O‘zbekistonda quyosh foto-elektr stansiyalarini qurish bilan xususiy investorlar shug‘ullanadi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishSolnechnaya elektrostansiya
Solnechnaya elektrostansiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu loyiha bo‘yicha investorni tanlash ishlari 2019-yil birinchi yarim yilligida yakunlanishi kutilmoqda.

TOShKENT, 1 fev - Sputnik. "O‘zbekenergo" AJ istiqbolli taraqqiyot va investitsiyalar boshqaruvi raisi o‘rinbosari Jamshid Abdusalomoning aytishicha, Xalqaro moliya korporatsiyasi ko‘magida quyosh fotoelektrstansiyalarini "kaliti bilan" qurish uchun xususiy investorlarni jalb qilish bo‘yicha tenderga start berilgan.

2018 yilning noyabr oyi oxirida Toshkent shahrida potensial investorlar uchun anjuman o‘tkazilgan bo‘lib, unda yigirmadan ortiq eng yirik energetik kompaniyalar va xalqaro moliya tashkilotlari ishtirok etishgan va O‘zbekistondagi davlat-xususiy sheriklik loyihalariga katta qiziqish bildirgan edilar, deydi Abdusalomov.

Navoiy viloyatidagi quvvati 100 MVt bo‘lgan fotoelektrik stansiya qurilishi loyihasi bo‘yicha 2019-yil 1-fevral kuni malakali saralash bosqichi so‘rov hujjatlari e’lon qilingan bo‘lib, ular bilan www.uzbekenergo.uz. saytida yaqindan tanishish mumkin.

Ushbu loyiha bo‘yicha investorni tanlash ishlari 2019-yil birinchi yarim yilligida yakunlanishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0