TOShKENT, 6 fev - Sputnik. Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Moskvada o‘tkazilgan afg‘onlararo uchrashuvga "Moskvadagi tadbirda ishtirok etgan afg‘on siyosatchilari mamlakatni rasmiy vakili emas", deya izoh berdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
Afg‘onistonda vaziyatni barqarorlashtirish bo‘yicha afg‘on siyosatchilari anjumani Moskva shahrida 5-6 fevral sanalarida o‘tkazilmoqda. Rossiyada yashovchi afg‘on diasporasi, siyosatchilar va faollar va boshqa qator davlatlardan afg‘on diasporalari ishtirok etishmoqda. Muzokaralarda "Tolibon" harakati vakillari, shuningdek, Afg‘onistonning sobiq prezidenti Xamid Karzay rahbarligida afg‘on siyosatchilari va jamoatchilik vakillari qatnashmoqda.
"Ular u yerda kim bilan va nima haqda kelishishmoqchi? Ularning vakolati qani? Afg‘on hukumati, Afg‘oniston milliy assambleyasi va afg‘on huquq institutlari bilan bitim tuzilmas ekan, agar bu kabi uchrashuvlardan yuztasi o‘tkazilgan taqdirda ham bu faqatgina qog‘ozdagi kelishuvligicha qolib ketaveradi", - deb aygan G‘ani.
U shuningdek, "Tolibon" radikal harakati bilan tinchlik bitimi haqida to‘xtalar ekan, toki bu masalada umummilliy konsensusga kelishmas ekan, ushbu bitim tuzilmaydi, deya qayd etdi.
G‘ani shuningdek, Afg‘oniston hukumati AQShning toliblar bilan muzokaralari haqida xabari borligini ma’lum qilgan. "Barcha muzokaralar haqida bizga ma’lumot berilmoqda. Muzokaralar bizning rejamizga muvofiq qadamma-qadam rivoj topib boraveradi", - degan u.
Afg‘onistondagi bir-biriga qarshi bo‘lgan tomonlar o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalari turli maydonlarda, shu jumladan Moskvada ham o‘tkazilib kelinmoqda. RF 9-noyabr kuni yopiq formatda Afg‘oniston bo‘yicha uchrashuv o‘tkazilgan edi.
Birinchi marotaba bunday darajadagi uchrashuvda toliblarning Doxadagi siyosiy ofisi delegatsiyasi ishtirok etdi. Afg‘onistondan o‘zini hukumat va toliblar o‘rtasidagi vositachi sifatida belgilab olgan jahon oliy kengashi ishtirok etgandi.