"Dono siyosatchi": MDHda Nazarboyev iste’fosi qanday qarshi olindi

© Sputnik / Aleksey Nikolskiy / Mediabankka o‘tishPrezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev
Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 19-mart kuni respublika telekanallari efirida o‘zining davlat rahbari sifatida vakolatlari tugagani to‘g‘risida farmonga imzo chekdi. Saylovlargacha Qozog‘iston prezidenti vazifasini sobiq bosh vazir, Parlament senati spikeri Kasim-Jomart Tokayev bajaradi.

TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Nursulton Nazarboyevning iste’fosi haqidagi xabarni barcha kutilmagan yangilik sifatida qarshi oldi, dedi Federatsiya kengashi spikeri Valentina Matviyenko.

Prezident Kazaxstana Nursultan Nazarbayev - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev kelajakda nimalar bilan shug‘ullanishini ma’lum qildi

"Barcha bu xabarni kutilmagan xabar tarzida qarshi oldi. Nazarboyev juda mulohazali, dono siyosatchi. Agar u shu qarorni qabul qilgan ekan, demak shunday bo‘lishi kerak", - deya iqtibos keltirmoqda RIA Novosti Matviyenko so‘zlaridan.

U Nazarboyev bilan shaxsan tanishligini ta’kidladi, va Qozog‘istonning birinchi prezidenti Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tashkil topishi uchun ko‘p ishlarni amalga oshirgani, hamisha Rossiya bilan ikkiyoqlama munosabatlarni chuqurlashtirish va kengaytirish tarafdori bo‘lganini qo‘shimcha qildi.

Mamlakat prezidenti vazifasini vaqtincha bajaruvchi, Qozog‘iston senati rahbari Kasim-Jomart Tokayevni Valentina Matviyenko "ziyoli, o‘qimishli, davlat boshqaruviga tayyor" inson sifatida ta’rifladi.

"Qozog‘iston o‘tish davrida ishonchli qo‘llarda", - dedi Federatsiya kengashi spikeri va bugunoq (19 mart kuni) Tokayevga qo‘ng‘iroq qilishini qo‘shimcha qildi.

Matviyenkoga ko‘ra, Qozog‘istonning prezidenti kim bo‘lishi haqidagi qaror esa faqatgina respublika xalqi tomonidan hal etiladi.

Nursultan Nazarbayev i Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Nazarboyev bilan telefonlashdi

Rossiya Davlat Dumasining xalqaro masalalar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Leonid Sluskiy ham Nazarboyevning iste’fosi kutilmagan yangilik bo‘lganini ta’kidladi.

"U — yevroosiyo integratsiyasi patriarxi, sobiq sovet ittifoqi maydonida eng obro‘li siyosatchilardan biri", - dedi Sluskiy jurnalistlarga.

U Rossiya-Qozog‘iston sherikligi o‘n yilliklar davomida sinovdan o‘tkanini qayd etdi.

"Biz allaqachon qardosh xalqlarga aylanganmiz. Va bunda Nursulton Abishevichning hissasi ulkan", - dedi Sluskiy.

Sluskiy ham vaqtinchalik prezident vazifasini bajaruvchi Kasim-Jomart Tokayev bilan shaxsan tanishligi haqida gapirib berdi.

"Ishonchim komilki, u Qozog‘istonning birinchi rahbari tomonidan boshlab berilgan - mamlakat taraqqiyoti sari yo‘lni davom ettiradi. Rossiya bilan munosabatlarda ham davlat liniyasi izchil davom ettirilishiga, umumiy integratsion uyushmalarda va xalqaro maydonlarda hamkorligimiz shunday davom etishiga umid qilib qolamiz", - deya xotima qildi qo‘mita rahbari.

Miting LDPR na Pushkinskoy ploshadi - Sputnik O‘zbekiston
Jirinovskiy Qozog‘iston uchun tez orada kurash boshlanishini prognoz qilmoqda

O‘rta Osiyo instituti MDH davlatlar bo‘limi rahbari Andrey Grozin Nazarboyevning iste’fosi sabablariga to‘xtalar ekan, ushbu qaror yosh tufayli qabul qilingan, degan fikrni bildirdi. Grozinga ko‘ra, ya’ni fors-major holatlarda mamlakatda "shok" holati yuz berishi oldini olish uchun bu qaror qabul qilingan.

Ekspert fikriga ko‘ra, bunda Nazarboyevning siyosiy arenani tark etishi haqida gap borayotgani yo‘q.

"Nursulton Abishevich xavfsizlik kengashiga umrbod rahbar bo‘lishdan tashqari rasman hech qanday mansabni egallamay, norasmiy yetakchi bo‘lmoqchi, ya’ni qozoq Den Saopiniga aylanmoqchi. Axir u shu tariqa mamlakat siyosiy hayotidagi qolgan ishtirokchilarga nisbatan va hatto maqomiga qaramay, hamisha yuqorida turadi", - dedi ekspert.

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tarix institutining katta ilmiy xodimi Ravshan Nazarovga ko‘ra, Qozog‘iston Nursulton Nazarboyev uzoq yillar davomida barpo qilib kelgan ko‘pvektorli siyosatni saqlab qolishi lozim.

"Uzoq yillar davomida Nazaroyev ko‘pvektorli tashqi siyosatni olib bordi. Agar ushbu ko‘pvektorlik saqlab qolinsa - bu katta yutuq bo‘ladi", - dedi Nazarov RIA Novostiga bergan intervyusida.

Zasedanie Visshego Yevraziyskogo ekonomicheskogo soveta na urovne glav gosudarstv (VEES) - Sputnik O‘zbekiston
Nazarboyev yana latifa aytib, hammani kuldirdi

Ekspert Qozog‘istonning yangi rahbariyati Nazarboyev tomonidan to‘plangan tashqi siyosiy bagajni qo‘ldan boy bermasligiga umid bildirdi.

"Bu O‘zbekiston uchun juda muhim, Qozog‘iston bilan tarixan ko‘p narsa bog‘lab turadi", - dedi ekspert.

Nazarboyev prezidentlik postini sal kam 29-yil egalladi. U ilk bor 1990-yilning 24-aprelida Qozoq SSSR prezidenti etib saylangan. 1991-yilning dekabrida uni mustaqil davlat rahbari sifatida saylashgan. Bunga qadar 5-yil mobaynida u respublika vazirlar kengashi raisi lavozimida, 1989-yildan 1991-yilga qadar Qozog‘iston kompartiyasi birinchi kotibi lavozimida faoliyat yuritgan.

* Den Saopin (1904-1997) —Xitoyning davlat, harbiy va partiyaviy yetakchisi, u 1980-yy oxirida o‘zi tomonidan egallab turilgan rasmiy lavozimlarni tark etgan, ammo mamlakatning norasmiy yetakchisi maqomini saqlab qolgan.

Yangiliklar lentasi
0