TOShKENT, 19 mar - Sputnik. Bugun iste’foga chiqqan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Xavfsizlik kengashi raisi sifatida faoliyat yuritishini ma’lum qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
19 Mart 2019, 18:22
“Men muhim vakolatlarga ega bo‘lgan Xavfsizlik kengashi raisi sifatida qolaman. Men Nur Otan partiyasi raisi va Konstitutsiya kengashi a’zosi bo‘lib qolaman. Ya’ni sizlar bilan qolaman”, - dedi Nazarboyev teleefirda.
Eslatib o‘tamiz, biroz avval Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev prezidentlik vakolatlarini topshirish to‘g‘risida qaror qabul qilgani haqida xabar qilgan edik.