TOShKENT, 2-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi MIBga axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislar ishga taklif qilinmoqda, deb xabar qilmoqda, deb xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.
MIBning axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi va uning hududiy bo‘limlariga dasturchi, ma’lumotlar bazasi administratori, korporativ tarmoq administratori, texnik hujjatlashtirish bo‘yicha muhandis, veb-dizayner, axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis, axborot texnologiyalari mutaxassisi lavozimlariga ishga qabul qilish bo‘yicha nomzodlar uchun tanlov e’lon qilinadi.
Taklif qilinayotgan nomzodlar o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha o‘rta-maxsus ma’lumotga ega bo‘lishi, zarur bilim va ish tajribasi, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan professional darajada foydalanish qobiliyatiga ega bo‘lishlari kerak.
Shuningdek, dasturchilar Java Core, Java SE, J2EE, J2ME, Android, Swift, PL/SQL, Transact SQL, C++; HTML, CSS, JavaScript, Jquery; kabi dasturlash tillari va texnologiyalarida ishlash tajribasiga ega bo‘lishi lozim.
“Taklif etilayotgan lavozimlar bo‘yicha oylik ish haqi miqdori 7 mln. so‘mdan 11 mln. so‘mgachani tashkil qiladi”, — deyilgan xabarda.
Undan tashqari yangi xodimlar MIB uchun nazarda tutilgan imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy muhofaza vositalaridan foydalanish huquqiga ega bo‘lishadi.
Tanlovda qatnashish uchun hujjatlarni 15-iyulga qadar Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Xalqobod 3-tor ko‘cha, 2a-uy manzilida joylashgan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro burosiga topshirish kerak.