TOShKENT, 14 fev - Sputnik. Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi direktor tayinlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar qildi.
“Otabek To‘lqinovich Amanov Energetika vazirligi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligining Atom elektr stansiyasi qurilishi direksiyasi direktori etib tayinlandi”, - deyiladi xabarda.
Otabek Amanov 2018-yildan buyon “O‘ztransgaz” Aksiyadorlik jamiyati boshqaruv raisining kapital qurilish va ta’minot bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.