Odamlarning boshi so‘roqsiz chopilgan: Afg‘oniston mojaxedlar changalida

Obuna bo‘lish
"Afg‘on.Online" mobil seriali Afg‘onistonda 1978-yildan 2001-yilgacha sodir bo‘lgan real hodisalar asosida ishlangan. Karter va Reygan, Brejnev va Gorbachev, Taraki, Amin, Najibulla va boshqa ko‘plab tarixiy shaxslar ijtimoiy tarmoqlarda yozishadilar, o‘z profillarini yangilaydilar, tadbirlar uyushtiradilar, video va fotolar bilan bo‘lishadilar.

Sovet qo‘shinlari Afg‘onistondan to‘liq chiqarilgach, hukumat kuchlari AQSh va qator boshqa davlatlar tomonidan moliyalashtiriladigan mojaxedlar bilan kurashishda davom etar edi. Respublikadagi hukumat faqatgina SSSR tomonidan beriladigan moliyaviy yordamga tayanib qolgandi. Ammo 1992-yilning yanvaridan boshlab Rossiya jangovar texnika va qurol-aslahalar yetkazib berishni to‘xtatdi: davlat sanoatning to‘xtab qolishi, narx oshishi va ishsizlikdan aziyat chekardi.

Ruslan Aushev - Sputnik O‘zbekiston
Ruslan Aushev O‘zbekistonning yangi nafasi va Afg‘onistondagi urush haqida - eksklyuziv

1991 yil Sovet Ittifoqi barham topgach, Afg‘oniston hukumatining hokimiyat tepasida ushlanib qolishi iloji qolmadi. Uning nazoratida atigi 10 foiz hudud qolgan edi. Jangarilar poytaxt - Qobulga yaqinlashib qolishgandi. Armiya isonchilarga qarshi kurashishdan bosh tortar, prezident Muhammad Najibullaning tarafdorlari esa yo mojaxedlar tomoniga o‘tib ketar, yoki davlatni tark etardi. Tez orada Najibullaning o‘zi ham iste’foga chiqadi.

Afg‘oniston turli davlatlar, xususan, AQSh, BAA, Pokiston va Xitoy manfaatlari to‘qnashgan joyga aylandi. Bu davlatlar o‘z manfaatlarini ilgari surish uchun o‘zlariga tobe guruhlarni tashkil etdilar, - oqibatda millatchilik asosida o‘zaro urush kuchaydi. Poytaxt uchun Ahmad Shoh Ma’sud, Abdul-Rashid Do‘stim va Gulbeddin Xikmator qo‘shinlari kurashar edi.

Qobul zabt etilgach, diplomatlarga, ayniqsa Rossiya diplomatlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdidlar paydo bo‘ldi. Elchixona xodimlari bombapanohgohlarda yashashga majbur edi. Moskva diplomatlarni evakuatsiya qilishga qaror qildi va Afg‘onistonga uchta og‘ir Il-76 harbiy-transport samoyotlarini yubordi. Evakuatsiyani amalga oshirish uchun Rossiya hukumati Qobulni qo‘lga olgan mojaxedlar bilan muzokaralarni boshladilar. Masud va Do‘stum samolyotlarga hujum qilmaslikka rozi bo‘lishdi, ammo Xikmator muzokaralardan bosh tortdi, u qirg‘in uyushtirishni istardi.

Deti katayutsya na kachelyax v Kabule, Afganistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘yinchoq va shirinliksiz o‘tayotgan bolalik: afg‘oniston hayotidan

Evakuatsiya 1992-yilning 28-avgustida boshlandi. Rossiya diplomatlari ortilgan bortda Hindiston, Indoneziya, Xitoy va Mongoliya elchixoanalari xodimlari ham ketishni xohladilar. Birinchi guruh Qobul aeroportini eson-omon tark etdi. Ikkinchi guruh samolyotga chiqishi bilan, uni tog‘ tomondan o‘qqa tutishni boshlashdi, ammo samolyot samoga ko‘tarilishga ulgurdi.

Uchinchi bort yo‘q qilindi, tirik qolgan diplomatlar aeroport yerto‘lasiga yashirindilar. Ular Do‘stum bilan kelishdilar, va u ertasi kuni ertalab uchta kichik An-26 samolyotlarini ajratdi, bu samolyotlar Mozori-Sharifga - Afg‘onistonning kattaligi bo‘yicha ikkinchi shahariga yo‘l oldi. Shundan so‘ng diplomatxona ishchilari mamlakatdan chiqib ketishga muvaffaq bo‘lganlar.

Aslida qanday bo‘lgan?

1970 yillar oxirida AQSh yordamida Afg‘onistonning qo‘shnilari mamlakatni ta’sir zonalariga bo‘lib olishgan edi. Amerikaliklar afg‘on isonchilarini qurol va pullar bilan qo‘llab-quvvatlardi.

Prezident Respubliki Afganistan, generalniy sekretar Narodno-demokraticheskoy partii Afganistana Moxammad Nadjibulla (v sentre) s jitelyami Kabula. - Sputnik O‘zbekiston
Yelsin xoinlik qilmaganida, Afg‘onistonda vaziyat boshqacha bo‘lardi - ekspert

Afg‘on hukumati bir necha marotaba SSSRga yordam so‘rab murojaat qilgan va 1979-yilda Moskva do‘stona mamlakat hududiga o‘z qo‘shinlarini kiritishga qaror qilgan. Sovet qo‘shinlarining Afg‘onistondagi to‘qqiz yillik bo‘lib turishi Qobulda hukumatni kuchaytirishga va mamlakat iqtisodini ko‘tarishga yordam bergan. Mamlakat endi o‘z muammolarini o‘zi hal eta olardi. Sovet qo‘shinlari Jeneva kelishuvi asosida 1989-yilning fevralida vatanga qaytdilar.

Ammo Afg‘onistonda urush tugamadi. AQSh va ayrim arab mamlakatlari Pokistondagi jangarilar lagerlarini moliyalashtirishda davom etardi. Mamlakat hukumatini dala komandirlari ag‘dargan, ammo ular ham shundan keyin "Tolibon" terrorchilik harakatidan mag‘lubiyatga uchragan edi. Shu tariqa Afg‘onistonga AQSh va uning ittifoqdoshlari kirib kelishdi, ammo ularning shu mamlakatdagi 17-yillik "faoliyatlari" hech qanday ijobiy natija bermadi - Afg‘oniston alg‘ov-dalg‘ovlik komiga cho‘mdi.

Yangiliklar lentasi
0