Hamid Karzay: AQSh terrorizmga qarshi to‘g‘ri kurashishi lozim

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishBivshiy prezident Afganistana Xamid Karzay
Bivshiy prezident Afganistana Xamid Karzay - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay fikriga ko‘ra, terrorizmga qarshi kurashning eng samarali usuli – bu yirik davlatlar hamkorligi.

TOShKENT, 26 apr - Sputnik. Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha 8-konferensiya doirasida Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay Sputnikka bergan intervyusida xalqaro darajada terrorizmga qarshi qanday kurash olib borish kerakligi, Kobuldagi Loyya-Jirga qanday xavfni sir saqlayotgani, Afg‘onistonga donor mamlakatlardan kelib tushayotgan mablag‘larni qay tarzda oqilona sarflash kerakligi hamda mamlakatning tabiiy boyliklarini talon-taloj qilinishini oldini olish mumkinligi borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Delegatsiya Respubliki Uzbekistan vo glave s Ministrom inostrannix del Abdulazizom Kamilovim, uchastvuyushaya v Munxenskoy konferensii po bezopasnosti, 14-fevralya 2019 goda vstretilas s Prezidentom Islamskoy Respubliki Afganistan Muxammadom Ashrafom Gani - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” o‘rtasidagi muzokaralar Samarqandda o‘tkaziladi

Karzayning fikriga ko‘ra, Afg‘oniston tajribasini inobatga olgan holda terrorizmga qarshi kurashning eng samarali usuli – bu yirik davlatlar hamkorligi. AQSh va uning ayrim Yevropa va Sharqdagi sheriklari terrorizmga qarshi to‘g‘ri kurash olib borishlari kerak.

“Terrorizm – bu ba’zilar foydalanayotgan qurol. Shuning uchun ularni bu ishni to‘xtatishga majburlash kerak, bunga esa keng va to‘g‘ri hamkorliksiz erishishning imkoni yo‘q”, - deydi Karzay.

Hech kimning terrorizmdan qurol sifatida foydalanishga haqqi yo‘q. Sobiq SSSRga qarshi jihod boshlanganda amerikaliklar va ularning sheriklari ekstremizmni qo‘llab-quvvatlab, uni sobiq Ittifoqqa qarshi yo‘naltirgan, deb hisoblaydi Afg‘onistonning sobiq prezidenti.

Prezident Afganistana Ashraf Gani  - Sputnik O‘zbekiston
Ashraf G‘ani Moskvadagi afg‘onlararo uchrashuvga izoh berdi

“Afg‘oniston xalqi ekstremizm hosilini o‘rapti. Pokiston ham shu kabi ishlar bilan shug‘ullangan. Men qo‘lim bilan ko‘rsatib, birortani ayblashni xohlamayman, terrorizm va ekstremizm qurol sifatida foydalanilsa, bu muammo hal bo‘lmasligi borasidagi fikrni yetkazmoqchiman. Men umid qilamanki, hozir butun dunyo terrorizm muammosiga duch kelgan bir vaqtda AQSh va uning sheriklari o‘zlarining terrorchilikka qarshi faoliyatlarida Rossiya, Hindiston, Pokiston kabi yirik davlatlar bilan birlashadi”, - deya qo‘shimcha qildi u.

Shuningdek, Hamid Karzay Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatishdan manfaatdor mamlakatlar barcha choralarni qo‘llab, kerakli hamma vositalardan foydalanishlari lozimligini eslatdi. Shuningdek,u donor mamlakatlarning Afg‘onistonga ajratayotgan mablag‘lari maqsadga muvofiq ravishda va oqilona sarflanishi uchun qaysi choralarni qo‘llash borasida to‘xtalib o‘tdi.

“Albatta, mexanizm kerak, biroq uning yaratilishi Afg‘onistonda tinchlik va xavfsizlik hukm surayotgan vaqtda amalga oshirilishi mumkin, xolos. Hozir buning imkoni yo‘q. Bizga mablag‘ ajratayotgan mamlakatlar ham buni vijdonan qilishlari kerak. Ya’ni ular ajratgan mablag‘lar yarim yo‘lda qolib ketmasdan, Afg‘oniston hisobiga kelib tushishi lozim”, - deydi Karzay.

Spesproyekt Afgan.Online - Sputnik O‘zbekiston
Odamlarning boshi so‘roqsiz chopilgan: Afg‘oniston mojaxedlar changalida

Uning fikriga ko‘ra, kelib tushgan mablag‘larni sarflash va taqsimlashda mahalliy organ ishtirok etishi va nazorat o‘rnatishi kerak. Shu bilan birga u donor mamlakatlar ularning mablag‘lari qay tariqa sarflanayotganini bilishga haqli ekanligilarini qo‘shimcha qildi.

Karzay mamlakatning tabiiy boyliklarini to‘g‘ri qazib olish va ularning talon-taroj bo‘lmasligi oldini olish uchun qo‘llanishi lozim bo‘lgan choralar borasida so‘z yuritdi. Karzay ta’kidiga ko‘ra, sog‘lom menejment, to‘g‘ri reja hamda xorijiy xususiy kompaniyalar bilan to‘g‘ri hamkorlini yo‘lga qo‘yish tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish imkonini beradi va ularning talon-taroj bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Hamid Karzay buning hammasiga mamlakatda tinchlik va osiyishtalik o‘rnatilganda, hukumat mamlakatning barcha hududini o‘z nazoratga olganda, hukumat organlari tabiiy boyliklarni o‘z nazorati ostiga olib, to‘g‘ri foydalashnishni yo‘lga qo‘yganda erishish mumkinligini ta’kidladi.

Urush vaqtida tabiiy boyliklardan to‘g‘ri foydalanishning imkoni yo‘q, deb hisoblaydi u.

Yangiliklar lentasi
0