Afg‘oniston hukumati va “Tolibon” o‘rtasidagi muzokaralar Samarqandda o‘tkaziladi

© MID UzbekistnaDelegatsiya Respubliki Uzbekistan vo glave s Ministrom inostrannix del Abdulazizom Kamilovim, uchastvuyushaya v Munxenskoy konferensii po bezopasnosti, 14-fevralya 2019 goda vstretilas s Prezidentom Islamskoy Respubliki Afganistan Muxammadom Ashrafom Gani
Delegatsiya Respubliki Uzbekistan vo glave s Ministrom inostrannix del Abdulazizom Kamilovim, uchastvuyushaya v Munxenskoy konferensii po bezopasnosti, 14-fevralya 2019 goda vstretilas s Prezidentom Islamskoy Respubliki Afganistan Muxammadom Ashrafom Gani - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani tomonidan qabul qilindi.

TOShKENT, 1 apr — Sputnik. 2019-yilning 31-mart kuni Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov va Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi amaliy tashrif bilan Afg‘onistonda bo‘ldi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.

Xabarda keltirilishicha, O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani tomonidan qabul qilindi.

Rukopojatie - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Qobul va “Tolibon” muzokaralari uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga tayyor

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Afg‘onistondagi holat yuzasidan ham fikr almashildi.

Afg‘oniston prezidenti tinchlik jarayonini boshlash borasidagi faol ko‘magi uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorchilik izhor etdi. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy qayta tiklanishi mavjud holat barqarorlashuvining muhim sharti hisoblanishini va bu jarayonga O‘zbekiston salmoqli hissa qo‘shayotganini ta’kidladi. Muhammad Ashraf G‘ani iqtisodiy va infratuzilmaviy hamkorlikni faollashtirganligi uchun Afg‘onistonning O‘zbekistondan minnatdorligini bildirdi. U iqtisodiy hamkorlik mintaqaviy barqarorlikka zamin yaratishini ham ta’kidladi

“Afg‘oniston rahbari, shuningdek, tinchlik muzokaralarini tashkillashtirish maydoni sifatida Samarqand shahrini tanlagani uchun O‘zbekiston delegatsiyasiga minnatdorchilik bildirdi”, - deyiladi xabarda.

O‘zbekiston delegatsiyasining Kobul shahriga tashrif doirasida Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov va Afg‘oniston prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Hamidulla Muhib raisligida Xavfsizlik masalalari bo‘yicha qo‘shma komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Shu kunning o‘zida O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘oniston hukumati Ijroiya kengashi raisi Abdulla Abdulla, Prezidentning milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Hamidulla Muhib, Tashqi ishlar vaziri Salohiddin Rabboniy, BMT Bosh kotibining maxsus vakili, BMTning Afg‘onistonga yordam missiyasi rahbari Tadamichi Yamamoto va sobiq prezident Hamid Karzay bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Vstrecha glav MID RF i Uzbekistana S. Lavrova i A. Kamilova - Sputnik O‘zbekiston
Abdulaziz  Kamilov “Tolibon” rahbariyati bilan uchrashdi

O‘zbekiston va Afg‘oniston iqtisodiy bloki vazirlik va idoralari rahbar va vakillarining alohida uchrashuvlari o‘tkazilib, ularda hamkorlik hajmlarini yanada oshirish, o‘zaro savdoga yangicha shiddat berish, yirik qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, Mozori-Sharif–Hirot va Mozori-Sharif–Kobul–Peshovor temir yo‘l magistrallarini, Surxon–Puli-Xumri elektr uzatish liniyasini barpo etish bo‘yicha takliflarning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar yakunida qator hujjatlar imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0