Li Chjanshu Shavkat Mirziyoyevni Xitoyning buyuk islohotchisi bilan taqqosladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev v Pekine vstretilsya s predsedatelem Postoyannogo komiteta Vsekitayskogo sobraniya narodnix predstaviteley Li Chjanshu
Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev v Pekine vstretilsya s predsedatelem Postoyannogo komiteta Vsekitayskogo sobraniya narodnix predstaviteley Li Chjanshu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Pekinda Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Li Chjanshu bilan uchrashdi.

TOShKENT, 26 apr – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Pekinda Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi raisi Li Chjanshu bilan uchrashdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Xabarda yoziliicha, Mirziyoyev "Bir makon, bir yo‘l" ikkinchi xalqaro forumining o‘tkazilishi hamda uning doirasida XXR raisi Si Szinpin ilgari surgan tashabbuslarning amalga oshirilishi xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga, keng mintaqada do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidlagan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev vstretilsya s Predsedatelem KNR - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston uchun Ipak yo‘li

Li Chjanshu mamlakatlar ikki tomonlama munosabatlarda erishgan yuksak darajani katta mamnuniyat bilan qayd etgan.

Keyingi yillarda mamlakatlar o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, madaniy-gumanitar va ko‘plab boshqa sohalardagi aloqalar yanada faollashgani alohida ta’kidlandi.  O‘zbekiston va Xitoyning qonun chiqaruvchi organlari o‘rtasida hamkorlik borasida ijobiy tajriba to‘plangan. Parlament delegatsiyalarining uchrashuvlari muntazam o‘tkazilib, bu boradagi sheriklik izchil rivojlanib bormoqda.

Ta’kidlanishicha, uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, parlamentlararo muloqot mamlakatlar hamkorligini amaliy mazmun bilan boyitish, yangi dastur va loyihalarni ilgari surishga xizmat qilishi qayd etilgan.

Shavkat Mirziyoyev prinyal uchastie v seremonii otkritiya vtorogo Mejdunarodnogo foruma Odin poyas, odin put. - Sputnik O‘zbekiston
Pekinda “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro forumi boshlandi

Li Chjanshu mamlakatda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni, ularning real natijalari va samaradorligini yuksak baholagan.

“Uning fikricha, O‘zbekiston Prezidentining siyosati va islohotlari o‘zining miqyosi va maqsadlariga ko‘ra davlatimiz rahbarini Xitoyning buyuk islohotchisi Den Saopin bilan taqqoslashga to‘liq asos bo‘ladi”, - deyiladi xabarda.

Xabarda uchrashuv yakunida parlamentlararo aloqalarni faollashtirish hamda samarali islohot va yangilanishlarni amalga oshirish borasidagi tajribani chuqur o‘rganish maqsadida qo‘shma tadbirlar o‘tkazishga kelishib olingani qo‘shimcha qilingan.

Yangiliklar lentasi
0