Prezident qarori bilan “O‘zbekenergo” uchta tashkilotga bo‘lindi

© Sputnik / Sergey Malgavko / Mediabankka o‘tishLinii elektroperedach, arxivnoe foto
Linii elektroperedach, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekenergo" samaradorligini oshirish maqsadida elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va joylarda taqsimlovchi alohida korxonalarga bo‘linadi.

TOShKENT, 28 mar – Sputnik.  “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati faoliyati qayta tashkil etiladi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev 27-mart kuni imzolagan qarorda aytib o‘tilgan, O‘zA xabariga asosan.  

Qarorda aytilishiga ko‘ra, sohada elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi, yetkazib beruvchi va joylarda taqsimlovchi alohida korxonalar joriy etiladi:

a) Ishlab chiqaruvchi - issiqlik elektr stansiyalari hamda elektr va issiqlik energiyasi ishlab chiqaruvchi elektr markazlarini boshqaruvchi “Issiqlik elektr stansiyalari” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish;

b) Yetkazib beruvchi - “O‘zbekenergo” AJning tugatilayotgan “O‘zelektrtarmoq” UK va “Energosotish” filiali negizida quyidagilarni amalga oshiruvchi “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish:

  • respublikaning magistral elektr tarmoqlaridan foydalanish va ularni rivojlantirish;
  • elektr energiyani respublikaning magistral elektr tarmoqlari orqali yetkazib berish va davlatlararo tranzitni amalga oshirish;
  • elektr energiyani eksport va import qilish, shuningdek, qo‘shni davlatlarning elektr energetika tizimi bilan hamkorlik qilish;
  • elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi, shu jumladan, xususiy kapital ishtirokidagi korxonalarni, shuningdek, magistral va hududiy elektr tarmoqlarini yagona operativ-dispetcherlik boshqarish;
  • elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi, shu jumladan, xususiy kapital ishtirokidagi korxonalardan elektr energiyasini yagona xarid qiluvchi funksiyasini bajarish, shuningdek, elektr energiyani hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga sotish;

v) Joylarda taqsimlovchi - elektr energiyani yakuniy iste’molchilarga taqsimlovchi va sotuvchi hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini boshqarishni amalga oshiruvchi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatini tashkil etish;

Sharof Ubaydullayev - Sputnik O‘zbekiston
Sharof Ubaydullayev O‘zbekenergo rahbariga: o‘g‘rilarni tugating, ularga bosh bo‘lmang!

Prezident qarorida aytilishiga ko‘ra, “O‘zbekenergo” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning sohaga oid bo‘lmagan va foydalanilmayotgan aktivlari va ulushlari 2019—2021 yillar davomida belgilangan tartibda sotish maqsadida balans qiymati bo‘yicha Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga beriladi.

Eslatib o‘tamiz, prezident o‘tgan yilda “O‘zbekenergo” faoliyatini bir necha bor tanqid qilgan va sohada samaradorlikni oshirish uchun qator islohitlarni amlaga oshirish zarurligini ta’kidlagan edi.

Prezident Qarorining to‘liq matni bilan quyida tanishing.

Yangiliklar lentasi
0