MIB O‘zbekistondagi qarzdorlar bilan qanday ishlamoqda? Ulkan armiya faoliyatiga nazar

© Press-slujba respublikanskogo buro prinuditelnogo ispolneniyaSotrudniki buro prinuditelnogo ispolneniya Uzbekistana
Sotrudniki buro prinuditelnogo ispolneniya Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buro organlari tashkil etilganidan buyon hozirga qadar energiya resurslari va suv iste’moli sohasida 45,4 trln. so‘m so‘m mablag‘ undirilgan.

TOShKENT, 28 mar - Sputnik. Majburiy ijro burosi faoliyati haqida ommaviy axborot vositalarida ko‘plab gapirilmoqda, ushbu organning tashkil etilganiga 20 oydan oshdi, shunday ekan, o‘tgan davrda qanday ishlar amalga oshirildi? Qarzdorliklarni undirish bo‘yicha yutuqlar bormi? Aholining to‘lov intizomiga amal qilishi borasida-chi, o‘zgarishlar bo‘ldimi?

LEP - Sputnik O‘zbekiston
328 milliard - O‘zbekistonda elektr energiyasidan qarzdorlik miqdori shunchani tashkil qilmoqda

O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro burosi matbuot-xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov Sputnik O‘zbekiston nashriga bergan intervyusida yuqoridagi savollarga  aniqlik kiritdi.

Majburiy ijro burosi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018-yil 29-maydagi "Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoni asosida tashkil etilib, 1-iyun kunidan boshlab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

MIB sud va boshqa organlar hujjatlarining so‘zsiz ijrosini ta’minlash, ijro hujjatlari bo‘yicha undirilgan mablag‘larning haqqoniy hisobini yuritish va turli suiiste’molchilik holatlarini oldini olish; energiya resurslari, suv ta’minoti sohasida hamda qattiq maishiy chiqindilar uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirilishini, iste’molchilarning qarzdorligi kamaytirilishini ta’minlash, tarmoqlarga noqonuniy ulanish, talon-toroj holatlarini aniqlash, bartaraf etish va oldini olish kabi vazifalarni amalga oshiradi.

Ta’kidlanishicha, energiya resurslari va suv ta’minoti sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlashda prokuratura tizimida to‘plangan tajriba va ijro intizomidan unumli foydalanilgan.

Buro organlari tomonidan yuklatilgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashilib, sud va boshqa organlar qarorlarini so‘zsiz ijrosini ta’minlash ham engergiya resurslari bo‘yicha qarzdorliklarni undirish sohasida samarali natijani bergan.

Majburiy ijro burosi maoshi 7-11 mln so‘m bo‘lgan ishga taklif qilmoqda

Shu bois, Mirziyoyev farmonlari asosida MIBga qo‘shimcha vazifa sifatida: suvdan noqonuniy foydalanish, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlarini aniqlash, suv uchun to‘lovlarning o‘z vaqtida va to‘liq undirish; qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun aholi tomonidan majburiy to‘lovlarnni to‘liq hamda o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash kabi qo‘shimcha ishlar yuklatilgan.

Amalga oshirilgan ishlar natijasida, sobiq Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamentining 21 oylik (2015 yil sentabr - 2017-yil iyun) faoliyatida 19,4 trln. so‘m undirilgan bo‘lsa, Buro faoliyatining 21 oylik (2017 yil iyun - 2019-yil fevral) davrida 28,4 trln. so‘m undiruv amalga oshirilgan. Ya’ni Buro davrida undiruv 46 %ga o‘sgan.

Buro organlari tashkil etilganidan buyon hozirga qadar energiya resurslari va suv iste’moli sohasida 45,4 trln. so‘m (gaz – 21,4 trln., elektr – 22,7 trln., suv – 1,3 trln.) so‘m mablag‘ undirilgan.

Bu ko‘rsatgich, Buro tashkil etilmasdan oldingi ko‘rsatkich (18,7 trln.)ga nisbatan 21,3 trln. so‘mga yoki 143 % ga ko‘p.

O‘zbekistonda qarzdorlar yagona bazasi paydo bo‘ladi >>>

Ma’lumot uchun: 2017 yilning yanvar – iyun oylarida "O‘zbekenergo", O‘ztransgaz” va suv ta’minoti korxonalarining jami 13 669 nafar nazoratchilari 5,9 trln. so‘m undirgan bo‘lsa, Buroning 5439 nafar davlat inspektorlari 2018-yilning shu davrida 14,3 trln. so‘m (8,3 trln. so‘mga ko‘p) mablag‘ undirganlar.

Hozirda, Buroning 1 nafar davlat inspektori "O‘zbekenergo", "O‘ztransgaz" va suv ta’minoti korxonalarini o‘rtacha 6 nafar nazoratchisining  ish hajmini bajarmoqda.

Demak, undirish dinamikasi yildan-yilga o‘sib bormoqda va ish hajmi ham shunga yarasha ortib bormoqda.

Proizvodstvo televizorov na zavode kompanii Telebalt - Sputnik O‘zbekiston
Mol-mulklaridan ayrilgan fuqarolar qarzni bir kunda to‘lashmoqda - MIB

Huquqbuzarliklarni fosh etish bo‘yicha energiya resurslari va suv ta’minotidan noqonuniy foydalanish holatlari bo‘yicha 1 trln. 113 mlrd. so‘mlik zarar yetkazilganligi aniqlanib, 798 dan ziyod jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan.

MIB xodimining so‘zlariga ko‘ra, undiruvni amalga oshirishda asosiy muammo aholi (iste’molchilar) bilan bog‘liq bo‘lmoqda.

Shuni inobatga olib, Respublika bo‘yicha (9019 ta mahalladan) 1924 ta to‘lov intizomiga amal qilmasday kelayotgan iste’molchilar yashovchi mahallalar ro‘yxati shakllantirilgan va Buro tomonidan sektor rahbarlari hamda jamoatchilik bilan hamkorlikda televidenie vakillarini jalb kilgan holda profilaktik tadbirlar o‘tkazishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Achinarlisi, to‘lov qobiliyati bo‘la turib, qarzini to‘lamayotgan iste’molchilar ko‘pchilikni tashkil etmoqda.

To‘lov sohasidagi tartib-intizom ko‘p jihatdan iste’molchilarning to‘lov madaniyatiga rioya etishlariga bevosita bog‘liq.  "Fuqarolarimiz to‘lov madaniyatiga amal qilib, to‘lovlarni o‘z vaqtida amal oshirishi konstitutsion burchi ekanligini anglagan holdagina ishi tutishi, ortiqcha ovoragarchiliklarning oldi oladi. O‘z vaqtida amalga oshirilgan energiya resurslari uchun to‘lovlar avvalambor, aholining ijtimoiy himoyasi va ichki infratuzilmani ko‘tarish, energetika sohasini modernizatsiyalash hamda yangi texnologik loyihalarni jalb etishda muhim o‘rin tutishini unutmasligimiz kerak", - deya ta’kidlaydi buro vakili.

Yangiliklar lentasi
0