNR
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Predsedatelem KNR - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti 24-27 aprel kunlari o‘zining Xitoyga tashrifi doirasida “Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi xalqaro forumida ishtirok etadi. Ipak yo‘li mamlakatga qanday yordam beradi? Sputnik O‘zbekiston maqolasida batafsil tanishing.

TOShKENT, 26 apr – Sputnik, Aleksey Dolgin. O‘zbekiston “Bir makon, bir yo‘l” loyihasini rivojlantirishni birinchilardan bo‘lib qo‘llab-quvvatlaganlardan biridir. Xitoyning texnologiyalari va imkoniyatlari mamlakatga yangi bozorlarga chiqishga hamda milliy iqtisodiyotini rivojlantirish uchun investitsiyalarni jalb qilishga yordam beradi.

Xitoy tashabbusi

2013 yil sentabr oyida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin “Ipak yo‘lining iqtisodiy kamari” va “XXI asr dengiz ipak yo‘li”ni qurish tashabbusini ilgari surdi. Birlashtirilgan loyiha “Bir yo‘l, bir makon” nomini oldi. Ushbu loyiha Xitoyning hozirgi tashqi iqtisodiy va tashqi siyosiy asosiy yo‘nalishlaridan biri sanaladi.

Loyiha maqsadi mavjud bo‘lgan savdo yo‘llarini rivojlantirish va yangi savdo yo‘llarini tashkil etish hamda Xitoyni Markaziy  Osiyo, Yevropa va Afrika mamlakatlari bilan bog‘lovchi transport  va iqtisodiy yo‘laklarini rivojlantirishdan iboratdir. Iqtisoddan tashqari maishiy obodonlashtirish, qashshoqlikka qarshi kurashish va sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash bo‘yicha yuzlab dasturlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Predsedatelem KNR - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni O‘zbekistonga taklif qildi

“Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi g‘oyasi Xitoyga tegishli bo‘lishi mumkin, biroq uning imkoniyatlari va natijalari butun dunyoga foyda keltiradi. Xitoy hech qanday kichik giyosiyosiy hisoblar qilmaydi, hech qanday yopiq fraksiyalar tuzmaydi, o‘zini boshqalardan ustun qo‘ymaydi va hech kimga hech qanday bitimni zo‘rlab o‘tkazmaydi”, - dedi XXR rahbari.

2017 yil may oyida Pekin shahrida “Bir makon, bir yo‘l” birinchi xalqaro hamkorlik forumi muvaffaqiyatli bo‘lib o‘tdi. Tadbirda 140 tadan ziyod mamlakat va 80 ta xalqaro tashkilotlar ishtirok etdi. Ikkinchi forum bugun o‘z faoliyatini boshladi va 27-aprelga qadar davom etadi.

Tadbir ishtirokchilari iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, uzoq muddatli o‘sishning yangi manbalari, “yashil” iqtisod va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda infratuzilmali loyihalarni amalga oshirishni muhokama qilishadi. Xalqaro savdo va investitsiya aloqalarini mustahkamlash, yangi transport va logistika yo‘laklari yaratilishini rag‘batlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan loyihalar xususida so‘z boradi.

O‘tgan so‘nggi yillarda tashabbus xalqaro birlashmalar diqqatini o‘ziga qaratdi, uning asosiy g‘oyalari esa BMT, “Katta yigirmatalik”, Osiyo-Tinch okeani iqtisodiy hamkorligi va boshqa mintaqaviy tashkilotlarning hujjatlariga kiritilgan. Bugungi kunga kelib hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni 125 ta mamlakat va 29 ta xalqaro tashkilotlar imzolagan.

O‘zbekiston manfaatlari

Hozirda  O‘zbekiston va XXR turli loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni faol yo‘lga qo‘yishmoqda. Ushbu forumda ishtirok etish mamlakatni investorlar ko‘z o‘ngida jozibali qilib qilib ko‘rsatadi. Investorlarni jalb qilish 2017—2021 yillarda O‘zbekistonni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasinining ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilangan. “Bir makon, bir yo‘l” O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya manbalarini diversifakatsiya qilish hamda yangi transport yo‘laklari tufayli mintaqa bozorlariga chiqishini orttirishga imkon beradi.

Natsionalniy flag Kitaya - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy Shavkat Mirziyoyevni “Bir makon, bir yo‘l” forumiga taklif qildi

Tashabbus doirasida Xitoy va O‘zbekiston allaqachon Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan xalqaro avtomobil tashish bitimlarini imzolashgan. O‘tgan yil fevral oyida Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston avtomobil yo‘li doimiy ravishda ishga tushirilgan.

Shu bilan bir qatorda, xuddi shu qatnov yo‘li bo‘ylab temir yo‘l qurish ishlari jadal olib borilmoqda.  U ishga tushirilishi bilan Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari Fors ko‘rfazining Eron portlariga chiqish imkoniga ega bo‘lishadi. Bundan tashqari, temir yo‘l yo‘laklari “Bir makon, bir yo‘l” mamlakatlariga yuklarni transport vositasida tashish xarajatlarini qisqartirish va tejab qolingan mablag‘larni iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va rivojlantirish uchun sarflashga imkon beradi.

Shuningdek, mamlakat rahbariyati turistlarni jalb qilishga umid qilmoqda. Qayta tiklanayotgan Buyuk Ipak yo‘lida ming yillik tarix va madaniyatga ega bo‘lgan Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlari joylashgan.

Xitoy-O‘zbekiston-Rossiya

“Ipak yo‘lining iqtisodiy kamari”ni muvaffaqiyatli qurish uchun ShHT mamlakatlarining geosiyosiy va geostrategik  joylashgani muhim o‘rin tutadi, deb hisoblaydi tashkilotning sobiq rahbari Rashid Alimov.

Vo vremya podpisaniya dokumentov po itogam rossiysko-uzbekistanskix peregovorov  - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonning eng yirik savdo hamkorlari Rossiya va Xitoy bo‘ldi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston o‘zining ikki yirik savdo-iqtisodiy sheriklari Xitoy va Rossiya bilan birga ShHT a’zosidir.

XXR “Makon va yo‘l”ni YeOII bilan bog‘lashda ShHTga muhim rol ajratadi. YeOIIga O‘zbekistonning Rossiyadan tashqari Qozog‘iston va Qirg‘iziston kabi sheriklari a’zo bo‘lgan. Qator mutaxassislar fikriga ko‘ra, IYIK va YeOII bog‘lanishi AQSh va uning sheriklarisiz “Yevroosiyo dunyosi”ni tashkil etishga imkon beradi.

“Bu foydali, muhim va istiqbolli tashabbus deb hisoblaymiz. Shu bilan birga u bizning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini tuzishdagi sa’y-harakatlarimizga mos keladi”, - deb ishonadi Vladimir Putin.

“Bir makon, bir yo‘l”da Rossiyaning ishtirok etishi O‘zbekistonga shunisi bilan foydaliki, u Xitoyning iqtisodiy ustunligini pasaytirishga imkon beradi, Rossiyaning o‘zi uchun esa Markaziy Osiyodagi pozitsiyalarini saqlashga imkon beradi. Umuman olganda, Rossiya fikriga ko‘ra, loyiha doirasida investitsiyalarni jalb qilish YeOII rivojlanishiga turtki bo‘ladi va ShHTga a’zo mamlakatlarning iqtisodiyotini faollashtiradi.

Yangiliklar lentasi
0