328 milliard - O‘zbekistonda elektr energiyasidan qarzdorlik miqdori shunchani tashkil qilmoqda

Obuna bo‘lish
Ayni vaqtda kommunal sohadagi eng katta muammo debitor qarzdorlik. 2017-yil 1-iyul holatiga viloyatda elektr energiyasidan qarzdorlik 328 milliard, tabiiy gazdan 299 milliard so‘mdan oshgan

TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. Viloyat Matbuot uyida Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro burosi viloyat boshqarmasi faoliyatiga bag‘ishlangan anjuman o‘tkazildi, deb xabar qildi Samarqand viloyati hokimligi matbuot-xizmati.

MIB boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Akmal Imomov jurnalistlarga yangi tizimning maqsad va vazifalari, bugungi kungacha bajarilgan ishlar haqida so‘zlab berdi.

Gaz ta’minoti xodimlari sun’iy qarzdorliklarni fuqarolarga taqsimlab berishgan
Imomov MIB O‘zbekiston prezidentining 29-maydagi "Elektr energiyasi va tabiiy gazni yetkazib berish hamda iste’mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoniga ko‘ra tashkil etilganini ta’kidladi.

"Viloyatdagi jami shtat birliklari 800 nafardan ortiq kishini, davlat ijrochilari 129 nafarni, nazoratchilar esa 457 nafarni tashkil etadi. Ayni paytda viloyatdagi 1300 nafardan ortiq elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti inspektorlari o‘rniga boshqarma tarkibidagi yuqoridagi 457 nafar nazoratchilar faoliyat yuritishadi. Ya’ni, sohaga zamonaviy texnologiyalar kiritilishi kengaytirilib, inson omili kamaygani hisobiga shtatlar uch baravarga qisqardi.

Besporadki v tulskom poselke Plexanovo - Sputnik O‘zbekiston
Gaz va svetni uzish tartibi tasdiqlandi
Sir emas, ayni vaqtda kommunal sohadagi eng katta muammo debitor qarzdorlik. 2017-yil 1-iyul holatiga viloyatda elektr energiyasidan qarzdorlik 328 milliard, tabiiy gazdan 299 milliard so‘mdan oshgan. Yanayam achinarlisi, yil boshidan buyon bu qarzdorliklar yana bir necha milliardga oshdi. Majburiy ijro burosi viloyat boshqarmasining asosiy vazifalaridan biri ana shu qarzdorlikka aniqlik kiritib, uni bartaraf etish, shu orqali xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishga ko‘maklashishdir", — deb ta’kidladi u.

Bugungi kungacha viloyat bo‘yicha barcha qarzdor iste’molchilarning ro‘yxati shakllantirilgan bo‘lib, ularning 70 mingtasiga hozirgacha qarzni uzish bo‘yicha talabnoma yuborilgan. To‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirmagan 422 ta iste’molchi tarmoqdan uzib qo‘yilgan.

Yangiliklar lentasi
0