TOSHKENT, 1 apr — Sputnik. Oʻzbekiston 2030 yilga qadar elektr energiyasi ishlab chiqarishni 2 baravarga oshirishni rejalashtirgan. Bu haqida respublika energetika vaziri oʻrinbosari Sherzod Xoʻjayev “Tahlilnoma” koʻrsatuvida xabar qildi.
Enegiya ishlab chiqarish hajmi 27 yilda 25%ga oʻsgan
Xoʻjayev aytishiga qaraganda, bugungi kunda Oʻzbekiston elektr energiya ishlab chiqarish quvvati 11 ming Mega Vattni tashkil qiladi, yillik energiya ishlab chiqarish hajmi esa 67,5 mlrd kilovatt/soat.
Oʻzbekistonning oʻsib borayotgan aholi soni, iqtisodi har yili elektr energiyasiga boʻlgan ehtiyojni 5%ga oshirib kelmoqda. 2030 yilga kelib Oʻzbekistonda elektr eneriyasi ishlab chiqarish quvvatini 25 000 Mega Vattga yoki yillik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini 120 mlrd soatga yetkazish talab etilati.
Bu bugungi kunga nisbatan 2 baravar koʻp degani. Gap shundaki 1991 -2018 yillarda, 27 yil ichida, Oʻzbekistonda energetika sohasi bor-yoʻgʻi 25 %ga oʻsgan.
Xoʻsh, qanday qilib 10 yil ichida sohani 2 baravar rivojlantirish mumkin ?
Boshlovchining ushbu savoliga Sherzod xoʻjayev quyidagicha javob berdi. Maʼlumki, yaqinda prezident qaorori bilan Oʻzbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish sohasi 3 qismga boʻlindi: energiya ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va joylarda taqsimlovchi tashkilotlarga.
Bundan maqsad sohaga sarmoyalar jalb qilish va da sogʻlom raqobat uchun sharoit yaratishdir. Raqobat esa oʻz navbatida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga olib keladi. Xoʻjayevga qoʻra, elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmini quyidagi omillar asosida oshirish rejalashtirilmoqda:
1. Bugʻ-gaz generatorlarini yangilash va quvvatini oshirish
Oʻzbekiston energetika sohasida bugun foydalanilayotgan uskunalarning aksariyati eskirgan. Bugungi kunda ishlab chiqarilayotgan elektr energiyasining faqat 20% zamonaviy bugʻ-gaz turbinalari yordamida ishlab chiqarilmoqda.
Vazir oʻrinbosari aytishiga qaraganda, eskirgan uskunalarni 4 yil ichida butunlay yangilash rejalashtirilgan. Buning natijasida energiya ishlab chiqarish samaradorligi va hajmi oshadi.
Soha mutaxassislari oldilariga qoʻygan maqsadga muvofiq, foydlanilayotgan tabiiy gaz hajmi 2030 yilga borib oshmasligi va aksincha - kamayishi kerak.
2. Quyosh va shamol elektr stantsiyalari qurish
Shuningdek 2030 yilga qadar 3500 ming megavat quvvatga ega boʻlgan quyosh va shamol elektr stantsiyalari ishga tushadi. Shu bilan birga joylarda sharoitga qarab kichik GESlar va mobil IESlar ishga tushadi.
Umumiy hisobda kelayotgan 10 yil ichida Oʻzbekistonda 25 ta quyosh elektra stantsiyasi, 10 ta shamol elektr stantsiyasi ishgan tushadi, dedi vazir oʻrinbosari.
Birinchi quyosh elektr stantsiyasi qurish Navoiy viloyatida boshlanadi. Energetika vazirligi Navoiy viloyatida 2019 yilda 100 megavatli quyosh elektr stantsiyasi qurish va foydalanishga topshirish buyicha tender oʻtkazishini xabar qildi.
3. Xorijiy investitsiyalar
Oʻzbekistonda elektr energetikasi sohasiga toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish borasida ham faol ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday investitsiyalar avvalombor muqobil energetikasi sohasiga jalb qilinmoqda.
Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Arab amirliklariga boʻlgan safari chogʻida, arab kompaniyasi bilan Tolimarjon IESini qayta taʼmirlash va quvvatini oshirish haqida kelishuvga erishildi.
Undan tashqari quyosh va shamol elektr stantsiyalari qurish sohasiga sarmoyalari kiritish haqida kelishib olindi.
4. Atom elektr stantsiyasi
Maʼlumki, Oʻzbekistonda "Rosatom" yordamida birinchi Atom elektr stantsiyasi qurish ishlari boshlab yuborilgan. AES ikkita 1100 Mega Vattli energiya blokiga ega boʻladi. AESning birinchi energiya bloki 2028 yilda ishga tushishi rejalashtirilgan. Ayni damda stantsiya qurilishi loyihalashtirish bosqichida.